|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 10/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish va istiqbolli “raqamli” startaplarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;
- raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning biznes amaliyotiga ta’siri va yangi raqamli xizmatlar yoki mahsulotlar paydo boʻlishi ta’sirini hisobga olgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirish;
- milliy startaplarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va axborot texnologiyalari sohasida yangi ish boshlayotgan korxonalar va kichik korxonalarga, jumladan venchur moliyalashtirish orqali koʻmaklashish;
- mahalliy dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishi uchun sharoit yaratish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari va davlat organlarining samarali oʻzaro hamkorligini ta’minlash orqali yangi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni keyinchalik amalga oshirish;
- tashqi bozorda mahalliy texnologik va dasturiy mahsulotlarga boʻlgan talabni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
- intellektual mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, ustav kapitalida intellektual mulkni koʻrsatish imkoniyatini yaratish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish;
- venchur ekotizimlarning rivojlanishini soddalashtirish uchun “regulyativ qumdon”ni yaratish;
- transport jarayonlarini rejalashtirishda aholining harakatchanligini aniqlash uchun (maxfiy ma’lumotdan tashqari) turli xizmatlardan (mobil aloqa operatorlari ma’lumotlari, ilovalar va boshqalar) ma’lumotlarni jamlash boʻyicha yagona platformani joriy etish;
- axborot texnologiyalari sohasidagi startap va tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish tizimining muqobil mexanizmlarini joriy yetish;
- innovatsion gʻoyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish tizimining barqaror zanjirini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini investitsiyalarni jalb qilgan holda koʻmaklashish;
- sportchilarni kompyuter sport turlari boʻyicha, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻqitish uchun kompyuter sport markazlari (professional klublar) tarmogʻini yaratish;
- kompyuter oʻyinlari sanoatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni mahalliy IT-mahsulotlarini ishlab chiqish va ragʻbatlantirishga jalb qilish, ushbu sohadagi malakali mutaxassislarni tanlab olish va tayyorlash;
- axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
- loyiha boshqaruviga oʻqitishni joriy etish, shuningdek, startap-loyihalarini qoʻllab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya markazlari faoliyatini tashkil etish orqali axborot texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim sifatini oshirish;
- IT-parkning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarini ochish orqali mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash hamda ularga oʻz mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda koʻmaklashish;
- har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash va kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
- axborot texnologiyalari sohasida tijoratlashtirish salohiyati baland boʻlgan yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishiga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari ishlab chiqilishini rivojlantirish;
- IT-park asosida ilgʻor texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun “aqlli yechimlar” ni ishlab chiqishni ragʻbatlantirish;
- biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar oʻrtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali tadbirkorlik markazlari va klasterlarini yaratishga koʻmaklashish;
- texnoparklar, akseleratorlar va inkubatorlarni xakatonlar, tanlovlar va konferensiyalar orqali tizimli ravishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va grant subsidiyalari berish.
|
| |