|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 39/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Data-sentr asosiy xizmatlari.
• Stoykalar ijarasi
• Serverlar ijarasi
• Colocation (serverolarning fizik joylashuvi)
• VPS
Qoʻshimcha xizmatlari.
• Rezervli nusxalash (bekap)
• “Cloud” yechimlar
• Administratsiyalanuvchi server server
• Masofaviy ishchi stol
• Data-sentrlarda qoʻllaniladigan texnologiyalar
Ishonchli data sentrlarning asosiy texnik xarakteristikalari quyidagilar:
• Data-sentr joylashtirish uchun moʻljallangan maxsus binoning mavjudligi
• Kafolatlangan elekrtomanba va konditsionerlash tizimi.
• Sanoat ventilyatsiyasi tizimi.
• Oʻt oʻchirishning avtomatlashtirilgan tizimi.
• Qoʻriqlash va nazoratga ruxsatning mavjudligi.
• Dizelli generatorning mavjudligi.
• Server qurilmalariga personal, xamda mijozlar uchun 24/7 ruxsati.
7. GRID – texnologiya konsepsiyasi
GRID - computing (soʻzma-soʻz - reshetkali xisoblashlar) nomini olgan yangi internet-texnologiya, tadqiqotchilar fikricha Internetning rivojlanishidagi navbatdagi qadami deb xisoblaydilar.
GRID – texnologiya konsepsiyasi yirik masshtabli axborot-xisoblash loyixalarini amalga oshirish uchun dunyoning kompyuter resurslarini integratsiyalovchi global infrastrukrura konsepsiyasi deb qaralishi mumkin.
GRID - birgalikda umumiy resurslarni ishlatuvchi korxonalar va aloxida mutaxassislardan tashkil topgan, global taqsimlangan virtual tashkilotlar chegaralarida resurslarga va ular bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarga kollektiv boʻlinuvchi rejimda ularga ruxsatni (dostup) taxmin qiladi.
GRID ma’lumotga ishlov berish uchun universal infrastrukturadir. Bu nafaqat konkret amaliy masalalarni yechish imkonini beradi, balki u turli xizmatlar faoliyati (Grid Services)ni taqdim etuvchi servis xizmatdir. Masalan: zarur resurslarni qidirish, resurslar xolati xaqida axborotlarni yigʻish, ma’lumotlarni saqlash va yetkazib berish.
Qanday masalalar sinfi uchun GRID ning qoʻllanilishi yechimning yangi sifatini berishi mumkin?
• Katta xajmli ma’lumotlarga ommaviy ishlov berish
• Ma’lumotlarni koʻpparametrli taxlili
• Masofaviy superkompyuterlarda modellashtirish
• Katta ma’lumotlar toʻplamini realistik vizuallash
• Katta xajmlardagi xisoblashlar bilan murakkab biznes ilovalar
|
| |