|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 31/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Strategiyaning asosiy vazifasi – 2021 - 2022 yillarda Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasida belgilangan maqsadni amalga oshirishda inson resurslarini rasional safarbar etish va raqamli mahsulotlarni yaratish hamda qoʻllanilishini ragʻbatlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
3.2-jadval.
Oʻzbekiston Respublikasida SIni rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar (SWOT tahlil)
Strength (Kuchli jihatlar)
|
Weakness (Kuchsiz jihatlar)
|
– Aholining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish
va qoʻllashdagi ijobiy munosabatlar;
– Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan nufuzli horijiy universitet filiallari mavjud (Inha, Amiti, Turin...);
– Matematika, kimyo va biologiya fanlariga katta e'tibor qaratilmoqda;
– Mamlakatda matematika ilmiy tadqiqot maktablarida nazariy
va amaliy bilim hamda koʻnikmalar saqlanib qolgan;
– Yoshlarning matematika va boshqa aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi tanlovlarda jahon mamlakatlari ichida yuqori natijalarga erishmoqda;
– Aholining asosiy qatlamini yoshlar tashkil etadi;
– SI texnologiyalari iqtisodiyot tarmoqlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.
|
– SI sohasidagi startap loyihalarining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi sust:
– SI sohasidagi mahalliy
va horijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni kam;
– SI sohasidagi patentlar soni kam;
– SI sohasida ilmiy-texnik
va innovasion loyihalarni amalga oshirishda halqaro hamkorlik past darajada;
– SI sohasida yuqori malakali kadrlar tanqisligi yuqori;
– SI sohasida doktorantlar soni kam;
– SI sohasini rivojlantirish uchun ochiq manbaalarda statistik ma’lumotlar etarli emas;
– Ayrim hududlarda internet tarmogʻiga ulanish va uning tezligi bilan bogʻliq muammolar mavjud;
– Ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasi sust.
|
|
|
| |