• Annotatsiya
  • 120 chiqindi masalasi global ekologik muammo sifatida saburova Juldizxan Axmetovna




    Download 1.09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana19.10.2023
    Hajmi1.09 Mb.
    #88630
      1   2   3   4
    Bog'liq
    chiqindi-masalasi-global-ekologik-muammo-sifatida
    Она тили тест, maqola23


    120 
    CHIQINDI MASALASI GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO SIFATIDA 
    Saburova Juldizxan Axmetovna 
    O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
    malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi uslubchisi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada chiqindi masalasi global ekologik muammo sifatida 
    tahlil etilgan. Olingan xulosalar asosida takliflar ishlab chiqilgan. 
    Kalit so’zlar: chiqindi turlari, troposfera, mahalliy ekologik muammolar, global 
    ekologik muammolar, chang, shovqin, issiqlik. 
    XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, global ekologik muammolarga jiddiy qarala 
    boshlandi. Bunga fan-texnika, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, antropogen omillarning 
    tabiatga ta’sirining kuchayishi natijasida biosfera ekotizimlarining buzilishi, cho‘llanish va 
    sayyoramizda haroratning oshib borishi va shu kabi muammolar asos bo‘la oladi. Ekologik 
    muammolarning keskinlashuvi yerdagi hayotga xavf tug‘dirmoqda. Ana shunday 
    muammolardan biri atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi hisoblanadi. 
    Tahlillarga ko‘ra, deyarli barcha davlatlarda qattiq maishiy chiqindilar miqdori 
    aholi jon boshiga har yili bir foizga ortib bormoqda. Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy 
    o‘sish hisobiga bu ko‘rsatkich 7 million tonnaga yetib, yiliga 2 foizdan o‘smoqda
    29
    .
    Ekologiya sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarning aniqlashicha, hozirgi 
    kunda insoning xo‘jalik faoliyati natijasida dunyo bo‘yicha yiliga 105-110 mlrd tonnaga 
    yaqin chiqindi yuzaga kelmoqda. Chiqindilar qattiq, gazsimon, suyuq holatda bo‘lib, 
    ularning bir qismi havoga, boshqasi suvga, tuproqqa, o‘simlik va hayvonot dunyosiga o‘tib, 
    to‘planib boradi. Chiqindilarning yillar davomida to‘planib borishi hozirgi kunda inson 
    hayoti uchun o‘ta xavfli ko‘plab muammolarni yuzaga keltirmoqda. Troposferadagi suv 
    bug‘lari, uglerod ikki oksidi, metan, xlor, uglerod, azot oksidi, ozon va boshqalarning 
    mavjudligi tufayli atmosferaning quyi qismidagi havoning o‘rtacha harorati 150 C ni tashkil 
    etadi.
    Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi 
    va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni 
    ishlab chiqarish mumkin
    30
    . 1980 yillarda havoga 5 milliard uglerod, 100 mln tonna 
    oltingugurt chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi kunda uglerod miqdori 6 milliard tonnaga yetadi. 
    CO2 ning havo tarkibidagi miqdori 0,4-2,5 milliard tonnaga ko‘payib bormoqda. Mahalliy 
    va global ekologik muammolarga (shaharlardagi havoning ifloslanishi, issiqxona effekti 
    yoki okeanlarning haddan tashqari ovlanishi kabi) bag‘ishlangan sosiologiya kamida uchta 
    tadqiqot yo‘nalishida faol ishlaydi: ekologik muammolarning paydo bo‘lishi nazariyalari
    atrof-muhitga munosabat va keng jamoatchilikning hatti-harakatlari va korporativ 
    ishtirokchilarning ekologik hatti-harakatlari (tadbirkorlik sub’yektlari, ekologik harakatlar 
    va tashkilotlari hamda davlat).
    Insonlar o‘z harakatlarining dinamik tizim ta’sirini idrok etish va bashorat qilishda 
    qiynaladilar, shuning uchun ular yaxshi moslangan tabiiy va ijtimoiy tizimlar muvozanatini 
    29
    Чиқинди муаммоси бўйича янги чоралар белгиланди. 
    https://kun.uz/news/2022/02/02/chiqindi-muammosi-
    boyicha-yangi-choralar-belgilandi
     
    30
    Раҳматов С. Чиқинди — кони зарар қайта ишланса, катта бойлик. 
    https://parliament.gov.uz/upload/iblock/0d7/CHIQINDI-ipzbhu.arlwgngd.pdf
      


    121 
    buzadi. Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, atrof-muhit bilan 
    bog‘liq xavotirlar 1990 yilda eng yuqori cho‘qqigacha ko‘tarilgan, biroq o‘shandan beri bu 
    “tashvish”ga munosabat biroz susaygan ba’zan, hatto tashvishlantirmay qo‘ygan. 
    Zamonaviy dunyoda ekologik muammolar nafaqat jamiyatning texnologik taraqqiyoti, balki 
    tabiatga, atrof-muhitga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga befarq munosabatda bo‘lish 
    natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday, fizika va kimyo fanlaridagi ko‘plab 
    insoniy tadqiqotlar muqarrar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, Chernobil 
    AESdagi avariya - bu vayronagarchilik portlovchi xususiyatga ega edi; reaktor butunlay 
    vayron bo‘ldi va atrof-muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqaldi. Ushbu 
    avariya oqibatida halok bo‘lganlar va uning oqibatlaridan jabrlanganlarning taxminiy soni 
    bo‘yicha ham, iqtisodiy zarar jihatidan ham atom energetikasi tarixidagi eng yirik 
    avariyalardan biri bo‘ldi.
    Ekologik muammolar landshaftlar xususiyatlarining salbiy o‘zgarishi, aholining 
    turmush sharoiti va sog‘lig‘ining yomonlashishiga, tabiiy resurslarning kamayishiga yoki 
    yo‘qolishiga, genofondning buzilishiga olib keladi. Hududning qamroviga ko‘ra ekologik 
    muammolar quyidagilarga bo‘linadi: 
    a)mintaqalararo (ba’zan global); 
    b) mintaqaviy; 
    c) hududiy. 
    Ekologik muammolarning mohiyati shundaki, inson faoliyati natijasida tabiiy yashash 
    muhiti buziladi. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarda inson ishlab chiqarish uchun 
    mehnat resurslaridan ham, ishlab chiqarish vositalaridan ham, tabiiy muhitdan ham 
    foydalanadi. O‘sib borayotgan ehtiyojlar tufayli tabiiy resurslardan foydalanish ortib boradi 
    va bu o‘z navbatida ularning tugashiga, shu bilan birga atrof-muhitga kiruvchi chiqindilar 
    miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Atrof-muhit holati ko‘pincha atrof-muhitning 
    o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tendensiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlar tabiiy, 
    inson tomonidan qo‘zg‘atilgan bo‘lishi mumkin. Inson tomonidan yuzaga kelgan asosiy 
    ekologik o‘zgarishlar, masalan, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, yerning degradasiyasi, havo 
    va suvning ifloslanishi hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, sohadagi asosiy muammolar 
    quyidagilardan iborat: 
    – chiqindilarni qayta ishlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy va 
    infratuzilmaviy muammolar; 
    – chiqindilarni qayta ishlash sohasida raqobat muhitining yo‘qligi, qayta ishlangan 
    mahsulotlarga nisbatan talabni rag‘batlantirish mexanizmlarining mavjud emasligi; 
    – chiqindilarni qayta ishlagandan ko‘ra, ularni yo‘q qilishning boshqa muqobil 
    usullaridan foydalanish amaliyoti hamon saqlanib qolayotgani. 
    Albatta, maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimini yaratish, maishiy chiqindilarni 
    qayta ishlash komplekslarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish davlatning 
    moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi orqaligina amalga oshadi. Shu bilan birga bu jarayonda 
    aholining ongli ravishdagi faolligi juda-juda zarur. Boshqacha aytganda, chiqindilar 
    muammosiga hukumatdagi eng yuqori lavozimdagi mansabdorlardan tortib oddiy uy 
    bekalarigacha birday mas’uldir
    31

    31
    Инсон ва чиқиндилар сайёрамиз кимга қолади? 
    https://huquq.uz/2022/08/25/inson-va-chikindilar-sajjoramiz-
    kimga-koladi/
     



    Download 1.09 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    120 chiqindi masalasi global ekologik muammo sifatida saburova Juldizxan Axmetovna

    Download 1.09 Mb.
    Pdf ko'rish