Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya




Download 0,53 Mb.
bet35/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

4. Buyumlar interneti (Internet of Things) va Aqlli dunyo konsepsiyasi.
Insoniyat oʻz tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan.
Birinchisi - yozuvning kashf etilishi boʻlgan boʻlsa, ikkinchisi - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet boʻlgan.
Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqoʻngʻiroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham oʻz funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yoʻq. Qizigʻi shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat insonlar, balki, buyumlar ham «uddalaydigan» zamonga qadam qoʻymoqda.
Aslida internetdan foydalanadigan buyumlar zamonasi ham allaqachon boshlangan. Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» (Internet of Thingsdeb nomlanish olgan boʻlib, axborot texnologiyalari evolyusiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi.

3.4-rasm. Internet of Things komponentlari.
 
Buyumlar interneti (Internet of Things) konsepsiyasi.
“Buyumlar internet” konsepsiyasi hamda, termining oʻzi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan oʻrtaga tashlangan edi. Unga koʻra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy roʻzgʻor buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan texnik vositalar, masalan, koʻcha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil toʻxtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qoʻllaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha boʻlgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish koʻzda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi inson ishtirokini istisno qilishi, ya’ni, buyumlar inson ishtirokisiz ham internet orqali oʻzaro “muloqot” qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.
Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana oʻsha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri boʻlgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham “buyumlarniki” boʻlib qoldi. Chunki, oʻsha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan insonlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari oʻsishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon boʻylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham oʻzib ketgani iddao qilinmoqda.
Insonzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon boʻlgani bu - erinchoqlikdir. oʻsha Romki ham tosterni oʻrnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan boʻlsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qoʻyasiz. Ular esa, internet orqali oʻzaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini koʻtaradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qoʻyib yoqib qoʻyadi. Zoʻr-a? Toʻgʻrimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.
Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bogʻliq. Tayinki, ayniqsa ayollar koʻp bora allaqachon uydan chiqib boʻlib, keyin miyasiga “lop” etib uradigan “dazmolni oʻchirmay chiqqan boʻlsam-a” - degan holatga tushishgan. Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qoʻshnilarni ham qiynab qoʻygan holatlar boʻlgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bagʻishlashga ham xizmat qiladi. Oʻsha dazmolni basharti oʻchirmay chiqqan boʻlsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan koʻp qoʻl tekkizilmasa, avtomatik ravishda oʻzini-oʻzi tokdan oʻchirsin. Suv toshib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»).
Bular oddiy, maishiy misollar.
Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga oʻrnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u oʻz oʻzidan ishga tushib, poygakdagi insonni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, oʻsha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qoʻshimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto “02” ga oʻzi qoʻngʻiroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning oʻzi tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar interneti yaxshi samara berishi mumkin.
Masalan, siz xonada boʻlgan paytingizda, konditsioner sensori sizning borligingizni oʻzi sezib, oʻzi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti insonga juda koʻp imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda insonning oʻz fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos.
Yuqorida aytgan jarayon, ya’ni, buyumlar internetini xonadonda qoʻllash hozirda “Aqlli uy” deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq koʻrinishi «Aqlli shahar» konsepsiyasida namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy ahamiyatga ega muhim qismlari «transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi koʻchalari tirband va qaysi koʻchalari nisbatan holi ekanini koʻrsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham «aqlli ofis» tizimida loyihalangan boʻlsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa qolganda oʻzi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan boʻlishi mumkin. Lekin, ishoning, bu koʻz oʻngimizda boʻlib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan avtomobillar davriga qadam qoʻyishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan internet orqali oʻzaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib kelmoqdamiz.

3.5-rasm. Internet of Things konsepsiyasi.
Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor boʻlishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan toʻsib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali oʻzaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar oʻz bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat oʻsha firmadan olishga majbur qilishga moʻljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday oʻyinlarni yoqtirmaydi. Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda koʻplab ishlab chiqaruvchilar WEB Z.0 texnologiyasiga bogʻlana oladigan buyumlarni ishlab chiqarishga oʻtishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha toʻsqinlik qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. Biz yuqorida ta’riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal toʻplam, masalan, oʻzi ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan iborat toʻplam oʻrtacha 200$ atrofida boʻlib, sistemani yanada kengaytirish yana ham xarajatlarning koʻpayishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar favqulodda qimmat boʻlib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon boʻlib ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. Chunki, buyogʻiga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yoʻnalishda ketadi. Axir, «Artel» konditsionerining ham reklamasida uning WI-fi bilan ishlashi bejizga urgʻu bilan ta’kidlanmagan.

Download 0,53 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya

Download 0,53 Mb.