• Infostrucher as a Servise (IaaS)
  • Platform as a Servise (PaaS)
  • Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya




    Download 0,53 Mb.
    bet36/48
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #230247
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)

    5.  Cloud (bulutli) hisoblashlar tushunchasi. Bulutli hisoblash modellari.
    “Cloud” xisoblashlar deganda odatda foydalanuvchiga kompyuter resurslarini va quvvatlarini internet-servis koʻrinishida taqdim etilishi tushuniladi.
    Sloud xisoblashlar konsepsiyasining mohiyati foydalanuvchilar xizmatlariga, xisoblash resurslariga va ilovalariga (operatsion tizimlar va infrastrukturani kiritgan xolda) internet orqali masofaviy dinamik ruxsatni taqdim etishdan iborat.
    Bulutli hisoblash (Cloud computing) axborotlarni qayta ishlash modellini oʻzida taqdim etadi, ya’ni masalalarni yechish jarayonida apparat va dastur resurslarini onlayn – xizmat sifatida foydalanuvchiga taqdim etadi. Bulutli hisoblash texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalligi axborotlarga kirishni ta’minlaydigan yashirin murakkab infrastrukturaga egaligi va uni oxirgi foydalanuvchi tomonidan qayta ishlash vositasi hisoblanishida. Bu foydalanuvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalarining nozik farqlari toʻgʻrisida oʻylamasdan oʻzlarining majburyatlarini bajarish imkoniyatini beradi.
    Bulut resurslarini tashkilot xodimlarining ishlarini tashkil qilinishiga oʻxshash koʻrinishda tinglovchilarning oʻqish jarayonini ratsional tashkil qilish imkoniga ega boʻlish maqsadida ta’limda samarali foydalanish mumkin. Ta’limda bulut texnologiyasidan foydalanishga misol sifatida talabalar, professor-oʻqituvchilar va boshqalar uchun shaxsiy kabinetlar, elektron kundalik va jurnallarni koʻrsatish mumkin. Bulutli texnologiya axborot texnologiyalarining barcha afzalliklaridan foydalanib turli xil ijtimoiy dasturiy ta’minotlarga kirishni tashkil qilish imkonini beradi, ular mobil oʻqishni tashkil qilish uchun platforma sifatida xizmat qilishi mumkin. Shu bois bulutli texnologiyadan foydalanish oʻqish jarayoniga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, oʻquv materiallarini shakllantirish, unga kirishni ta’minlash, oʻquv rejalarini tezkor oʻzgartirish hisobiga oʻqish sifatini oshirish imkonini beradi. Bulutli hisoblash texnologiyasidan foydalanilganda quydagi afzalliklarga ega boʻladi:
    - zahira nusxa koʻchirish ( ma’lumotlar bulutda saqlab qolinadi, xato agar kompyuter ishdan chiqqan taqdirda ham);
    - saqlash (bulut barcha turdagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyatini foydalanuvchiga taqdim etadi);
    - kirish huquqi (bulutdagi ma’lumotlarga kirish, mobil vositasidan kirish);
    - hamkorlik (bulut bir vaqtning oʻzida bir nechta foydalanuvchilarning birgalikda ishlash imkoniyatini yaratadi, bu funksiya yordami bilan guruh boʻlib loyihalarni yaratish, mashgʻulotlarda professor – oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida hamkorlikda ishlashini optimal rejalashtirish imkoniga ega boʻladi);
    - Vaqtlar va resurslarga ongli munosabatni shakllanishi (professor – oʻqituvchilarga oʻquv materiallardan nusxa olishga vaqt va resurslar sarflashga zaruriyat boʻlmaydi, talabalar esa oʻquv materiallarga onlayn kirish huquqiga ega boʻladilar);
    - Topshiriqlar (talabalar bulutda oʻzining topshiriqlarini saqlashi, professor – oʻqituvchilar esa oʻziga maqul boʻlgan vaqtda ularga kirish huquqiga ega boʻladilar).
    Bulutli hisoblash quyidagi model koʻrinishlarida joriy qilinishi mumkin:
    Infostrucher as a Servise (IaaS) – talab boʻyicha infostruktura koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
    Software-as-a-Service (SaaS) – dasturiy ta’minotga kirish huquqini taqdim etadi, ya’ni olisda joylashgan serverlarni shaxsiy provayderlar orqali sozlash va boshqarish imkonini beradi.
    Platform as a Servise (PaaS) – platforma asosida qurilgan ma’lumotlarni qayta ishlash fizik vositalar toʻplami (serverlar, qattiq disk va boshqalar). Ta’lim berish jarayonida samarordorlikni oshirishda bulut texnologiyasining SaaS modeli ham istiqboli hisoblanadi.

    3.6-rasm. Bulutli servislarning modellari.
    Bulutli xizmatlarni tashkillashtirish uchun bugungi kunda koʻplab internet tizimlari mavjud. Ushbu tizimlarning eng koʻp qoʻllaniladiganlari quyidagilardan iborat:
    - Box.net; 
    - Dropbox.com;
    - Diigo.com; 
    - Smartsheet.com; 
    - Microsoft Office 365.
    Ushbu va boshqa bulutli tizimlar imkoniyatlarining qiyosiy tahlili quyidagi jadvalda keltirilgan.
    3.3-jadval.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya

    Download 0,53 Mb.