Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya




Download 0,53 Mb.
bet11/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yoʻnalishlari
Aholining barcha qatlamlarida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- yoshlar orasida axborot texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish;
- keksa va oʻrta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmogʻida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni oʻz ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish;
- axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual oʻqitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish;
- raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini shakllantirish maqsadida umumta’lim maktabi oʻquvchilariga dasturlashni oʻrgatish uchun sharoit yaratish;
- aholi oʻrtasida raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-korxonalarni jalb qilgan holda davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish;
- viloyat va shaharlarda raqamli koʻnikmalar darajasidagi boʻshliqni bartaraf etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan oʻquv markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv oʻquv modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali-oʻquv markazi-maktab) joriy etish;
- raqamli koʻnikmalarga ega boʻlgan aholi ulushini oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil etish;
- fuqarolarning raqamli iqtisodiyot sohasida bilim darajasini mustaqil baholash, shu jumladan boshlangʻich bilim darajasini bepul baholash onlayn resurslarni tashkil qilish;
- aholi oʻrtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish.
Davlat boshqaruvida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi koʻnikmalari va malakalarini oshirish mexanizmini rivojlantirish va doimiy takomillashtirib borish;
- iqtisodiyotning real sektorida raqamlashtirishning istiqbolli sohalarida yangi yutuqlar muhokamasi boʻyicha tadbirlarni (forumlar, seminarlar, konferensiyalar va boshqalar) oʻtkazish;
- iqtidorli IT-mutaxassislarini oʻqitish, qoʻllab-quvvatlash va ularni targʻib qilish hamda mamlakatdan iqtidorli qatlamning chiqib ketishi oldini olish uchun ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratish;
- raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻnikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy oʻrganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish;
- ta’lim tizimiga har bir ta’lim darajasi uchun raqamli iqtisodiyotning asosiy vakolatlariga qoʻyiladigan talablarning shakllanishi va joriy etilishi, (vakolatlar modelini hisobga olgan holda) ularning uzluksizligini ta’minlash;
- davlat organlari xodimlarini malakasini oshirish uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan va xodimlarning malakasini baholashning yangi mexanizmlaridan foydalangan holda masofadan oʻqitish boʻyicha yagona elektron platformani yaratish;
- davlat va mahalliy hokimiyat organlari raqamli rivojlanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarining mas’ul xodimlari bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadlariga erishishga asoslangan moddiy ragʻbatlantirish tizimini (KPI) joriy etish;
- raqamli iqtisodiyot, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan xodimlarni minimal ma’lumot darajasi va kasblar malakasi nuqtai nazaridan xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatoriga rioya qilmasdan jalb qilish.
Ta’lim sohasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- ta’lim pogʻonasining boshlangʻich bosqichida oʻquvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur boʻladigan keng koʻlamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va koʻnikmalar berish;
- yagona masofaviy ta’lim platformasini kelajakda ta’limning barcha yoʻnalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish va amalga oshirish;
- oʻquvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy oʻquv dasturlariga doimiy oʻzgartirishlar kiritish;
- texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida oʻqishni tashkil etishga qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy etish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bogʻliq yoʻnalishda kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar sohasida oʻrtacha darajada kompetensiyaga ega boʻlgan oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish;
- axborot texnologiyalar sohasidagi tashkilotlarining oʻquv jarayonlarga qatnashishini ragʻbatlantirish orqali umumta’lim maktablarda informatika fanini oʻqitish metodlarini takomillashtirish;
- oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalarda “Buyumlar interneti”, robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va oʻrganish boʻyicha laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy korxonalarni ushbu sohaga jalb qilishni tashkil qilish;
- qogʻoz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish boʻyicha davlat yagona talabini ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash orqali ta’limda oʻquv materiallarini raqamlashtirish;
- raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;
- gʻoyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targʻib qiluvchi respublika tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) oʻtkazish;
- yangi qidiruv tizimlarini yaratish yoʻnalishini ishlab chiqish va aniqlash, shu jumladan audio va video materiallarni izlash va aniqlash uchun yechimlar, axborotni qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy tarjima tizimidagi yangi texnologiyalar, shuningdek, mashinaviy oʻqitishning yangi algoritmlari va texnologiyalarini rivojlantirish;
- katta hajmdagi ma’lumotlar toʻplamini tahlil qilish va bilimlarni toʻplash boʻyicha, shu jumladan katta hajmdagi ma’lumotlarni yigʻish, saqlash va intellektual tahlil qilishning yangi usullari va algoritmlarini, katta hajmdagi ma’lumotlarni tarqatish uchun yangi usullar va dasturlar, shu bilan birga murakkab muhandislik yechimlarini bashoratli modellashtirish uchun yangi usullar va dasturiy ta’minotlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- xatolarga chidamliligini oshirish va tizim elementlari oʻrtasidagi almashinuv vaqtini qisqartirish uchun yangi yuqori darajali hisoblash va ma’lumotlarni saqlash tizimlarini, shu jumladan parallel hisoblashning yangi algoritmlarini, yangi superkompyuter texnologiyalari va dasturlarini, yangi aloqa texnologiyalari va oʻzaro ta’sir protokollarini yaratish, shuningdek, tizim elementlari oʻrtasidagi almashinuv vaqtini qisqartirish, yuqori samarali va ishonchli ma’lumotlarni saqlash tizimlari uchun yangi dasturlar yaratish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish;
- robototexnika komplekslari va odamlar oʻzaro ta’sirining algoritmlarini ishlab chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, oʻrnatilgan sensorlar va sensor tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim etishning turli xil modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish boʻyicha ilmiy ishlarni olib borish;
- xalqaro yirik korxonalarning markazlari bilan hamkorlikda raqamlashtirish yoʻnalishidagi milliy kadrlar malakasini oshirish mexanizmini tatbiq etish;
- maktabgacha, oʻrta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
- inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta’limni rivojlantirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish;
- Oldingi tahrirga qarang.
- ayollarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga raqamli koʻnikmalarni oʻrgatish uchun davlat tomonidan yordam koʻrsatish;
- maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar boʻyicha innovatsion oʻquv dasturlarini joriy etish;
- elektron xizmatlarga aholi ishonchini shakllantirish va aholining tez rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan zarur koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha samarali choralarni koʻrish;
- ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda, texnologiya hayotiy muhim masalalarni hal qilish, oʻqitish, ish qidirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan mavzularda muntazam ravishda ta’lim kampaniyalarini oʻtkazish;
- odamlarni hukumat va biznes tomonidan taqdim etiladigan raqamli xizmatlardan foydalanishga chorlash.

Download 0,53 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya

Download 0,53 Mb.