|
-bob. JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUVINING XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
|
bet | 6/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #250538 |
Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanish2-bob. JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUVINING XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
2.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi. ―Globallashuvi deganda ko’pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi. Globallashuv jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o’zaro bir-biriga kirib borishini, o’zaro bog’liqligini va bir-biri bilan qo’shilib ketishini ifodalaydi. Bunda bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o’z aksini topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo’ladi va butun dunyoni bir butun sifatida ifodalaydi. Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Jahon iqtisodiyoti (jahon xo’jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga ko’ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig’indisidir. Agar jahon xo’jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo’yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi. Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni hatlab o’tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng avvalo global iqtisodiyot bilan bog’langan. Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko’rilsa, uning hajmi jahon iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo’ladi. Bu shuning uchun ro’y beradiki, jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab chiqaruvchi YaIM hajmi bo’yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo‗lgan talab va taklifga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 16-18% eksportga yo’naltiriladi, to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar oqimi Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo’yilmalar hajmiga eng ko’pi bilan 16% (ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo’shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko’ra ish joylarining 10 %ga yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu ko’satkichlar bundan yuqori emas. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko’p jihatan global muammolar tushunchasi bilan bog’liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi. XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga o’tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda ko’rila boshladi. Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo’lib birinchi o’rinda insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir kun kelib butun planetaga o’z ta‘sirini o’tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi bo’ldi. Global muammolarni o’rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni bo’yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo’lmish – Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Rim klubi a‘zolari o’z oldilariga ikkita maqsadni qo’yadi: birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash, ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish. Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo’ldi va ularda mashhur olimlar global muammolarni hal etishning turli yo’llarini yoritgan edilar. Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo’lib, umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo’yish bo’ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari bo’lgan aholi, kapital qo’yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan edi. Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan. Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy sabablardan biri bo’lib, odamlar hayotining har jihatiga o’z ta‘sirini o’tkazib bo’lgan ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo’ladi. Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham berdi. Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin. Global muammolar, o’z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar: birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko’rsatuvchi; ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir. Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;
tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar;
energetik muammolar;
xom - ashyo muammosi;
gumanitar muammolar;
oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi. Hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Oxirgi paytlarga qadar kambag’allik, asosan daromadning borligi yoki yo’qligi nuqtayi nazaridan qarab kelingan. Ammo kambag’allik daromadning yoki qabul etilgan kaloriyalarning kamligiga qaranda g’oyat keng ko’lamdagi tushunchadir. Bu – uzoq, sog’lom va ongli hayot kechirish hamda yaxshi turmush darajasi, qadr-qimmat, g’urur va o’zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng ko’lamda zarur bo’ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir. Yer kurrasining, pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to’lanadigan uylarda, salomatlik borasida bir olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o’z hayot tarzini yaxshilash imkoniga ega bo’lmagan holda kambag’allik iskanjasida yashamoqdalar. Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o’rtasidagi rivojlanishda va yashash sharoitida o’sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti. Tinchlik va qurolsizlanish muammosi. XX asrning eng asosiy hodisalaridan bo’lmish ikki qutbli tizimni yo’qolganidan so’ng ko’pchilik endi dunyoda faqat tinchlik bo’ladi, eng asosiy qarama - qarshi kuchga barham berildi deb hisoblagan edi. Urush va tinchlik muammosi XX asrning ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan. Albatta bizning asosiy maqsadimiz yerda tinchlikni saqlash, insoniyat uchun qaytarib bo’lmas kulfatlar keltiruvchi turli ziddiyatlarni oldini olish, geosiyosiy tenglik va barqarorlik muammolarini hal etishdir. Insoniyatning shu vaqtgacha ortirgan harbiy potensiali yerdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo’q qilish imkonini beradi, shu sababli bunday xolatlarga javobgarlik va mas‘uliyat hukumat va davlat boshliqlariga tegishlidir. BMTning ma‘lumotlariga qaraganda, har bir daqiqada dunyoda 30 ga yaqin bola to’yib ovqat yemaslik, ochlik va bedavo kasallar tufayli hayotdan ko’z yumadi. Huddi shu muddat mobaynida harbiy maqsadlarga 1,7 mln. AQSH dollar xarajat qilinadi. Ko’plab mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun o’zi yetishmay turgan resurslarni harbiy xarajatlar yana ham qisqartirib yubormoqda. Qurollanish poygasining iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlari borasida quyidagi ayrim raqamlarni keltirish mumkin:
bitta askarni o’qitish xarajatlari 80 bolani o’qitish xarajtlariga teng;
bitta bombani ishlab chiqishga ketgan xarajatlar chechak kasalligini 10 yil bartaraf etishga ketadigan xarajatga teng;
bortida yadro raketasi bo’lgan bitta suvosti kemasini qurishga ketgan mablag’ga 450 ming uy qurish mumkin.
Ma‘lumki, odatdagi va o’qotar qurollar bilan birga XX asrda yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollar ham keng tarqala boshladi. Yadro qurollari. 1945 yilning avgustidan, jahon yadro urushlari davriga kirishi bilan dunyo butunlay o’zgarib ketdi. Yadroviy qurollarni keng ko’lamda taqiqlash to’g’risidagi shartnoma yadroviy qurolsizlanish va yadro qurollarini tarqatmaslik uchun kurash tarixida muhim bosqich hisoblanadi. Kimyoviy, bakteriologik qurollar ham yadro qurollari singari o’lim sochishi va vayronagarchiliklar keltirishi mumkin. Kimyoviy va biologik qurollar ham, yadro quroli singari ommaviy qirg’in qurollari deb hisoblanadi. Odatdagi qurollar tarkibiga quruqligda, dengizlarda va havoda foydalaniladigan an‘anaviy qurol-yarog’ kiradi. Butunjahon harbiy xarajatlarning 80 % dan ortiqrog’i odatdagi qurollar va qurolli kuchlarga to’g’ri keladi. Ekologik muammolar. Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to’g’risida so’z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda kuydagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degratsiyalanishi;
atrof muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi;
atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi;
Shunday qilib, ishlab chiqarishning o’sishi, ilmiy - texnik inqilob natijalari va tabiat imkoniyatlaridan o’ylamay foydalanish dunyo olidida global ekologik inqiroz oldida turganligini bildirmoqda. Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim sharning o’zida so’nggi yillarda tabiiy ofatlar suv bosish, kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini, Arktika muzlarining qalinligi o’zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda qorning erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o’sib bormoqda. Ishlab chiqarish xajmi va sur‘atini nazoratsiz o’sishini davom etilishi va bu bilan bog’liq bo’lgan tabiatdan o’ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur bo’lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish zarur. Resurslarni to’xtamay va betartib iste‘mol qilinishi insoniyatni jahon inqirozi poyonida turganligini anglatmoqda. Planetaning ekologik ifloslanishiga alohida hissa qo’shayotgan manbalar butan, gaz, avtomobil gazlari, ximikatlardir. Atmosferaga uglekislorod gazi kuniga 5 milliard tonna miqdorida chiqarilmoqda. Natijada atmosferaning ozon qatlamini yo’qolishi muammosi vujudga kelmoqda. 1992 yili AQSH olimlarining fikriga ko’ra, ozon qatlami Shimoliy yarim sharda 30-40 % ga kamaygani tasdiqlangan. Yerlarning saxrolashishi davom etishi bir milliarddan ortiq odamning hayotini xavf ostiga solmoqda. Dunyo mamlakatlari bu jarayon oqibatida ko’rayotgan zarari har yili 42 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Muammo global xususiyatga ega bo’lib Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham juda dolzarb hisoblanadi. Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozi va uning oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi kundagi yoqilg’i iste‘moli hajmida (agar yoqilg’i iste‘molining hozirgi kundagi hajmi o’zgarmasa) Yer sayyorasida shu kungacha aniqlangan yoqilg’i zaxiralari yana 150 yilga etishi mumkin.
XX asr oxirlariga kelib jahon xo‘jaligining rivojlanishi va faoliyati globallashuv jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsata boshladi. Bundan tashqari globallashuv insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida namoyon bo‘la boshladi. Jamiyat hayotining u yoki bu sohasida sodir bo‘layotgan jarayonlar globallashib, boshqa sohalardagi jarayon va hodisalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda globallashuvning huquqiy makonning globalla- shuvi, siyosiy munosabatlarning globallashuvi, iqtisodiyotning global- lashuvi, axborot-kommunikatsiya makonining globallashuvi, etnik globallashuv va boshqa turlari farqlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi so‘nggi davrlarda turli ko‘ri- nishlarda namoyon bo‘lmoqda. Ular turli mamlakatlarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida o‘z aksini topgan.4
Sohaga oid adabiyotlarda globallashuv ko‘rinishlari sifatida integ- ratsion jarayonlar va integratsiya shakllari, xususan, integratsion birlashmalar ko‘rsatiladi.
Integratsion birlashmalarning turkumlanishi, asosan, ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqin- lashish va bir-biriga naqadar chuqur kirib borish holatini baholashda namoyon bo‘ladi. Bu mezonga ko‘ra integratsiyaning to‘rt ko‘rinishi (erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqlar)ni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Erkin savdo hududlarining ijobiy jihatlariga kelsak, eng avvalo, ishtirokchi mamlakatlarning savdo siyosatida barqarorlikning o‘rnati- lishini kiritish mumkin. Erkin savdo hududlari a’zo mamlakatlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb etish jarayonining tezlashishiga yordam beradi, ular xalqaro mehnat taqsimotidan maksimal darajada samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Erkin savdo hududlarining salbiy jihatlariga esa, ichki bozorda raqobatning kuchayishi bilan belgilanadi. Bu milliy ishlab chiqa- ruvchilarga salbiy ta’sir etishi va ular uchun bankrotlik xavfini kuchay- tirishi mumkin.
Bundan tashqari erkin savdo hududlarini yaratish millatlararo tartibga soluvchi organlarni tashkil etish holatlarida kuzatilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, shuningdek, qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Biroq qiyinchiliklar va muammolarga qaramasdan, integratsiyaning boshlang‘ich bosqichidagi erkin savdo hududlari jahon iqtisodiyotida keng tarqalishi ham mumkin.
Bojxona ittifoqi (BI) huquqiy nuqtai nazardan olganda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida o‘zaro va uchinchi bir mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan soliq siyosatining o‘rnatilishini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan olganda esa bojxona ittifoqini tashkil etish – bu yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va bu makon doirasida esa har qanday bojxona chegaralarini olib tashlanishini anglatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu ko‘rinishi Bojxona ittifoqi qatnashchilari o‘rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarining yaratilish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga a’zo mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishi hisobiga aholining turmush farovonligini oshiradi, biroq ayni bir payt-
da ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulotlariga nisbatan qimmat tovar ishlab chiqarishga moslashishlari hisobiga farovonlikni pasay- tiradi.
Tashqi savdoni davlatlararo tartibga solishning keng tarqalgan ko‘rinishi sifatida bojxona ittifoqi haqida gapirganda shuni esdan chiqarmaslik lozimki, uning faoliyati uzoq vaqt mobaynida alohida olingan mamlakatlarning jami tovarlar va xizmatlar nomenklaturasiga tarqalmasligi mumkin. Bojxona ittifoqlarining rivojlanishi jarayon- larini birgalikda tartibga solish sohasining asta- sekin kengayib borishidan darak beradi. Ya’ni bosqichma-bosqich olib boriladigan mazkur jarayon oxir-oqibat millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashkilot- lar va institutlarni tashkil etishni taqozo etadi.
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan asosiy farqi ittifoq chegaralarida muvofiqlashtirilgan savdo-bojxona rejimini joriy etish- dir.
Integratsion jarayonlarning keyingi rivojlanishi integratsiyaning eng yuksak ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan umumiy bozor hamda iqtiso- diy ittifoqning shakllanishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida ko‘plab iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan ma’lumki, aynan umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko‘p diqqatga sazovordir.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida Yevropa Ittifoqining ahamiyati kattadir. Bu tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlarning eng yuqori cho‘qqisiga intilishini yaqqol namoyish etayotgan hozirgi kundagi yagona iqtisodiy ittifoqdir.
Globallashuvning yuqorida qayd etilgan ko‘rinishlari qator omillar ta’sirida yuzaga keladi.
Globallashuv hodisasi mohiyatini tushuntiruvchi sabablarning tizimli tahlili uning taraqqiyotini belgilovchi quyidagi omillar guruhini ajratishni taqozo etadi
|
| |