|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 41/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Stol superkompyuteri. Foydalanuvchi oʻzining masalalarini masofaviy xisoblash qurilmalarida muvaffaqiyatli xisoblashi uchun va boshqa tipdagi resurslarga chiqishi uchun zarur boʻlgan xisoblash resurs xajmi bilan ishni boshlash (zapuskat) imkoniga ega boʻladi.
Intellektual instrumental kompleks. Koʻpgina amaliy soxalardagi amaliyot tajribalari shuni koʻrsatadiki, tezkor xisoblashning oʻzi yetarli emas, balki real vaqtda datchiklardan kelayotgan katta xajmdagi ma’lumotlarni yigʻish, kechayotgan xolatni taxlil qilishni ishlab chiqish, yechimlarni chiqarish va boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirish zarur.
Bularning barchasi boshqaruvni, turli koʻrinishdagi ma’lumotlarga ishlov berishni, jarayonlarni modellashtirish, real vaqtda vizuallashni tor integratsiyasini talab etadi. Bu turdagi xisoblash komplekslari intelektual instrumentlar deb nom olgan.
Tarmoqli superkompyuter. Metakompyuting gʻoyasi bunday yondashuvda mantiqiy yakunlanishigacha olib boriladi, aynan: turli quvvatdagi aloxida hisoblash qurilmalarini tarmoq yordamida shaffof choksiz (besshovnogo) birlashtirish yoʻli bilan barcha mavjud xisoblash resurslarini masshtablashtirishdir. Bunday konstruksiyaning tashkil etuvchi elementlari superkompyuter, server, ishchi stansiya va xattoki shaxsiy kompyuterlar xam boʻlishi mumkin. Bu shaklning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, agregatsiyalangan arxitekturaning yigʻilgan resurslari bitta masala doirasida qoʻllanilishi mumkin.
“Cloud” xisoblashlar deganda odatda foydalanuvchiga kompyuter resurslarini va quvvatlarini internet-servis koʻrinishida taqdim etilishi tushuniladi.
Foydalanuvchilarga xizmatlarga, xisoblash resurslariga va ilovalariga (operatsion tizimlar va infrastrukturani kiritgan xolda) internet orqali masofaviy dinamik ruxsatni taqdim etishdan iborat.
Sloud xisoblashlar konsepsiyasining moxiyati
Foydalanuvchilarga xizmatlarga, xisoblash resurslariga va ilovalariga (operatsion tizimlar va infrastrukturani kiritgan xolda) internet orqali masofaviy dinamik ruxsatni taqdim etishdan iborat.
Qachon Sloud texnologiyalarini qoʻllash mantiqqa toʻgʻri keladi?
• Qachonki foydalanuvchi tomonidan generatsiyalanuvchi kontent ilovaning bir qismi boʻlsa. Agar ilova faylni qabul qilsa yoki generatsiyalangan kontent fayl tizimida saqlanadigan boʻlsa, ertami –kechmi ma’lumotlarni Sloud da saqlash toʻgʻrisida oʻylash kerak boʻladi.
• Qachonki ilovaga bitta server torlik qilsa. Yangi serverlarda fayl tizimlari aktivlari replikatsiyalash zaruratisiz cheklanmagan miqdordagi ilovalar serverlari xizmatlarini gorizontal masshtablashtirish mumkin. Aktivlar markazlashgan saqlanganligi uchun ilovalar ishlaydigan serverlar sonidan qat’iy nazar, ularga ruxsat istalgan joydan amalga oshirilishi mumkin.
• Qachonki masshtablashtiririlgan fayl tizimini ishlab chiqishga qaratilganda, dasturni ishlab chiqish biznes uchun kritik boʻlsa. Agar mablagʻ yoki vaqt kamligi va ilovalvrni oʻsishi koʻra olinsa, u xolda Sloud omborxonalari yutkazishsiz variant boʻladi. U ilovalarni tezkor ochish va zarurat tugʻilganda uni mashtablashtirish imkonini beradi.
Cloud xisoblashlarning afzalligi
• Buzulishlarga bardoshligi
• Xavfsizlik
• Ma’lumotlarga ishlov berish tezligining balandligi, apparat va dasturiy ta’minotga xizmat koʻrsatish va elektroenergiya xarajatlarining kamayishi
• disk boʻshligʻini (ma’lumotlar va dasturlar internetda saqlanadi)
• iqtisodi
Cloud xisoblashlarning kamchiligi
• Sloud somputing xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalardan foydalanuvchilar ma’lumotlarining saqlanishiga bogʻliqligi.
• yangi (“Cloud”) monopolistlarning paydo boʻlishi
Umumiy fikrlar. Metakompyuterli yoʻnalish doirasida rivojlanayotgan texnologiyalarning umumiy axamiyatini asoslovchi umumiy fikr shundan iboratki, zamonaviy OT koʻproq darajada tarmoqga bogʻlangan boʻlib qolmoqda. Foydalanuvchilarni umumiy axborotga va DTga toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsatli jamoaviy va mobil shaklda ishlashga yoʻnaltirilgan. Bu xarakatlarning umumiy yoʻnaltirilganligini aniqlaydi.
Ma’lumki, taqsimlangan hisoblash infrastrukturaning tarkibi har xil turdagi resurslarni birlashtirilishi negizida tashkil etilgan virtual tashkilot shaklida boʻlib, uning resurslaridan ushbu tashkilot a’zolari (tashkilot va mutaxassislar) foydalanishlari mumkin. Grid texnologiyalari negizidagi taqsimlangan tizim arxitekturasi-ning asosiy vazifasi – ishlatilmayotgan hisoblash, xotira va boshqa tarmoq resurslaridan unumli foydalanishni ta’minlash. Grid gʻoyasiga asoslangan taqsimlangan tizimida servisga yoʻnalti-rilgan arxitektura (SYA) usullari negizida yaratilgan Web-servislarning qoʻllanilishi har xil muhitdagi resurslarni birlashtirishda ishtirok etadigan dasturlarning oʻzaro ma’lumot almashuv jarayonlarini sodda va tez amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Grid tizimi oraliq muhit dasturiy ta’minotiga tayanib ish yuritadi, ya’ni nazoratni amalga oshirgan holda resurslarga kirishni ta’minlaydigan dasturiy komponenta va protokollarga asoslanadi. Dastlab Grid tizimlari maxsus ishlab chiqilgan dasturiy komponen-talar yoki yopiq texnologiyalar asosida ishga tushirilgan.
Web-servis texnologiyalari asosida maxsus andozalar ishlab chiqili-shining jadal sur’atlarda rivojlanishi birinchi bosqichdagi Grid tizimlaridan andozalashtirilgan servisga yoʻnaltirilgan Grid tizimlariga oʻtish jarayonlarini amalga oshirish mumkin boʻldi. Grid-servis bu Grid-protokollari asosidagi xizmat. U WSDL tili yordamida tavsiflanadi.
Grid-xizmatining har bir interfeysi ma’lum bir operatsiyalar (amallar) toʻplamini aniqlab beradi. Bu jarayon tegishli ma’lumotlar ketma-ketligini kerakli manzilga uzatish yoʻli bilan bajariladi. Grid xizmati qaysi dasturlash tili negizida yaratilishi, qanday mexanizm va instrumental vositalar yordamida va qanday operatsion muhitda ishlatilishi yoritilmaydi. Bu bilan Grid-xizmati modellarini apparat — dastur ta’minotlariga bogʻliq emasligi ta’minlanadi.
Grid servisning kommunikatsiya vositalari sifatida hujjatlarga yoʻ-naltirilgan ma’lumot uzatish vositalarini ishlatish koʻzda tutilgan. Ma’-lumotlarni uzatishda kirish va chiqish ob’ektlarini XML hujjatlari tashkil etadi. Bunda servislar virtuallashtirish jarayonlarini va Grid tizimining boshqa funksional imkoniyatlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.Grid tizimining resurslarini boshqarish va Grid muhitida foyda-lanuvchi topshiriqlari (masalalari) bajarilishini ishga tushirish jarayonlari yagona boshqaruv tizimi tomonidan bajariladi.
Foydalanuvchi dasturiy ta’minoti Grid tizimi resurslari toʻgʻrisida ma’lumot olish maqsadida roʻyxatga olish servisiga murojaat qiladi va mavjud resurslar toʻgʻrisida ma’lumot oladi, ya’ni resursga kirish mumkinmi yoki yoʻq, resursni yuklanganlik darajasi juda kattami (resursga talab koʻpmi) yoki yoʻq va x.k.
Foydalanuvchiga resurslar ma’qul boʻlsa, boshqaruv tizimiga sabab beradi va u ishga tushirish xizmatiga foydalanuvchi masalasini ishga tushirish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Soʻrovlarni ishga tushirish xizmati navbatdagi soʻrovni topshiriqlar-ni taqsimlash xizmatiga uzatadi (koʻp hollarda ushbu xizmat “rejalashtirish” xizmati deb yuritiladi).
Topshiriqlarni taqsimlash xizmati resurs taqdim etadigan xizmat bilan bogʻlanadi va undan masalani bajarishga kerak boʻladigan resurslar qanday holatda ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soʻraydi.
Soʻng topshiriqlarni taqsimlash xizmati Grid tizimidagi topshiriqni bajarishga kerak boʻladigan hamma resurslar toʻgʻrisida ma’lumot soʻraydi va ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanib, virtuallashtirilgan resursga kirish mumkinligiga ishonch hosil qiladi.
Agar masalani yechish uchun kerak boʻladigan resurslardan foydalanish imkoni mavjud boʻlsa, rejalashtirish xizmati eng yaxshi resurslar toʻpla-mini tanlaydi va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotni topshiriq bajarilishini boshlash soʻrovi bilan resurs taqdim etuvchi servisiga uzatadi. U “Ha” javobini berib, resurslarni ishga tushirish xizmatiga murojaat qiladi va soʻrovni bajarilishi boshlanadi. Aks holda rejalashtirish xizmati topshiriqni navbatga qoʻyadi va kerakli resurslarga chiqish imkoni yaratilganida uni bajaradi. Topshiriq bajarilishi tugaganida taqdim etuvchi servisi ushbu ma’lumotni ishga tushirish xizmati (servisi) ga yetkazadi. U, oʻz navbatida, bu ma’lumotni rejalashtirish xizmatiga uzatadi.
Soʻrovni ishga tushirish xizmati (servisi) foydalanuvchiga topshirigʻining bajarilishi tugaganligini ma’lum qiladi. Sxemada keltirilgan vositalar faoliyatining asosiy natijasi – bu Grid muhiti doirasidagi resurslardan foydalanish jarayonlarini yuqori saviyada avtomatlashtirish va optimallashtirish hisoblanadi. Grid tizimining hamma imkoniyatlari, uning protokollari negizida tuzilgan dasturiy ta’minot asosida amalga oshiriladi. Uning dasturiy ta’minotini asosan besh darajaga boʻlish mumkin:
resurslarni adaptatsiya qilish; aloqa oʻrnatish; resurslarga kirish; servislarni kooperatsiyalash; foydalanuvchilarni va resurslarni kooperatsiyalash. Bunday yondoshuv Grid tizimining ishonchlilik darajasini bir necha pogʻona koʻtarilishigan olib keladi.
|
| |