• Bank sohasida
  • Moliya sohasida
  • Misol uchun, qishloq xoʻjaligi sohasida




    Download 0,53 Mb.
    bet27/48
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #230247
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)

    Misol uchun, qishloq xoʻjaligi sohasida: erni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xoʻjaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash koʻzda tutilgan.
    Bank sohasida esa tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari koʻrsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikasiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash vazifasi belgilangan.
    Moliya sohasida esa byudjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sugʻurta toʻlovlari, shuningdek, nafaqa toʻlovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash nazarda tutilmoqda.
    Soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq toʻlovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash, transport sohasida esa lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yoʻnalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash vazifalari belgilangan.
    Shu oʻrinda ta'kidlash lozimki, mazkur Qaror 2020 yilgi — “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida belgilangan — “Raqamli iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan sogʻliqni saqlash va ta’lim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini ta'minlash bilan bogʻliq vazifalar ijrosini ta'minlashga xizmat qilgani bilan ham ahamiyatlidir.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Misol uchun, qishloq xoʻjaligi sohasida

    Download 0,53 Mb.