|
Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya
|
bet | 40/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)GRIDning qoʻllanilishi
GRID- texnologiyalari davlat boshqaruvi tashkilotlarida, mudofa, kommunal toʻlovlar soxasida, xamda xususiy kompaniyalarda, masalan moliya va energetikada faol qoʻllanmoqda. GRIDning qoʻllanilish soxasi xozirda yadroviy fizika, atrof-muxit muxofazasi, ob-xavoni oldindan aytib berish va klimat oʻzgarishlarini modellashtirish, biologik modellashtirish, farmasevtikani qamrab oladi.
“Metakompyuting” termini 20 asr 90-yillar boshida yuqori tezlikdagi tarmoq infrastrukturasi rivojlanishi bilan birga paydo boʻldi va tashkilot lokal tarmogʻida bitta masalani yechish uchun bir qancha turli xisoblash resurslarni birlashtirishga qaratilgan edi.
U vaqtlarda metakompyuterlarni qurishning asosiy maqsadi turli quvvatli va turli arxitekturali xisoblash tizimlari boʻyicha ishlar qismlarini optimal taqsimlashdan iborat boʻlgan.
Keyinchalik metakompyuting texnologiyalari soxasidagi tadqiqotlar lokal yoki global tarmoqda koʻp sonli (bir necha minggacha) kompyuterlarning xisoblash resurslariga bir xil ruxsat berish tomoniga rivojlantirilgan. Meta-kompyuter komponentlari oddiy shaxsiy kompyuterlar boʻlganidek quvvtli massivli-parallel tizimlari xam boʻlishi mumkin.
Qaysi masalalar meta – kompyuterlarda yechish uchun toʻgʻri keladi?
Metakompyuterlarda xisoblash tugunlari deyarli bir-biri bilan oʻzaro ta’sir etmaydigan va ishning asosiy qismini avtonom rejimda amalga oshiradigan koʻrib chiqish (perebornыy tip) va qidiruv tipidagi masalalarini yechish uchun toʻgʻri keladi.
Bu xolda ishning asosiy sxemasi taxminan quyidagicha: xisoblash tugunida (foydalanuvchi kompyuteri) joylashgan maxsus agent bu kompyuterning ishlamay turganlik faktini aniqlaydi, meta-kompyuterning boshqaruv tuguni bilan bogʻlanadi va undan navbatdagi ishlar xajmini oladi. Berilgan ishlar xajmi bajarilishi boʻyicha xisob tugagach, xisoblash tuguni faktik bajarilgan ishlar toʻgʻrisida xisobotni qaytaradi yoki qidiruv maqsadiga erishilganligi xaqida signal yuboradi.
Metakompyuter tushunchasi – ma’lumotlarni uzatishni yuqoritezlikdagi tarmoqlar bilan birlashtirilgan, geografik taqsimlangan resurslardan dinamik tashkillashtirilgan virtual kompyuter deb atash mumkin. Aloxida qurilmalari metakompyuterning tashkil etuvchi qismlari boʻlib, bir vaqtning oʻzida foydalanuvchilarga ulanish nuqtasi boʻlib xizmat qiladi.
Metakompyuterli yondashuv va bugungi, masofadan ruxsat beruvchi, dasturiy vositalar orasida qanday farq bor?
Metakompyuterda ruxsat (dostup) shaffofdir, ya’ni foydalanuchi bitta, ammo uning stolida turgan quvvatliroq mashinadan foydalanayotganligi tasavvurga ega boʻladi va uning shaxsiy kompyuterida qabul qilingan modeli chegarasida unda ishlashi mumkin.
Metakompyuter shakllari.
|
| |