|
Sun’iy intellektning paydo boʻlish tarixi. Sun’iy intellektning qoʻllanilish sohalari
|
bet | 25/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)2. Sun’iy intellektning paydo boʻlish tarixi. Sun’iy intellektning qoʻllanilish sohalari.
Sun’iy intellekt (SU)-bu kompyuter, robotlashtirilgan kompleks, yoki biror analitik tizimni inson kabi tafakkur qilishga oʻrgatish usullarini oʻrganadigan zamonaviy fandir.
Sun’iy intellekt termini Lisp nomli dasturlash tili ixtirochisi Djon Makkarti nomi bilan bogʻliq. U 1956 yilda Karnegi-Mellon universitetidabirinchi boʻlib sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturni namoyish qildi.
Aqilli robotlar toʻgʻrisida 1924 yilda Karel Chepak london teatrida “Universal robotlar” nomli pesasini qoʻydi. Namoish qilingan pesa publikasi xayron qoldirdi va “robot” degan soʻz halq ichiga kirib mixlanib qoldi.
1943-45 yillarda neyron tarmoqlarini tushunish va yaratishga asos solindi, 1950 yilda Alan Tyuring tomonidan ilmiy nashrda intellektual shaxmat oʻyinining taxliliga bagʻishlangan ilmiy ishi chop etildi. 1958 yilda esa birinchi su'iy intellektni dasturlash tili Lisp paydo boʻldi.
1960 yildan 1970 yillargacha boʻlgan davrda qator olimlar tabiiy tillarni yaxshi tushuna oladigan kompyuterlar yaratilganligini isbotladilar. 1965 yilda Eliza deb nomlangan ingliz tilida gapira oladigan birinchi robotni yaratdilar. Usha davrlarda SU yoʻnalishi AQSh, SSSR va boshqa davlat va harbiy tashkilotlarini oʻziga jalb qila boshladi.
1969 yilda Stenford universiteti olimlari Sheki nomli SU li robotni yaratishdi. Ushbu robot mustaqil xarakatlanishi, ma’lumotlarni qabul qilishi va oddiyroq masalalarni echa olardi.
1997 yilda kompyuter “Dip Blyu” va shaxmat dasturini yaratishdi. Ushbu kompyuter Jaxon chempioni Garri Kasparovni yutib oldi.
Intellektual mashinaga yutqazgan Garri Kasparov shunday degan edi: “Agar intellektual mashina shaxmatdan kuchlilar kuchlisini yutib olsa, demak u eng yaxshi muzika yoza oladi, eng yaxshi kitoblarni xam yoza oladi”.
Sun’iy intellekt (SU) kompyuterlarga shaxsiy tajribasiga asoslanib oʻqish (oʻrganish) hamda berilayotgan parametrlarga moslasha olish va ilgarilari faqat insongina echa oladigan masalalarni echiish imkonini beradi. SU amalga oshirilgan koʻp xollarda-shaxmat oʻynay oladigan kompyuterdan tortib to xaydovchisiz avtomobillarni boshqarishgacha barchasi uchun chuqur oʻqitish (glubokoe obuchenie) va tabiiy tillarni ishlash (obrabotki estestvennogo yazika) imkoniyatlari juda muximdir. Ushbu texnologiyalarga tayanib kompyuterlarni katta xajmli ma’lumotlarni qayta ishlash va ulardagi qonuniyatlarni aniqlashga oʻrgatish mumkin.
Yuqorida keltirilganidek Sun’iy intellekt-bu kompyuter, robotlashtirilgan kompleks, yoki biror analitik tizimni inson kabi tafakkur qilishga oʻrgatish usullarini oʻrganadigan zamonaviy fandir.
Insoniyat sun’iy intellekt orqali XXI asr global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etishi orqali ijobiy echimlar topishi bilan bir qatorda hayot tarzining tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq hoʻjaligi, shaxarsozlik va boshqa barcha sohalarida sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatlariga erishadi.
Sun’iy intellekt atamasining koʻplab ta'riflari mavjud boʻlib, umumlashtirgan xolda, uni insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun’iy tizim deb atash mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida 2020 yilning “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili deya nomlanishi respublikamizda raqamli iqtisodiyotga oʻtish va axborot texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotganidan dalolat beradi. Albatta bu xalqimiz manfaati yoʻlidagi ijobiy inqilobiy burilishdir.
Respublikada axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni ragʻbatlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, har bir sohaga innovasiyalarni joriy etish va mavjud normativ-huquqiy, ma'muriy hamda barcha boshqa mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida 2017 - 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son “2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 maydagi PQ-4321-son “Raqamli iqtisodiyot va «elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4022-son “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizasiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 sentyabrdagi PQ-3927-son ““Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi VMQ-589-son “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi VMQ-48-son “Oʻzbekiston Respublikasida “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
SU muximligi nimalarda namoyon boʻladi?
- SI ma’lumotlarni ishlash hisobiga oʻqitish va izlash kabi takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Lekin SIni robotizasiyadan farqi bor. Chunki robotizasiyaning negizini apparat vositalar tashkil etadi. SI ning maqsadi-qoʻl mexnatini avtomatlashtirish emas, balki yirik masshtabli kompyuterlashtirilgan masalalarni ishonchli va uzluksiz bajarishdan iborat. Bunday avtomatlashtirish tizimni dastlabki sozlash va masalalarni toʻgʻri qoʻyish uchun inson ishtirokini taqazo etadi.
- SI mavjud vositalarni intellektual qiladi. Odatda SI aloxida ilova siftida yaratiladi. Yaratilgan SI ilovasi mavjud vositalarni takomillashtirish uchun ularga integrasiya qilinadi. Avtomatlashtirish, muloqat qilish platformalari, botlar va “aqilli” kompyuterlar bilan katta hajmli ma’lumotlarni birlashtirish natijasida uyda va ofislarda ishlatiladigan turli texnologiyalarni, ya'ni ma’lumotlarni intellektual taxlilovchi tizimlaridan to investision taxlil vositalarigacha yaxshilaydilar.
- SU oʻqitishning progressiv algoritmlari qoʻllanilganligi tufayli va ma’lumotlarga mos ravishda programmalashtirilib borilishi asosida SU ushbu algoritmlarga moslashadi. SU ma’lumotlarning qonuniyatlarini aniqlaydiki ular algoritmga ma'lum koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkonini beradi: algoritm klassifikator yoki peridikatorga aylanadi. Shunday qilib, xuddi algoritm shaxmat oʻyinini oʻrganganidek, u tegishli vositalarni taklif qilishga oʻrganishi mumkin.Bunda modellar yangi ma’lumotlar kelishiga qarab moslashib boradi.
- SU bir nechta yopiq satxli neyron toʻrlari yordamida katta hajmli ma’lumotlarni chuqur taxlilini bajaradi. Bir necha yillar ilgari beshta yopiq satxli yulgʻichlikni topish tizimini yaratish mumkin emas edi. Lekin hisoblash quvvatlarini keskin oʻsishi tufayli va “katta hajmli ma’lumotlar”ni paydo boʻlishi bilan hamma narsa oʻzgardi.Chuqur oʻqitish modeli uchun katta hajmli ma’lumotlar kerak boʻladi, chunki chuqur oʻqitish ular asosida olib boriladi. Shuning uchun ham ma’lumotlar hajmi qancha koʻp boʻlsa, modelni aniqligi shuncha koʻp boʻladi.
- Chuqur neyron toʻrlari SUga misli koʻrilmagan aniqliklarga erishishga imkonnini beradi. Misol uchun Google Search qidiruv tizimi va Google Photos hizmati bilan birga chuqur oʻqitish negizida ishlaydi, ushbu vositalardan biz qancha koʻp foydalansak, ular shunchalik samarali boʻladi. Sogʻlikni saqlash tizimida rak kasalligini MRT suratlarini SI texnologiyalari yordamida (chuqur oʻqitish, tasvirlvrni klassifikasiya qilish, ob'uktlarni tanib olish) tasxishlash aniqlik jihatidan yuqori kvalifikasiyaga ega boʻlgan rentgenologlar xulosalaridan qolishmaydi.
- SI ma’lumotlardan maksimum foydani ajratib olish imkonini beradi. Oʻz-oʻzini oʻqita oladigan algoritmlarni paydo boʻlishi bilan ma’lumotlarni oʻzi ham intellektual mulk ob'ektiga aylanib qoldi. Ma’lumotlar kerakli javoblarni ham oʻz ichiga oladi-faqat ularni SI texnologiyalari yordamida topib olish kerak xolos. Xozir ma’lumotlar bir necha yillar oldingiga nisbatan ancha muxim rol oʻynaganligi bois, ular raqobatni ta'minlashlari mumkin. Bir xil texnologiyadan foydalanilganda va bir xil raqobat muxitida kim eng aniq ma’lumotlarga ega boʻlsa, oʻsha yutib chiqadi.
|
| |