|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 9/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Iqtisodiyotning real sektorida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- sanoat korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik qayta jihozlash dasturlari bilan uygʻunlashtirish;
- korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirish;
- zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi toʻxtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish;
- innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- ishchi joylarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
- savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan oʻzaro munosabat mexanizmlarini takomillashtirish;
- boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish;
- 2025-yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushini 90 foizga yetkazish;
- sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, “Buyumlar interneti”, “sun’iy intellekt” kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027-yilga kelib, apparat qismini esa 2030-yilga kelib davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish;
- kommunal xizmatlar boʻyicha hisob-kitoblarni boshqarish uchun smart texnologiyalarni joriy qilish, intellektual servislarni joriy qilish va kommunal xizmatlarni tartibga solish uchun “aqlli uy” tajribasini joriy etish;
- 2022-yilda respublikaning barcha yirik shaharlarida jamoat transportlarida yoʻl haqi toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va naqd pulsiz toʻlovlar ulushini 90 foizga yetkazish;
- har qanday yoʻlovchi transportida chipta sotib olish uchun yagona platformani yaratish;
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali sotish bozorlarini kengaytirish;
- transport tizimini kompleks rivojlantirish uchun dasturiy modellashtirish tizimlaridan foydalanish mexanizmlarini amalga oshirish;
- sugʻurta tizimini raqamlashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida raqamli sugʻurtani amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida raqamli logistika tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;
- iqtisodiyotning real sektorlarida robotlashtirilgan sanoatni rivojlantirish va amalga oshirish;
- yirik sanoat korxonalari uchun robototexnika va muhandislik ixtisosliklarini tashkil etish;
- ishlab chiqarish korxonalarida addiktiv (qavatma-qavat qurish va sintez qilish texnologiyasi, 3D oʻlchamda bosib chiqarish) texnologiyalarini keng joriy etish.
Elektron tijorat va elektron toʻlovlar tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan mijozlarni masofadan aniqlash tizimlarini joriy etish orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish;
- xalqaro elektron tijorat standartlari va zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini takomillashtirish va yangilash;
- raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mobil va simli Internet jahon axborot tarmogʻi qamrovi va tezligini yanada oshirish orqali elektron tijorat platformalariga shaxsiy raqamli uskunalardan ulanish imkoniyatlari va koʻlamlarini oshirish;
- elektron tijorat va elektron toʻlovlar tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etishda toʻlovlarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot va moliya sohasida axborot infratuzilmasini takomillashtirish;
- elektron tijoratning rivojida muhim rol oʻynovchi pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiyalash va texnik yangilashni ta’minlash, logistika markazlarini (fulfilment) yaratish boʻyicha yirik loyihalarni amalga oshirish, axborot texnologiyalarini va pochta aloqasi obyektlarida avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etish, shuningdek, pochta va logistika xizmatlari sifatini oshirish;
- jismoniy shaxslarga Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish jarayonini osonlashtirishga imkon beradigan toʻlovlar agregatorlarini rivojlantirish;
- transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va oʻz vaqtida eksport qilishni ta’minlash;
- bitta savdo maydonchasida keng koʻlamli bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar, sugʻurta va boshqalar) taqdim etishga yoʻnaltirilgan moliyaviy supermarketlarning biznes modelini yaratish;
- tijorat banklari tomonidan mijozlarga masofaviy bank xizmatlari (internet-banking, bank-mijoz, sms-banking va boshqalar), shu jumladan, mobil ilovalar orqali xizmat koʻrsatish koʻlamini va sifatini oshirish;
- elektron tijorat sohasida malakali kadrlar tayyorlash oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb yetish;
- elektron tijorat bilan shugʻullanuvchi subyektlarning tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarini QR toʻlovlari texnologiyasi va NFC texnologiyalarini joriy qilish, jumladan mobil qurilmalar orqali toʻlovlarni qabul qilish orqali zamonaviy va qulay boʻlgan masofaviy usullarda qabul qilish imkoniyatini yaratish;
- davlat sektori, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xususiy sektor oʻrtasidagi yaqin hamkorlikda elektron tijorat va raqamli toʻlov platformalarini rivojlantirish va kengroq foydalanishga koʻmaklashish.
|
| |