Butun dunyoda sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollari




Download 0,53 Mb.
bet28/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Butun dunyoda sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollari.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi boʻyicha Singapur birinchi oʻrinni, qolgan etakchi 20 talikni Gʻarbiy Evropa va Shimoliy Amerika davlatlari egallagan.
Ma'lumki, bugungi kunga qadar jahon sahnasida sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha 7 ta xalqaro darajadagi hamkorlik kelishuvlari va 50 dan ortiq milliy strategiyalar qabul qilingan[4].
2017 yilga nisbatan sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini e’lon qilgan mamlakatlar soni 2020 yil boshiga kelib 8 marotaba ortdi. 2017 yil Kanada, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlandiya, Yaponiya va Xitoy davlatlarida sun’iy intellekt strategiyalari ishlab chiqildi. 2019 yilda bu roʻyxatdan Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvesiya, Meksika, Evropa ittifoqi, Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya, Koreya Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi koʻplab boshqa davlatlar ham oʻrin egalladi.
Evropa davlatlarida SIni rivojlantirish strategiyalari bor boʻlishiga qaramay, mavjud kuch va imkoniyatlarni birlashtirish va jahon hamjamiyatida yuqori natijalarni qoʻlga kiritish maqsadida 2018 yil 10 aprel sanasida 25 ta Evropa davlatlari Sun’iy intellektni rivojlantirishdagi hamkorlik Deklarasiyasini imzoladi [5]. Unda Evropaning sun’iy intellekt texnologiyalaridagi salohiyatini oshirish, SIni oʻzlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy global chaqiruvlarga hamkorlikda SI texnologiyalari asosida qarshi kurashish va SI doirasida huquqiy va axloqiy asoslarni ishlab chiqish va SI yutuqlarini davlat boshqaruviga yoʻnaltirish asosiy maqsad qilingan.
Sun’iy intellektning insoniyat ravnaqi uchun xizmatini oshirish va rivojlantirish maqsadida 2018 yil may oyida 10 ta davlat ishtirokida Shimoliy Boltiq Hududida Sun’iy Intellekt Deklarasiyasi imzolandi[6]. Deklarasiyada sun’iy intellekt istiqbollaridan biznes va davlat boshqaruvida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bilim, koʻnikma va mahoratni oshirish; hududlarda biznes va davlat xizmatlari uchun namunaviy xizmatlarni tashkil etish maqsadida SIda qoʻllaniladigan ma’lumotlar ochiqligini ta'minlash; SIning qoʻllanilish sohalar va me'yorlarini belgilovchi axloqiy va shaffof koʻrsatmalar, standartlar va nizomlarni ishlab chiqish; SIda foydalaniladigan barcha infratuzilmalarning jumladan, zaruriy uskuna va qurilmalar, dasturiy ta'minotlar hamda ma’lumotlarning ishonchliligi, xavfsizligi va dahlsizligini ta'minlash belgilangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019 yil “Birlashgan Millatlarning Sun’iy Intellektdagi faoliyatlari” yangilangan toʻplami e'lon qilindi[7]. Unda ocharchilikni engish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, iqlim oʻzgarishini yumshatish, sogʻliqni saqlash tizimida yuqori natijalarga erishish va boshqa koʻplab sohalarda SIni qoʻllash va rivojlantirish koʻrsatmalari va hamkorlik masalalari koʻrsatib oʻtilgan.
2018 yil iyul oyida Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida “Hindiston - BAA Sun’iy Intellekt Koʻprigi” bitimi imzolandi[8]. Unda ikki davlat uchun umumiy manfaatlar yoʻlida SI asosida iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan. Bu kelishuvdan keyingi 10 yillikda 20 mlrd. AQSh doll. iqtisodiy foyda kelishi kutilmoqda. Hamkorlik bitimining asosiy faoliyatlaridan biri — bu innovasion ekotizimni rivojlantirish va farovon kelajakni ta'minlashdir.
2018 yil iyun oyida insoniyat farovonligi yoʻlida yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida Fransiya va Kanada davlatlarining Sun’iy intellektda Xalqaro ekspertlar qoʻshma deklarasiyasi imzolandi[9]. Sun’iy intellekt texnologiyalarini inson huquqlari, innovasiyalar va iqtisodiy rivojlanish yoʻlida hamkorliklarni qoʻllab-quvvatlash Deklarasiya doirasidagi asosiy hamkorlikdir.
2019 yil iyul oyida Yaponiyada G20 davlatlarning boʻlib oʻtgan uchrashuvida “G20 Sun’iy Intellekt tamoyillari” sun’iy intellektdan foydalanishning tamoyillari boʻyicha kelishuv imzolandi.[10] Kelishuv sun’iy intellektdan foydalanishda adolat va shaffoflik tamoyillariga tayanilishi shuningdek, qonun ustuvorligi, shaxsiy qadriyatlar, tenglik va xalqaro mehnat huquqlarini hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan bir qatorda, sun’iy intellekt asosida yaratilgan yangi ish oʻrinlariga oʻtish davrida ishchilarga turli malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlari taqdim etish ilgari surilgan.
G7 davlat rahbarlarining Sun’iy intellektni rivojlantirishda Sun’iy Intellekt kelajagi uchun Sharlevua umumiy maqsadlari hamkorliklari yoʻlga qoʻyilgan.
Rossiya Federasiyasining hozirgi kunga qadar sun’iy intellekt sohasida 8 ta siyosiy tashabbuslari mavjud. Jumladan, 2019 yil oktyabr oyida Rossiya Federasiyasi Sun’iy intellektni rivojlantirish va qoʻllashda xalqaro etakchilikni qoʻlga kiritish maqsadida 2030 yilgacha Sun’iy intellektni rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqdi[11]. Ushbu strategiyaning asosiy maqsadlari aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish, milliy xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta'minlash, iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini ta'minlash va SI sohasida dunyoda etakchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishdir. Hujjatda sun’iy intellekt infratuzilmalarini, ya'ni ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazlari, SI asosidagi dasturiy ta'minotlar, sifatli va etarli boʻlgan ma’lumotlar bazasi, texnik uskuna va jihozlarning mavjudligi, iste'dodlar hamda normativ hujjatlarni rivojlantirish asosiy vazifalar etib belgilangan.
Xitoy Xalq Respublikasi 2017 yilda amalga oshirilishi 3 bosqichdan iborat boʻlgan Keyingi avlod sun’iy intellekt rejasini ishlab chiqdi[12]. Bu Xitoyning bugunga qadar ilgari surgan sun’iy intellekt sohasidagi 7 ta siyosiy tashabbuslaridan biridir.
Rejalar ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazlari, mamlakatni sanoatlashtirish, ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, yangi iste'dod vakillarini tayyorlash, ta’limda sifat va mahoratni oshirish, standart talablarni yaratish, axloqiy munosabatlar va xavfsizlikni ta'minlash masalalari uchun tashabbus va maqsadlarni qamrab oladi.
Keyingi avlod sun’iy intellekt rejasining maqsadlari 3 bosqichdan iborat:

Download 0,53 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Butun dunyoda sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollari

Download 0,53 Mb.