Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi




Download 135,94 Kb.
bet1/5
Sana17.11.2023
Hajmi135,94 Kb.
#100660
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarin


Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi

REJA
1.Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi;
2.Globallashuv jarayonlarining shakillanish tarixi;
3.Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari;
4.Ta’limning mazmuni va uni tashkil etish shakllari va usullari.

Globallashuv


Globallashuv nima?
Globallashuv-(lot; globus-yer kurrasi) deb ataladi. Globallashuv jamiyat
hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.

*Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi.

* Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Globallashuv jarayonlarining shakllanish tarixi
* Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi.
* XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
* Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi.
Globallashuvning serqirraligi

Download 135,94 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 135,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi

Download 135,94 Kb.