|
OLIY TA’LIM BOSHQARUVIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI. (IoT, Cloud Computing va boshqa texnologiyalar)
|
bet | 22/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)OLIY TA’LIM BOSHQARUVIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI. (IoT, Cloud Computing va boshqa texnologiyalar)
Reja:
1. “4.0-ishlab chiqarish” (Industry-4.0) konsepsiyasi va evolyusiyasi.
2. Sun’iy intellektning paydo boʻlish tarixi. Sun’iy intellektning qoʻllanilish sohalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisod va sun’iy intellektni rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslari. Raqamli iqtisod va sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha xorij tajribasi.
4. Buyumlar interneti (Internet of Things) va Aqlli dunyo konsepsiyasi.
5. “Cloud” (bulutli) hisoblashlar tushunchasi. Bulutli hisoblash modellari.
6. Katta ma’lumotlar (Big Data), ularning xususiyatlari.
7. GRID – texnologiya konsepsiyasi
8. Virtual reallik (Virtual Real) va uning oʻziga xos xususiyatlar
Tayanch iboralar: Industry-4.0, IioT, ishlab chiqarish evolyusiyasi 1.0-4.0, smart mahsulotlar, aqlli raqamli texnologiyalar, IoT tizimi, Enterprise Resource Planning System. Internet of Things, buyumlar interneti, aqlli shahar, Cloud» xisoblashlar, Storage as a Servise (SaaS), Platform as a Servise (PaaS), IaaS, Cloud computing, SECI (Socialisation, Externalisation, Combination, Internalisation), katta ma’lumotlar (Big Data), data-sentr data-sentr, Colocation, GRID – computing, metakompyuter, stol superkompyuteri, Colocation (serverlarning fizik joylashuvi), VPS, tarmoqli superkompyuter.
1. “4.0-ishlab chiqarish” (Industry-4.0) konsepsiyasi va evolyusiyasi.
Industry 4.0 yoki aqlli ishlab chiqarish (IioT) – informatsion inqilobning yangi bosqichini nazarda tutadi, u asosan oʻzaro aloqalarni ta’minlash, avtomatlashtirish, mashinalar va real vaqtda ma’lumotlarga ishlov berishga yoʻnaltirilgan. Industry 4.0 ishlab chiqarishga moʻljallangan boʻlib, ta’minot zanjiri yoʻnaltirilgan kompaniyalar uchun yanada yaxlit va takomillashtirilgan ekotizimni yaratish uchun jismoniy ishlab chiqarish va aqlli raqamli texnologiyalar, kompyuterni oʻrganish va katta ma’lumotlar bilan ishlaydi. Bugungi kunda ishlayotgan har bir kompaniya va tashkilot turli xil boʻlsada, ularning barchasi umumiy muammoga duch keladi. Bular turli jarayonlarga, hamkorlarga, mahsulotlarga va insonlar orqali real vaqt rejimida ulanish va ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi.
3.1-rasm. Industry 4.0
Bugungi kundagi axborotlashgan jamiyatda toʻrt xil Industry inqilobi mavjud.
|
| |