|
Raqamli iqtisod va sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha xorij tajribasi
|
bet | 34/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)Raqamli iqtisod va sun’iy intellektni rivojlantirish boʻyicha xorij tajribasi.
Sun’iy intellektni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining oʻrni yildan-yilga ortib bormoqda. 2019 yil yakuni boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasi dastlabki 10 talik oʻrindan joy olgan oʻzining oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan dunyo mamlakatlari ichida etakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlardagi etakchilikni Koreya, AQSh, Yaponiya va Evropa davlatlari qoʻlga kiritmoqda.
Jahon Intellektual Mulk Tashkiloti tomonidan SI sohasidagi texnologiyalarning rivojlanishi boʻyicha ilk bor 2019 yilda ilmiy tahliliy ma’lumotlar nashr etildi. Unga koʻra SIni rivojlantirish uch toifaga boʻlgan xolda tahlil etiladi:
birinchi toifa, SI instrumentlari boʻyicha ya'ni mashinaviy oʻrganish (Machine learning), mantiqiy dasturlash (Logic programming) va boshqalar. SI sohasida olingan patentlarning uchdan bir qismi (134 777 ta) SIning mashinaviy oʻrganish texnikasiga toʻgʻri keladi. Mashinaviy oʻrganishning 2013 yildan buyon yillik oʻrtacha oʻsish surati 28 foizni tashkil etib 2016 yilda 9 567 tadan 2015 taga etdi. SIning inqilobiy rivojlanishida mashinaviy oʻrganish texnikasi tarkibida chuqur oʻrganish (Deep learning) va neyrotarmoq (Neural network) shiddat bilan rivojlanmoqda. Chuqur oʻrganish boʻyicha patentlar sonining oʻsish surati 2016 yilda 2 366 taga etib 2013 yilga nisbatan 175 foizni tashkil etadi. Neyrotarmoq ayni shu davrda yillik oʻsish surati 46 foizni tashkil etadi va 2016 yilda jami patentlar soni 6 506 taga etdi;
ikkinchi toifa, SIning funksional qoʻllanilishi boʻlib oʻz tarkibiga robototexnika (robotics), tabiiy tilni qayta ishlash (Natural language processing), bashoratli tahlil (Predictive analytics), kompyuter yodamida koʻrish (Computer vision) qamrab oladi. SIning funksional qoʻllanilishida 2013-2016 yillar oraligʻida yillik 55 foiz oʻsish surati bilan robototexnika va boshqaruv-nazorat funksional qoʻllanilishi toʻgʻri kelmoqda. 2016 yilda 21 011 ta patentga berilgan
buyurtmalar hisobi bilan 24 foiz yillik oʻsish surati koʻrsatkichi bilan kompyuter yodamida koʻrish funksional qoʻllanilishi oʻrin olgan. Kompyuter yodamida koʻrish funksional qoʻllanilishi SI sohasidagi barcha tegishli patentlarning 49 foizni tashkil etadi;
uchinchi toifa, SIning iqtisodiyot tarmoqlarida qoʻllanilishi boʻlib, unda jami patentlar sonining 15 foizni tashkil etgan telekommunikasiya sohasi etakchilik qilmoqda. Shuningdek, 12 foizni tibbiyot va tabiiy fanlar sohalaridagi tarmoqlarga toʻgʻri keladi. Ketma-ketlik bank tizimi, sanoat, qishloq hoʻjaligi va shaharsozlik sohalari bilan yakunlanadi.
Bugungi kunda Xitoy va Amerika Qoʻshma Shtatlari SI sohasidagi ilmiy tadqiqot va ta’lim sohalarida etakchilik qilmoqda. Bu davlatlarda dunyoning mashhur oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot dargohlari joylashishi bilan bir qatorda davlatlar innovasion faoliyatni qoʻllab-quvvatlovchi mexanizmlarni ham toʻliq tartibga solgan va katta hajmdagi moliyaviy koʻmak koʻrsatib kelmoqda. Natijada dunyo mamlakatlaridan koʻplab bilimli mutaxassislarni oʻziga keng jalb etmoqda.
Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik faoliyatlarini moliyalashtirish 2016 yilda YaIMning – 0,18 foizini, 2017 yilda – 0,16 foizini va 2018 yilda – 0,13 foiz tashkil etgan. Xususiy sektorning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini moliyalashtirishdagi ulushi barcha sarf etilgan harajatlarning 2017 yil – 38,3 foizini va 2018 yilda esa 40,4 foizini tashkil etgan.
Irlandiyaning Accenture kompaniyasi tomonidan olib borilgan tahlillar G20 roʻyxatdagi davlatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Koreya Respublikasi kabi) 2035 yilga qadar sun’iy intellektning oʻsish sur'ati 2 marotabaga ortishi ta'kidlanmoqda. Bu albatta, ushbu davlatlar uchun sun’iy intellekt iqtisodiy rivojlanish va davlat boshqaruvini takomillashtirishdagi asosiy vositalaridan biri ekanligini e'tirof etadi.
2017 yil Oksford Insayt tomonidan “Davlatlarning sun’iy intellektni qoʻllashda tayyorlik indeksi” (Government Artificial Intelligence readiness Index) boʻyicha dunyoda ilk bor davlatlarning reytingi e'lon qilindi.
Bu koʻrsatkich 2017 yildan boshlab mamlakatlarning SIni joriy etishdagi oʻrni va undan foydalanish imkoniyatlarini baholaydi.
Ushbu indeks 4 ta turkum klasterlar va ularning tarkibidagi 11 ta oʻlchov me'zonlaridan iborat.
2019 yilda Oʻzbekiston sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etishga tayyorligi boʻyicha 190 mamlakatdan 158-oʻrinni egallagan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston - 182 oʻrin, Tojikiston – 98, Qirgʻiziston – 97 oʻrinda va Qozigʻiston – 65-oʻrindan joy olgan.
|
| |