|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 32/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Opportunity (Imkoniyatlar)
|
Threat (Tahdidlar)
|
– BAA bilan hamkorlikda bir million dasturchi loyihasiga start berildi;
– Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha soʻngi 2 yil ichida 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar imzolandi;
– Axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun infratuzilmalarning tashkil etilmoqda;
– Ilmiy tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish hajmining ortib borishi;
– Raqamli dasturiy ta'minotlarni yaratish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
|
– Sun’iy intelektni rivojlantirishning milliy strategiyasi mavjud emas;
– Axborot texnologiyalari sohasidagi yosh bilimli mutaxassislarning chet el davlatlariga mobilizasiyasining ortishi;
– Xususiy sektorning SI texnologiyalarini joriy etishda ragʻbatlantirishning sust mexanizmlari;
– Mamlakatda ishchi kuchining arzonligi SI sohasini rivojlantirishda asosiy toʻsiqlardan biridir.
|
1-bosqich. 2021 - 2022 yillar – sun’iy intellektni rivojlantirishning fundamental asoslarini rivojlantirish va maqsadli tizimlashtirish.
Sun’iy intellektni rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqot va rivojlantirish faoliyatlarini tizimli tarzda tashkil etish, SI sohasida ta’lim tizimini samarali isloh etish hamda ilmiy tadqiqot va ta’limda xalqaro hamkorliklarni jadallashtirish. Shuningdek, ishlab chiqarishda raqamli iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlarning innovasion faolligini oshirish.
2-bosqich. 2023 - 2025 yillar – sun’iy intellekt sohasida kadrlar malakasi va intellektual salohiyatini halqaro raqobat maydonida sifat jihatidan oshirish va nufuzini koʻtarish.
Ustuvor yoʻnalishlarda yangi ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish markazlarini tashkil etish. Biznes – ilm-fan – davlat integrasiya tizimini mustahkamlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari muammolariga SI yordamida rasional echimlar toʻplamini taklif etish. Shuningdek, milliy iqtisodiyotda sun’iy intellekt asosidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan milliy ishlanmalar eksport ulushini oshirish. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan raqamli ishlab chiqarish mahsulotlaridan keng foydalanish hamda jahon bozorida raqobatbardosh milliy brendlarga ega boʻlish.
3-bosqich. 2026 - 2030 yillar – Oʻzbekistonda yuqori rivojlangan axborotlashgan jamiyatni shakllantirish.
Davlat boshqaruvining shaffof va samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillar asosida toʻliq kafolatlaydigan oʻziga xos boʻlgan axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, shakllangan ma’lumotlar toʻplamidan yuqori qiymatga ega boʻlgan mahsulotlarni yaratish, hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor tarmoqlarida Markaziy Osiyo davlatlarida etakchi va Osiyo davlatlari bilan raqobatlashadigan innovasion xabga aylantirish.
|
| |