|
SI ni qoʻllash sohasidagi muammolar
|
bet | 26/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)SI ni qoʻllash sohasidagi muammolar. SI texnologiyalari ixtiyoriy sohani oʻzga rtira oladi, lekin ularning imkoniyatlari ham cheksiz emas. SU ning imkoniyati cheklangan, asosiysi xar qanday oʻqitish ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, boshqa usuli yoʻq. Bu esa ma’lumotlardagi ixtiyoriy noaniqliklar (xatoliklar) olingan natijalarda oʻz aksini topadi.
Zamonaviy SI tizimlari ma'lum aniq ajratilgan masalalarni echishga moʻljallangan. Poker oʻyinini oʻynashga moʻljallangan tizim pasyansni oʻynini yoki shaxmat oʻyinini oʻynay olmaydi. Yulgʻichlikni aniqlashga sozlangan tizim, avtomobilni boshqara olmaydi yoki huquqiy yordam koʻrsata olmaydi. Bundan tashqari sogʻliqni saqlash sohasidagi yulgʻichliklarni aniqlashga moʻljallangan SI tizimi kerakli aniqlik bilan soliqlardagi maxinasiyalarni aniqlay olmaydi. Boshqa soʻz bilan aytganda ushbu tizimlar juda tor doiraga ixtisoslashtirilgandir. Ular bitta konkret masalani echishga ixtisoslashtirilgan va insonga xos koʻpmasalalik darajasidan ancha yiroqdir.
Shunday qilib, SU ning maqsadi– bu kirishdagi ma’lumotlarni taxlil qilish va olingan natijalarni interpretasiya qilishga qodir boʻlgan dasturiy vositalarni ishlashini ta'minlashdan iborat. SU hech qachon insonni oʻrnini bosa olmasligini ta'kidlaymiz.
Sun’iy intellektning qoʻllanilish sohalari.
2021 yilning 17 fevral kuni “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarordan koʻzlangan maqsad – “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasiga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
Shuningdek, ushbu hujjat sun’iy intellektni qoʻllashning asosiy yoʻnalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda yagona talablar, javobgarlik, xavfsizlik va shaffoflikni belgilovchi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish, aholi manfaatlari yoʻlida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Oʻz navbatida, ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish, foydali texnologik echimlarni ishlab chiqish boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va ularni keyinchalik tijoratlashtirishni ragʻbatlantiruvchi sun’iy intellekt sohasida innovasion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish kabi maqsad-vazifalarni amalga oshiriladi.
Qarorda sun’iy intellekt texnologiyalarining qaysi sohalarda qay tarzda qoʻllanilishi, bu borada koʻzda tutilgan vazifalar ham toʻliq oʻz aksini topgan.
|
| |