|
Global iqtisodiy rivojlanish
|
bet | 1/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #250538 |
Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanish
Global iqtisodiy rivojlanish
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................................
1-bob. «JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI» FANIGA KIRISH……
1.1. ―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi fanining predmeti, mohiyati va vazifalari.
1.2. ―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasi va uning tasnifi…………….
1.3. Xalqaro mehnat taqsimoti – jahon iqtisodiyotning asosi sifatida……………
2-bob. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI……………………………………………….
2.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari…
2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari va asosiy omillari..
XULOSA..............................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi globallashuv jarayonlari tezlashgan vaqtda milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlashdagi asosiy yo’nalishlarni belgilab olish zarur1. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bugundan boshlab inqirozdan keyingi davrdagi rivojlanish haqida o‘ylashimiz, yurtimizni yangi marralarga olib chiqishgakuchliturtkiberadigan,jahonbozoridamamlakatimiz raqobatbardoshligini ta’minlay oladigan, milliy iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlarini texnik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta ishlangan, uzoqqa mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishimiz lozim.2 Shunga ko’ra, jahon bozorlaridagi beqarorlik sharoitida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish vazifasini hal etishda iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli shakl va darajalarda namoyon bo’ladi.Bugungi kunda barqaror rivojlanishga erishish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish ilg’or innovatsion iqtisodiyotga ega bo’lishni talab etadi. Respublikamizada o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa davrlarda O’zbekistonning jahon xo’jaligi tizimiga samarali kirib borishini va uning barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. O’zbekiston iqtisodiyoti sifatga asoslangan taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Yalpi ichki mahsulot, sanoat, qishloq xo’jaligi hamda qurilish sohalarining o’sishiga profitsitli byudjet, mo’tadil inflyatsiya darajasi, ijobiy savdo saldosi va to’lov balansi ta’minlangani holda erishildi. Bu taraqqiyotning “o’zbek modeli”dagi asosiy ustunliklardan biri hisoblanadi.“Shu bilan bir qatorda bizning o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdan iboratdir.”4 Mavzuning o’rganilganlik darajasi.Jahon xo’jaligida mamlakatimiz iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish usullari va xalqaro raqobatning ta’siri yo’nalishlari o’rganib, tahlil qilib kelinmoqda.
Tashqi iqtisodiy omil rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi-yotida muhim rol o’ynamoqda. Bu mamlakatlar jahon xo’jaligiga o’zlarining tabiiy resurslarini, arzon ishchi kuchlarini etkazib be-rish bilangina cheklanib qolmay, yangi texnologiyalarni o’zlashtirib, o’z xo’jaliklarini intensiv rivojlantirib boradilar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti ikki muhim tarkibiy qismdan: xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularni amal-ga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi har xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’-ektlari, alohida tashkilotlar (transmilliy, ko’p millatli korpo-ratsiyalar) o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmiga huquqiy nor-malar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’lyo’riqlarni amalga oshirishni muvo-fiqlashtiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kiradi.
|
| |