Virtual reallik (Virtual Real) va uning oʻziga xos xususiyatlari




Download 0,53 Mb.
bet42/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

8. Virtual reallik (Virtual Real) va uning oʻziga xos xususiyatlari
Virtual reallik — bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti boʻlib, u atrof-muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish — boshqa texnik vositalar yordamida erishib boʻlmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
“Virtuallik” atamasi lotincha «virtualis» soʻzidan olingan boʻlib, “muayyan bir sharoitlarda sodir boʻladigan yoki roʻy berishi mumkin boʻlgan”, yoki mavjud boʻlmagan, lekin amalga oshish ehtimoli mavjud boʻlgan jarayon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu atama inson faoliyatining juda koʻp sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta’lim tizimiga olib kirishga yetarlicha asoslar mavjud. Turli fanlarga oid tushunchalarni izohlashda bunga koʻplab misollar keltirish mumkin. Jumladan, fizika fanida faqat boshqa zarrachalarning oʻzaro ta’sirlashish holatidagina mavjud boʻla oladigan zarrachalar virtual zarrachalar (virtual foton, bozon va boshqalar) deb yuritiladi. Virtual zarrachalar tufayligina real elementar zarrachalarning oʻzaro ta’sirlashuvi yuzaga keladi va bunda virtual zarrachalarning oʻzaro almashinuvi sodir boʻladi. Virtuallik tushunchasi meteorologiya sohasida ham qoʻllaniladi. Ushbu sohada muayyan namlikka ega boʻlgan havo haroratining xuddi shu bosimga mos koʻrsatkichlaridagi quruq havo koʻrsatkichi virtual harorat deb yuritiladi.
Psixologiyada “virtual obraz”, “virtual ob’ekt” atamalari ishlatiladi. Masalan, inson faoliyatining mashina bilan birlikda qaralishi virtual ob’ekt sifatida qabul qilinadi. Zero, bu virtual ob’ektning bevosita bajaradigan ishi na inson va na mashinaning funksiyasiga xos emas, bu ob’ektga xos xususiyat faqatgina inson bilan mashina birgalikda olinganida yuzaga keladi. Psixologik jihatdan virtual borliqning quyidagi oʻziga xos xususiyatlari ajratib koʻrsatiladi: hosil qilinganlik, dolzarblik, avtonomlik, interaktivlik. Psixologik virtual borliq inson psixikasining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Virtual borliq uni yuzaga keltiruvchi ob’ekt faol boʻlgan holatdagina mavjud boʻla oladi.

3.12-rasm. Virtual reallik.
Kompyuterning tasavvur qilinadigan xotirasi — virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hech bir alohida olingan xotira tashuvchisiga muvofiq kelmaydi, ya’ni, virtual xotira kompyuter elementlarining oʻzaro funksional ta’sirlashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga keltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi axborotlardan foydalana olish imkoniyatiga ega boʻladi. Amaldagi zamonaviy kompyuterlarning barchasi maxsus java virtual mashinasi bilan jihozlangan.
Ta’limda kinolavhalar hamda turli illyustratsiyalarga asoslangan virtual reallik elementlari ilgaridan qoʻllanilib kelingan. Kompyuter texnikasi harakat va tovush bilan bogʻliq axborotlarni yagona majmuaga biriktira olganligi, bilim oluvchilarga kuzatilayotgan jarayonlarga faol ta’sir koʻrsatish (muloqot qilish) imkoniyatlarini yaratishi bilan virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini yaratishda sifat burilishini yasadi.
Bugungi kunda virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini quyidagicha tasniflash mumkin:
• birinchi daraja — maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qoʻlqop va boshqalar) vositasida toʻla virtuallika erishish;
• ikkinchi daraja — uch oʻlchamli (yoki stereoskopik) monitorlar yoki proektor va maxsus koʻzoynak yordamida hajmli tasvir hosil qilish;
• uchinchi daraja — kompyuterning standart monitori yoki proeksiya vositasi asosida virtual reallikni namoyish qilish.
Oʻz navbatida, modellashtiruvchi pedagogik dasturiy vositalarni yaratish muammosi funksional nazariyalarni qoʻllash va yanada takomillashtirish bilan bogʻliq quyidagi yoʻnalishlarga ajratiladi:
1) Virtual reallikni loyihalash falsafasi. Modellashtirish asosida beriladigan axborotlarni qabul qilish va uning reallik bilan mosligiga bilim oluvchini ishontira olish muammolari.
2) Matematik modellashtirish. Ta’limiy maqsadlarda modellashtirishda matematik modellar xususiyatlarini tadqiq qilish muammolari.
3) Axborotlarni aks ettirish nazariyasi. Real sharoitlarda ishlayotganlik taassurotini hosil qiluvchi grafik mashinalarni boshqarish vositalaridan foydalanib, real tasvirlarni qurishga qaratilgan vizuallashtirish metodlarini qoʻllash va takomillashtirish muammolari.
4) Kompyuter muhitini his qilish psixologiyasi. Axborotlarning asosiy qismini televizor va kompyuter monitori orqali olishga koʻnikib qolgan zamonaviy yoshlar fikrlashidagi oʻziga xoslikni e’tiborga olish muammolari.
5) Virtual reallik ekologiyasi. Virtual reallik bilan oʻzaro ta’sirlashuvning individual traektoriyasini tanlash muammolari.
6) Didaktikaning asosiy tamoyillari. Modellashtiruvchi dasturiy vositalarni ishlab chiqishda ta’lim amaliyoti tajribalari asosida shakllangan, oʻzida oʻquv jarayoni qonuniyatlarini aks ettiruvchi didaktik tamoyillar asos sifatida qabul qilinishi lozim. Real va modellashtiriluvchi shakllarda beriladigan bilimlarning oʻzaro maqbul nisbatini belgilashning didaktik va metodik muammolari ham alohida tadqiqot yoʻnalishi hisoblanadi.
Kompyuter bilan muloqot chogʻida yuzaga keladiga hissiyotlar (masalan, virtual shlemlar yordamida) insonning mavjud real borliq bilan muloqoti jarayonidagi tuygʻulariga juda yaqin boʻlib, ba’zan ushbu hissiyotlar taqqoslanganda birinchisining usutunligi yaqqol sezilish hollari ham mavjud. Kompyuter oʻyinlari texnologiyasidagi ongga chuqur kirib borishdagi maxsus ta’sir effektlaridan ta’lim jarayonida ham samarali foydalanish mumkin. Ushbu ma’noda, inson ongi turli vazifa, obraz hamda tasavvurlarni dastlab xayoliy amallar asosida talqin qilishi e’tiborga olinsa, uning oʻzi qaysidir ma’noda virtuallik tabiatiga ega ekanligi anglanadi.
Bugungi kunda “virtual borliq” tushunchasining kompyuterli modellashtirishga nisbatan qoʻllanilishi eng ommalashgan koʻrinishga ega. Bu sharoitda inson virtual amaliyotni yuzaga chiqarishda sun’iy uch oʻlchamli yoki sensor muhiti bilan oʻzaro ta’sirlashadi. Buning uchun u muloqot uskunalari sifatida virtual shlem, maxsus qoʻlqop yoki yaxlit kiyiladigan kostyumdan foydalanadi. Mazkur jihozlar yordamida inson mashina tomonidan generatsiyalanuvchi muhitga tushib, unda turli yoʻnalishlarda harakatlanish, ob’ektlarni boshqarish kabi muayyan harakatlarni bajaradi hamda virtual voqealar ta’sirida har xil hissiyotlarni boshidan oʻtkazadi.
Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotexnologiya, loyihalash ishlari, marketing, san’atshunoslik, ergonomika, koʻngilochar industriya singari koʻplab sohalariga bevosita aloqadordir. Virtual borliq yaratish texnologiyasidan real va virtual jarayonlarni modellashtirishga katta ehtiyoj mavjud boʻlgan kompyuter oʻyinlari, kosmik trenajyorlar, koʻrgazma-savdo namoyishlarida samarali foydalanilmoqda.
Yuqorida sanab oʻtilgan misollar “virtual ta’lim” tushunchasiga oydinlik kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Virtual jarayonlarning bosh sababchisi — real mavjud ob’ektlarning oʻzaro hamjihatlikdagi harakati hisoblanadi. Oʻqituvchi bilan oʻquvchining ta’lim jarayonidagi oʻzaro hamjihatlikka asoslangan faoliyati virtual holatni yuzaga keltiradi. Real sub’ekt (oʻqituvchi-oʻquvchi)larning virtual holatdagi ichki oʻzgarishlari ta’lim jarayoni va sifati bilan tasiflanadi.
Virtual jarayonlarning asosiy belgilariga: oʻzaro hamjihatlikdagi sub’ektlar uchun virtual jarayonlar mavhumlik darajasining kuchliligi; har bir ishtirokchi uchun hamjihatlikning oʻziga xosligi; faqat hamjihatlik jarayonidagina mavjudlikning amal qilinishi kabilarni kiritish mumkin.
Virtual jarayon muhim virtual ob’ektlarning oʻziga xos hamjihatligi ta’sirida muayyan virtual makondagina roʻy beradi.
Keng ma’nodagi virtual ta’lim deganda, uning asosiy sub’ektlari oʻqituvchi-oʻquvchi orasidagi bevosita ta’lim olish va berish paytidagi oʻzaro hamjihatligiga qurilgan jarayon va uning natijalari tushuniladi. Virtual ta’lim makonini ta’limning asosiy ob’ektlari bilan uning sub’ektlari sanaladigan oʻquvchi-oʻqituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ta’limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, oʻquv qoʻllanmalari yoki oʻqitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta’lim jarayonida ishtirok etadigan ob’ekt va sub’ektlarning hamjihatligi orqaligina vujudga keltiriladi. Ta’kidlash joizki, dasturlarda ba’zi oʻrinlarda oʻquv materiallarini oʻquvchilarning real oʻzlashtirish darajasi, ta’lim sub’ektlarining oʻzaro munosabatlari yetarli darajada inobatga olinmasdan, taqdim etilish hollari kuzatiladi.

Download 0,53 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Virtual reallik (Virtual Real) va uning oʻziga xos xususiyatlari

Download 0,53 Mb.