|
-bosqich: 2020 yilga qadar Xitoy SI sanoatini raqobatchilar qatoriga olib chiqish;
2-bosqich
|
bet | 29/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)1-bosqich: 2020 yilga qadar Xitoy SI sanoatini raqobatchilar qatoriga olib chiqish;
2-bosqich: 2025 yilga qadar ba'zi SI sohalarida dunyo etakchiligini qoʻlga kiritish;
3-bosqich: 2030 yilga qadar Xitoyni SI innovasiyalarining etakchi markaziga aylantirish.
Hindiston 2018 yilda sogʻlikni saqlash, qishloq xoʻjaligi, ta’lim, aqlli shahar va transport xizmatlarini asosiy yoʻnalishlar etib koʻrsatgan xolda Milliy sun’iy intellekt strategiyasini ishlab chiqdi.
Hindiston Milliy sun’iy intellekt strategiyasini sun’iy intellekt sohalaridagi muammolar va mamlakatning mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan xolda ilmiy tadqiqot faoliyatlarini rivojlantirish, ma’lumotlar shaffofligi va xavfsizligini ta'minlash, axloqiy normalar va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga qaratdi.
2019 yilda Yaponiya oʻz davlatining yuz tutayotgan muammolarining tezkor echimlariga qaratilgan va bugungi kuch-qudrati orqali kelajak imkoniyatlarini ochishga qaratilgan Sun’iy intellekt strategiyasini ishlab chiqdi. Strategiyaning asosiy maqsadi Sun’iy intellektni beshinchi jamiyat (Society 5.0) rivojlanish bosqichini amalga oshirish orqali global muammolarga qarshi kurashda oʻz xissasini qoʻshish va Yapon jamiyati duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishdan iboratdir.
Yaponiyaning Sun’iy intellekt strategiyasini amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich: 2020 yilga qadar ma’lumotlarga asoslangan sun’iy intellektni turli ustuvor sohalarga qoʻllash va joriy etish;
2-bosqich: 2020 yildan SIdan va turli sohalarda yaratilgan ma’lumotlardan ommaviy foydalanish;
3-bosqich: 2025-2030 yillarda turli sohalarni oʻzaro bir-biri bilan bogʻlagan ekotizimni yaratish.
2020 yildan Koreya Respublikasi “Axborot texnologiyalar super-quvvatidan Sun’iy intellekt super-quvvatiga oʻtish” istiqboli bilan oʻzining Milliy sun’iy intellekt strategiyasini amalga oshira boshladi.
Koreya Respublikasi milliy strategiyasining asosiy maqsadlarini 2030 yilga qadar global raqamli raqobat maydonida dunyo mamlakatlari ichida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritish; sun’iy intellekt orqali Koreya iqtisodiyotiga qoʻshimcha 455 trillion voni daromad keltirish; turmush tarzi sifati boʻyicha ilgʻor 10 talik davlatlar qatoridan oʻrin egallash.
Shuningdek Koreyaning 2018-2022 yillar uchun Sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazlari strategiyasida jahon andozasidagi sun’iy intellekt texnologiyalari va sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish markazlari ekotizimini yaratish koʻzda tutilgan.
Singapur sun’iy intellekt sohasida oʻziga xos va jadal siyosiy tashabbuslarni amalga oshirayotgan davlatlardan biridir.
2017 yil may oyida kelajakda mazkur sohada oʻz kuch-qudratiga ega boʻlish va raqamli iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun sun’iy intellekt imkoniyatlarini rivojlantrish maqsadida “AI Singapore” milliy dasturini amalga oshirish boshlandi.
Milliy dastur ilmiy tadqiqot muassasalari va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilib besh yil muddat uchun 97,4 mln. evro miqdorida moliyaviy mablagʻlarni quyidagi uchta asosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun sarflanadi:
· jamiyat va sanoat yuz tutayotgan asosiy muammolarni SI texnologiyalari orqali bartaraf etish;
· ilmiy innovasiyalarning keyingi rivojlanish toʻlqinidan manfaatdorlikni qoʻlga kiritish imkonini beruvchi vositalarga sarmoya kiritish;
· sanoat miqyosida sun’iy intellekt texnologiyalarini oʻzlashtirish va qoʻllashni kengaytirish.
Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) sun’iy intellektni rivojlantirish ertangi kun imkoniyat va muvaffaqiyat eshiklarining “oltin kaliti” ekanligiga alohida urgʻu bergan va hozirgi kunga qadar sun’iy intellekt sohasidagi 15 ta siyosiy tashabbuslarni ketma-ket amalga oshirib kelmoqda. 2018 yilda qabul qilgan Sun’iy intellekt strategiyasining asosiy maqsadlari: Germaniya va Evropa ittifoqini sun’iy intellekt sohasida dunyoning etakchi markaziga aylantirish; SI texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazlarini tashkil etish va bu markazlarda ilmiy tadqiqot faoliyatlariga investisiyalarni keng jalb etish orqali davlatning kelajakda raqobatbardoshliligini ta'minlash; SIni jamiyat hayoti farovonligi va atrof-muhitni himoya etish manfatlari yoʻlida qoʻllashni moliyalashtirish; SIning informasion jamiyatning ajralmas qismi boʻlishini ta'minlash.
2019 yil iyun oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Milliy sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish strategik rejasini ma'qulladi. AQShda bugungi kunga qadar sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga qaratilgan jami 36 ta siyosiy tashabbuslar roʻyxatga olindi.
Milliy sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish strategik rejasi 8 ta qismdan iborat boʻlgan quyidagi strategik yoʻnalishlardan tashkil topgan:
– uzoq muddatli sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot faoliyatlariga investisiya kiritish;
– inson – sun’iy intellekt hamkorligining samarali uslublarini ishlab chiqish;
– sun’iy intellektning axloqiy, huquqiy va ijtimoiy oqibatlarini anglash va oʻrganish;
– sun’iy intellektning xavf va tahdidlaridan himoyalanishni ta'minlash;
– SIni oʻrgatish va sinovlarini amalga oshirish uchun umumiy ma’lumotlar bazasi va muhitini shakllantirish;
– SI texnologiyalarini standartlar va me'zonlar orqali oʻlchash va baholash;
– milliy sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirish markazlari uchun ishchi kuchlarining zaruratini toʻliqroq anglash;
– sun’iy intellektda ilgʻor harakatlanishni ta'minlash uchun davlat va xususiy sherikchilik aloqalarini kengaytirish.
Qozogʻiston Respublikasi hozirga qadar sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishda oʻzining milliy strategiyasiga ega boʻlmasada Markaziy Osiyo davlatlari ichida Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishda dunyo hamjamiyati tomonidan alohida e'tirof etilayotgan davlatdir.
2019 yildan Nazarbaev Universiteti tomonidan dunyoning etakchi sun’iy intellekt texnologiyalari echimlarini ishlab chiquvchilarini jalb etish maqsadida, Sun’iy intellekt ilmiy tadqiqot va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi joriy etildi. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Qozogʻistonda ta’lim, ilmiy tadqiqot, madaniyat, texnika, innovasiya, boshqaruv sohalari va boshqa manfaatli sohalarda sun’iy intellektni rivojlantirishdan iborat.
Xorijiy davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan SIni rivojlantirish strategiyalari maqsadlarining tahlillari ularni asosiy quyidagi yoʻnalishlarda ekanligini koʻrsatadi:
– ilmiy tadqiqot va innovasiyalar orqali iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish;
– SI texnologiyalarini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor investisiyalari ulushlarini oshirish;
– ilmiy tadqiqot faoliyatlarini moliyalashtirish hajmini oshirish;
– ta’lim dasturlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash orqali raqobatbardosh va yuqori malaka va kasbiy koʻnikmaga ega milliy kadrlarni tayyorlash;
– SI texnologiyalarni davlat boshqaruvi transformasiyasida innovasiyalar sifatida keng joriy etish. Bunda davlat va xususiy sherikchilik hamda innovasion xablar va laboratoriyalarni tashkil etish mexanizmlari qoʻllanilishi e'tiborga olingan.
Jahon mamlakatlari orasida ilmiy-texnik va texnologik barqarorlikning qoʻldan boy berilishi mamlakatning tinchlik va barqarorlik siyosatiga va iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini koʻrsatadi. Shuningdek, ilm-fan va yuqori texnika va texnologiyalar jadal rivojlanib, toʻrtinchi sanoat inqilobi tomon olib borayotgan globallashuv davrida barcha mavjud iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy va siyosiy xavflarni oldindan bartaraf etish, hamda, siyosiy va iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlarga “intellektual qaramlik”dan himoyalanish har bir davlatning strategik muhim vazifalaridan biridir.
3.1-jadval.
|
| |