|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 19/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Kollaborasion CRM-texnologiyasiga misollar:
1. Maxsulot dizaynini ishlab chiqishda mijozlarning takliflarini yigʻish.
2. Mijozlarni mahsulotning tajribali namunalariga va teskari aloqa imkoniyatiga ruxsat berish.
3. Mijozning mahsulotga boʻlgan talablarini tasvirlashi va aniqlashi, mahsulotga qancha pul toʻlashi paytida teskari baho shakllanishi, ishlab chiqaruvchi esa bu takliflarni inobatga olishi kerak.
Shu tarzda, tizimdan foydalangan holda kompaniyadagi barcha ishchilar – sotuv boʻlimidagi menedjerlardan tortib to bosh rahbargacha barcha xodimlar yagona axborot muhitida faoliyat yuritishadi.
Sotuv boʻyicha menendjerlarning ish samaradorligi SRM-tizimini qoʻllash orqali bir necha marotabaga oʻsadi. Sotuv hajmining oʻsishi, mijozlar bilan kelishilgan bitimlarni oxirigacha amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Mijozlar bilan ishlash ham sezilarli darajada yaxshilanadi: mijoz kompaniyadagi istalgan xodim bilan munosobatda boʻlgan holda, oldida turgan barcha oldingi aloqalar haqida, kompaniya mijozlarning barcha muammolari va ehtiyojlarini tushunadi va ularni e'tiborga oladi.
Zamonaviy SRM-tizimi, qoida boʻyicha, quyidagi modullarni oʻz ichiga oladi:
- Aloqalarni boshqaruvchi tizimlar;
- Ishchi guruh tashkilotlardagi vositalar va mijozlar bilan ishlash uchun oʻrinlarning taqsimlanishi
- Marketingli tadbirlar va kompaniyalarni loyihalash vositalari;
- Prezintasiyalarni qoʻllab quvvatlash va broshyuralarni tayyorlash va savdo sotiqqa oid takliflar
- Mahsulot kataloglari;
- Murakkab buyurtmalar va tovar konfigurasiyasini saralash tizimi;
- Talablarni oʻtishini boshqarish va bitimlardagi shartlarni bir kelishuvga kelishuvi
- Ikki tomonlarning majburiyatlarini ijro etuvchi tizim
- Samarali marketingning tizimli tahlili;
- Prognoz va statistikaning tizimostililigi;
- Sotuvdan keyingi aktivlikning generatori (qutlovlar, mamnuniyatlikning tahlili, ishonchli xizmatning sifatli nazorati, yangilanish va yangi versiyalar haqidagi xabarlar va h.lar.)
- Ma’lumotlar ombori va ma'lumotlarni joylashtirish va etkazib berishni boshqaruvchi tizimlar bilan modullarning replikasiyasi va sinxronizasiyasi;
- Sotuv natijalari boʻyicha xodimlarni ragʻbatlantirish hisobi.
CRM-tizimini tadbiqi ishning faqatgina sotuv boʻlimida emas balki, firmalarning har bitta boʻlimchalarida aytilamoqda.Aynan shu tizim orqali tashkilot bilan kompaniya mijozi orasida bir butunlikda teskari aloqa amalga oshiriladi.
Boshqarish faoliyatining eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri boʻlib korxonaning resurslarni samarali boshqarish xisoblanadi. Rejalashtirish va boshqarishning kerakli mahsulotlarni tartibsiz kelishi va ularni turib qolishi bilan bogʻliq. Buning natajasida ishlab chiqarishning samaradorligi pasayadi, omborda mahsulotlarni vaqti kelib tushmaganligi sababli toʻlib ketishi vujudga keladi. Bundan tashqari maxsulotni etkazib berish balansi buziladi va maxsulotni kirish chiqish prosesslarini buzilishiga olib keladi. Kompaniya resurslarini boshqarishning toʻla funksional yagona tizimidan foydalanish kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilish, tashqi muhit oʻzgarishlariga javob berish tezligini oshirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda korxonaga katta ustunliklar berishi mumkin. Bunday tizimga egalik qilish kompaniya harajatlarining ancha sezilarli moddasi hisoblanadi va bu harajatlarning foydasi puxta hisoblanishi va tahlil qilinishi kerak.
Korxonaning materiall ehtiyojlarini rejalashtirish metodologiyasi (MRP- Material Requirements Planning).
MRP ning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarishni rejalashtirish va iste'molchilarga etkazib berish uchun materiallarda, komponentlarda va mahsulotlarda ehtiyojlarni qondirish;
- rejalashtirilgandan ortiq boʻlmagan zahira pogʻonalarini qoʻllab quvvatlash;
- ishlab chiqarish operasiyalari, etkazib berish jadvallari, sotib olingan operasiyalarni rejalashtirish.
- MRP metodologiyasi oʻzida kompyuter tizimlari yordamida tadbiq etiladigan tayyor mahsulotlarga boʻlgan buyurtmalarni boshqarishning, xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish va yozishning maqbul algoritmini taqdim etadi.
MRP tizim ishi uchun quyidagi keyingi kiruvchi ma'lumotlar kerak boʻladi:
- zahiralar holati haqidagi ma'lumotlar (“Zahiralar hisobi kitobi”) nomenklatura:zahiralar, yakunlanmagan ishlab chiqarish,yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar. Bundan tashqari, unda rejalashtirilgan buyurtmalarni va yuklanishdan kutilayotgan buyurtmalarni koʻrsatib oʻtish lozim;
- mahsulot tarkibini spesifikatsiyasi (Bill of material BOM).
MRP tizimi ishining natijalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
- Xarid/ishlab chiqarish materiallariga va umumlashuvchi (Planned Order Schedule) buyurtmalarning grafigi-hujjatda yoziladigan, xomashyoning qanday qismi, rejalashtirish muddatining har bir oraligʻida umumlashtuvchi materiallar buyurtma qilingan boʻlishi kerak. Bu hujjat tashqi haridlarni rejasi va ichki ishlab chiqarish rejasini aniqlaydi.
- Harid/ishlab chiqarish materiallarni va ummumlashmalarni buyurtma grafigini oʻzgarishi (Changesin Planned Orders)-harid/ishlab chiqarish materiallari va umumlashtirilgan avvaldan toʻgʻirlangan rejalashtirilganlarni oʻzida saqlovchi hujjat.
Dastlab buyurtmalarning rejasi MRP tizimi yordamida va harajatlarining toʻplami aniqlangan vaqt oraligʻida tasdiqlangan ishlab chiqarish dastur asosida shakllandi. Korxonaning ehtiyojlarini bu toʻliq qondirmadi.
MRP tizimining soʻzsiz ustunligiga kiritish mumkin:
Ishlab chiqarish zaxiralarining rejalashtirishni tashkillashtirish samaradorligi, ularning hisobotlarini avtomatlashtirish, material resurslarning va harajatlarni omborda saqlanishining rejalashtirishdagi xatoliklarni kamaytirish. Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish metodi (Material Requirements Planning MRP II) – MRP algoritmning tabiiy rivojlanish natijasidir. Shu bois, MRP toʻlaligicha mantiqiy koʻrinadigan, materiallarning harajatlari va ularni toʻldirishga bogʻliq boʻlgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi kerakli materiallarni rejalashtirish uchun moʻljallangan. Bu holda, MRP II bu MRP va unga bogʻliq ravishda omborxona, ta'minot, sotish va ishlab chiqarish boshqarish funksiyalarini rejalashtirishdir.
Modomiki, ishlab chiqarish korxonalarida pul vositalarining katta qismi huddi shu kabi boʻladi yoki aksincha holatda, ishlab chiqarish va zahira bilan chambarchas bogʻlangan boʻladi, yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan foydalanish hisob-kitob funksiyasi va moliyani boshqarish funksiyasini oʻz ichiga oluvchi yagona tizimni yuzaga keltirish imkonini beradi.
MRP II MRP dan farq qilgan holda, tashkilotning qurilmalar, inson resurslari material va moliyaviy resurslarni oʻz ichiga oluvchi barcha resurslarni rejalashtirishni koʻrib chiqadi. MRP II tashkilotning sotuv boʻlimidan marketing, ta'minot boʻlimi, buxgalteriya boʻlimi, konstruktorlik boʻlimi shuningdek, ishlab chiqarish xizmatigacha boʻlgan barcha xizmatlarida yagona tizim axborotlaridan foydalanish imkonini beradi.
|
| |