• 4. Foydalangan adabiyotlar
  • 1 Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillarning asosiy roli. Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri




    Download 41.04 Kb.
    bet1/2
    Sana05.03.2024
    Hajmi41.04 Kb.
    #167141
      1   2
    Bog'liq
    ekologiya 1.1
    1-mustaqil ishi Komp. tarmoq, Маълумотнома ustamaga, ssenariy, Maktab kutubxonachisi yillik ish rejasi 2023-2024 (1), 2-sinfda Ochiq dars ishlanmasi Yer yuzining bezagi, 1-mavzu. Kirish. Reja, 14.Boshlang’ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o’rgatishda amaliy ishlarni tashkil etish metodlari., Boshlang\'ich sinflarda tarbiyaviy soatlarni xalq og\'zaki ijodi asosida tashkil etish metodikasi, Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish, Maktab o\'quvchilarining mehnatvesarlik ruhida tarbiyalashning samarali yo’llari, Bo\'sh o`zlashtiruvchi, Mustaqil ish1, Audit tekshiruvining yakuniy bosqichlari, 1 амалий


    Mavzu; Atrof muhitning ifloslanishi-global ekologik muammo


    Reja



    1 Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillarning asosiy roli.

    2. Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri.


    3. Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar

    4. Foydalangan adabiyotlar










    Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
    Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda.
    Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda.
    Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda.
    Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.
    Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi. Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.
    Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim. Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish.
    Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, sellulozaqog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda.
    Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi.
    Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda O`zbekistonda jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat O`zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini sog`lomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda.
    Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
    Global muammolar ni 4 guruxga ajratish mumkin:
    1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi;
    2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n Global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa.
    20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi;
    3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
    4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
    Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
    Insonning faoliyat ko’lami shu darajada shiddat bilan kengayib bormoqdaki, uning ongi-tafakkuri va qo’li yetmagan tabiatni biror sohasi qolmadi. Ayni paytda insonni tabiatga faol ta’siri o’zini aks ta’sirini ham namoyon etmoqdaki, bu ta’sirlar natijasida tabiiy ofatlar va inson sog’ligi turmush tarziga boshqa salbiy ta’sirlar ko’lami ham kengayib bormoqda.
    Ana shu haqiqat mantig’idan kelib chiqadigan bo’lsak ba’zi olimlar yoki mutaxassislarning tabiat predmetlarini ijtimoiy yoki noijtimoiy turkumlarga ajratishi asossiz ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi.Zero,tabiatning aynan bir ob’ekti odamlar faoliyatida, ijtimoiy taraqqiyotda qo’llanish darajasi yoki qo’llanmasligiga qarab ijtimoiy yoki noijtimoiy bo’lishi mumkin. Har qanday tabiat predmeti odamlar maqsadi uchun ular faoliyatining vositasi sifatida xizmat qilsa, u albatta jamiyat faoliyatining shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Masalan yer bag’rida mavjud bo’lgan qazilma boyliklari o’z-o’zidan odamlar hayoti uchun tabiiy shart-sharoit bo’la olmaydi. Inson uning o’z faoliyatiga tadbiq etib qo’llasa, u ijtimoiy sifatlarga ega bo’ladi, ya’ni inson faoliyatining mahsuliga aylanadi. Bugungi kunda insonning ana shu faoliyati umumbashariy mazmunga ega bo’lib, ekologik munosabatlarni globallashuvi va global ekologik ta’sirga sabab bo’lmoqda.
    Global muammoning vujudga kelishi esa insonning asl mohiyati bilan yashash tarzi o’rtasidagi masofa kun sayin kengaya borayotganligi va inson faoliyati uning qudrati beqiyos darajada ulkan geologik kuch sifatida yer kurrasida namoyon bo’lmoqda. Haqiqatda ham kishilik jamiyati hozirgi kunda shunday ishlab chiqarish kuchlari yaratganki, bu kuch yordamida tabiat bag’ridan millionlab tonna ruda, neft, ko’mir singari tabiiy qazilmalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, qayta ishlash va xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash qudratiga ega. Bu tabiiy zahiralarning ko’pchiligi tiklanmaydi va ular to’lig’icha tugash oldida turganligi hech kimga sir emas.
    Agar bu tabiiy zahirani ishlatish shu yo’sinda davom etsa, oradan 40 yil o’tar-o’tmas neft zahirasi to’lig’icha tugashi hisob-kitob qilingan. Ammo mavjud vaziyatni o’zgartirish yengil kechmaydi. Chunki hozirgi kunda mavjud texnologik jarayon dastgoh va mashinalarning 50 foizi neftni yokilg’i sifatida qo’llash hisobiga ishlaydi. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, insonning tabiatga ta’sir etishi natijasida jamiyat bilan tabiat o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi buzildi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat bilan tabiatning o’zaro munosabati barchaning e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etmoqda.
    Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o’zlari, ularning o’zaro munosabatlari hamda atrof-muhitning bir qismi sifatida ekologik muammoni yuzaga keltirdi. Bu muammo tabiiy muhit bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda yuz bergan salbiy o’zgarishlar tufayli paydo bo’ldi. Ijtimoiy muhitning holatiga ta’sir etuvchi ko’plab omillar mavjud. Ijtimoiy muhitning holatiga qarab, ularni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarga bo’lish mumkin. Me’yorida yaratilgan ijtimoiy muhit jamiyatning har bir a’zosiga ijobiy ta’sir etadigan, uning xavfsizligini ta’minlaydigan va har bir shaxsni barkamolligiga ko’maklashadigan barqaror ma’naviy-ruhiy iqlimdir. Salbiy ta’sir etuvchi omillar kishilar kayfiyati va ruhiyatini yomonlashuvi va organizmning turli xil kasallanishining paydo bo’lishiga qulay muhit yaratadi. Salbiy ekologik omillar inson salomatligiga va uning tadrijiy rivojlanishiga aks ta’sir etadi. Ijtimoiy muhitning yomonlashuvi ijtimoiy o’zgarishlar, shuningdek hamma narsada tabiat ustidan hukmronlik qilish maqsadiga qaratilganligi, insonning o’zini ikkinchi o’ringa tushurib qo’ydi. Oqibatda inson faoliyati jilovdan chiqdi va umumbashariy faloqatni keltirib chiqardi. Bu ijtimoiy muhit mikrodarajada ham, makrodarajada ham ayniganligining oqibatidir. Inson sihat-salomatligi davlat mulkidir. Aholining salomatligi tabiiy hamda ijtimoiy muhitning holatiga bog’liq. Bugungi kunda yalpi yadro urushi xavfi nisbatan kamaygan bo’lsada, ekologik biogenetik buzilishlar havfi hamon taxlikali holatda saklanib qolmoqtsa. Keyingi yillarda «sovuq urushga asta-sekin chek qo’yish imkoniyati reallashib bormoqda, biroq atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi birinchi o’ringa chiqmoqda. Ikkinchi tomondan tabiatga antropogen, antrotexnogen, antropotogenetik, antropolitik va boshqa «sun’iy» ta’sir yo’nalishlarining kompleks xarakteri turli mintaqalardagi iqtisodiy-siyosiy, demografik-etnografik vaziyatlarning keskinlashuvi, inson-tabiat» munosabatlarini murakkablashtirib yubormoqda. Oqibatda aholi salomatligi yomonlashib, kasallanish hollari ko’payib bormoqda. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda aholi salomatligining 50 foizi turmush tarziga, qolgan foizi atrof-muhitga va odamning irsiyati hamda sog’liqni saqlash tizimiga bog’liqdir. Demak insonning o’zini o’rab turgan borliqqa ongli munosabati avvalo uning bilimi saviyasi hamda dunyoqarashiga bevosita bog’liq. Ana shu bois mintaqamizdagi ekologik holatni yaxshilash uchun davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda eng avvalo kishilarda yuksak darajada ekologik dunyoqarashni shakllantirish, har bir ishga ekologik yondashuvni, ekologik madaniyatni tarbiyalash, ilmiy jihatdan asoslangan ekologik ongni har bir fuqaroda kamol toptirish zarur. Ana shu maqsadda mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik siyosat ekologik dunyoqarash asosini shakllantirishga Ayni qaratilgan. paytda ekologik dunyoqarashning shakllantirishni, qonuniy asoslari huquqiy me’yori omillari ham muntazam takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» (50-modda). «Er, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» (100-modda) kabi moddalar aynan shaxsda ekologik dunyoqarashni huquqiy zaminlarini mustahkamlashga yo’naltirilganligi bilan Bun xarakterlanadi. dan tashqari 1992 yil 9 dekabrdagi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi, 1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», 1996 yil 26 dekabrda «O’zbekiston respublikasi atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi, 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonunlar shaxsda huquqiy ekologik bilimni boyitishi asosida ularda ekologik dunyoqarashni huquqiy asoslarini, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan yuridik me’yorlar majmuasidir. Demak shu yuridik me’yorlar jamiyatda bugun o’z aksini topmog’i lozim. Binobarin dunyodagi barcha tsivilizatsiyalashgan davlatlarda «ekologik munosabatlarning globallashuvi jarayoni xalqaro hamkorlikni ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Ekologik muammolarga barcha mamlakatlar o’zining ichki va tashqi siyosatining muhim muammolari yechimi tarzida qaramoqdalar


    Download 41.04 Kb.
      1   2




    Download 41.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillarning asosiy roli. Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri

    Download 41.04 Kb.