• Normativ-huquqiy va ahloqiy munosabatlarda fundamental asoslarni tartibga solish; II. Axborotlashgan jamiyatni bosqichma-bosqich shakllantish;
  • Normativ-huquqiy va ahloqiy munosabatlarning fundamental asoslarini tartibga solish
  • Axborotlashgan jamiyatni bosqichma-bosqich shakllantish XX asr oʻzining ilm-fan yutuqlari natijalarida ikkinchi sanoat
  • Kadrlar tayyorlashda ta’lim islohotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash
  • Raqamli mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va smart industriya
  • -2022 yillarda sun’iy intellektni rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari




    Download 0,53 Mb.
    bet33/48
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #230247
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)

    2021-2022 yillarda sun’iy intellektni rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari
    Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, global chaqiruvlarga rasional echimlar toʻplamini taklif etish va sun’iy intellekt sohalarida kadrlarning ilmiy hamda intellektual salohiyatini oshirishda quyidagilar 2021-2022 yillar uchun Oʻzbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
    I. Normativ-huquqiy va ahloqiy munosabatlarda fundamental asoslarni tartibga solish;
    II. Axborotlashgan jamiyatni bosqichma-bosqich shakllantish;
    III. Kadrlar tayyorlashda ta’lim islohotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash;
    IV. Raqamli mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va smart industriya;
    I. Normativ-huquqiy va ahloqiy munosabatlarning fundamental asoslarini tartibga solish
    Mamlakatda SI texnologiyalarini qoʻllash fuqarolar va ularning huquqlarini himoyasini ta'minlanishini talab etgan bir vaqtda SI texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʻllashda kechiktirib boʻlmas ilmiy texnik rivojlanish va iqtisodiy taraqqiyotni ham talab etadi. Bu esa hozirda SI texnologiyalarini joriy etishni toʻliq huquqiy jihatdan tartibga solishda aniq va yakdil mexanizmlari mavjud boʻlmagan bir qator muammolarga har bir davlatning rasional echim topish zaruratini keltirib chiqaradi.
    Hozirgi kunda 50 dan ortiq davlatlar tomonidan sun’iy intellekt strategiyalarining ishlab chiqilishi insoniyat tarixida texnologik rivojlanish va texnologik “qurollanish” jarayonida kamdan-kam sodir boʻladigan hodisalardir. Bunday texnologik kuchga egalik qilish, texnologik rivojlanishdan manfaatlanish va dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻlish uchun normativ-huquqiy munosabatlar, axloqiy munosabatlar, ta’lim, ilmiy-tadqiqot, standartlashtirish va boshqa muhim yoʻnalishlarda kompleks yondoshuv asosida birdamlik va aniq belgilangan chora-tadbirlar asosida harakatlanish lozim. Shunday qilib:
    1. Mamlakatni normativ-huquqiy tartibga soluvchi va boshqaruvchi turli mexanizmlarning bugunning kuni uchun boʻlgani muhim, biroq texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi ularning tartibga solish mexanizmlarini ertani kutmasdan barcha kuchlarni bugun safarbar etilishini ta'minlash;
    2. Sun’iy intellektni rivojlantirishda milliy qadriyatlari va an'analaridan kelib chiqgan holda normativ-huquqiy va ahloqiy tartibga solish;
    3. Mehnat munosabatlarida, xavfsizlik, ma’lumotlar mahfiyligi, daxlsizligi va axloqiy normalar hamda ma’lumotlarning monopollashuvi kabi jihatlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllashni huquqiy va ahloqiy tartibga solish;
    4. Mamlakatning ichki xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini kafolatlashda sun’iy intellekt sohalarida xorijiy davlatlar erishayotgan yutuqlar tahlilini olib borish;
    5. Sun’iy intellekt texnologiyalari yuzaga keltiradigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy xavflarni baholash va oldini olish choralarini ishlab chiqish;
    6. Huquqiy jihatlarni tartibga solish, ahloqiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, xavfsiz sun’iy intellektning umume'tirof etiladigan tamoyillari ustida tadqiqotlar olib borish hamda muntazam tarzda tavsiyalar ishlab chiqish.
    II. Axborotlashgan jamiyatni bosqichma-bosqich shakllantish
    XX asr oʻzining ilm-fan yutuqlari natijalarida ikkinchi sanoat inqilobining yuksalish nuqtalari hamda hisoblash mashinalari va internet bilimlariga asoslangan uchinchi sanoat inqilobi yuzaga kelgan davr boʻldi. Uchinchi sanoat inqilobi bu birinchi axborot inqilobining yuzaga kelishidir. Shuningdek, toʻrtinchi sanoat inqilobiga XXI asr boshlaridan qoʻyilgan ilk qadamlar oʻz navbatida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt bilimlari asosidagi ikkinchi axborot inqilobining natijasidir. XXI asr axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt ilm-fani yutuqlaridan insoniyat manfaatlari yoʻlida tezkor va samarali foydalanish axborotlashgan jamiyatni talab qiladi. Axborotlashgan jamiyat mamlakat iqtisodiyotini innovasion rivojlantirish yoʻlida innovasiyalarni barcha mavjud sohalarga muvaffaqiyatli joriy etilishining garovidir.
    Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish bu bilimga asoslangan iqtisodiyotni barpo etishdir. Shuningdek, axborotlashgan jamiyat mamlakatdagi barqaror innovasion muhitning yuqori darajasini namoyon etadi.
    Axborotlashgan jamiyatga oʻtish jarayonining muvaffaqiyatli kechishi va barqarorligini ta'minlash maqsadida, ushbu strategiyaning birinchi bosqich davrida kechiktirilmas chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
    Xususan:
    1. aholining zamonaviy axborot texnologiyalarini qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirib borish;
    2. aholining, xususan yoshlarning axborotlashgan jamiyatni shakllantirish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlardan himoyalash hamda milliy qadriyat va an'analarni saqlab qolish.
    3. axborotlashgan jamiyatni tizimli bosqichma-bosqich rivojlantirishda SIni rivojlantirishning me'yoriy oʻlchovlarini belgilovchi “Sun’iy intellekt – 2030” maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
    4. iqtisodiyotning xususiy sektor vakillarini keng jalb etgan holda muntazam tarzda SI xalqaro ilmiy konferensiyasini tashkil etish;
    5. umumta’lim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari uchun oʻquv yilida kamida ikki marotaba “Axborotlashgan jamiyat va unda sun’iy intellekt oʻrni” mavzusida ochiq darslar tashkil etish;
    6. aholi oʻrtasida, xususan yoshlarga sun’iy intellekt sohasidagi bilimlarni egallashlari uchun tizimlashtirilgan ma’lumotlar asosida muntazam tarzda yangilanib boruvchi onlayn internet ma’lumotlar bazasini yaratish;
    7. SI boʻyicha dastlabki bilimlarni egallashlari va axborotlashgan jamiyatda koʻnikmalarini shakllantirish uchun teledasturlarni tashkil etish.
    III. Kadrlar tayyorlashda ta’lim islohotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash
    Mamlakatning innovasion barqarorligini xususan, sun’iy intellekt soxalarida ilmiy tadqiqot va ta’lim sifati orqali ta'minlash bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu vazifalar albatta ilmiy tadqiqot faoliyati va ta’lim tizimiga sarmoya kiritish, zamon bilan hamnafas tarzda isloh etish, axborotlashtirilgan jamiyatni shakllantirish borasida aholining ogohligini oshirish hamda xususiy sektor bilan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash bilan amalga oshirishni talab etadi.
    Xususan:
    1. Respublika oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida jumladan, Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy tadqiqot muassasalarining sun’iy intellekt sohalarida olib borayotgan ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi oshirish;
    2. Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalararo sun’iy intellekt sohasida hamkorikda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot faoliyatlarini oshirish hamda mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirish;
    3. Oliy talim va ilmiy tadqiqot muassasalarining sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyatlarini kengaytirish;
    4. Iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori samaradorlikni oshirish, yuqori qiymat qoʻshilgan innovasion mahsulot turlarini oshirish va iste'mol bozori talablariga tez moslashuvchanlikni ta'minlashda sun’iy intellekt sohalarini davlat va xususiy sektor tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari taklifini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    5. Sun’iy intellekt sohalarida ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish texnologiyalar transferlarini amalga oshirish;
    6. Xalqaro hamkorlikdagi loyihalar sonini oshirish va mamlakatning ilmiy salohiyati hamda nufuzini oshirishda jahon mamlakatlari erishayotgan yutuqlari bilan tanishish maqsadida SI boʻyicha chop etilgan xorijiy maqolalar va ilmiy manbaalarga soha olimlarining tashqi tarmoq orqali ulanish imkoniyatlarini yaratish.
    IV. Raqamli mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va smart industriya
    200 dan ortiq kompaniyalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar SI asosidagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish ishlab chiqarish samaradorligi va unumdorligini kelgusi 5 yil ichida 19 foizga oshirishini, yangi mahsulotlar va xizmatlarning bozorga chiqish vaqtini 17 foizga kamaytirishni va ishlab chiqarish va operasion harajatlarni esa 13 foizga qisqartirishini koʻrsatmoqda. Shu bilan bir qatorda tahliliy ma’lumotlarga asoslangan va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan raqamli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning iste'molchilarga sifatli va yuqori qiymat qoʻshilgan mahsulot turlari taklifini oshirish va iste'molchilar talablari oʻzgarishiga oson moslushuvchanlik imkoniyatlarini yaratadi.
    Jahon bozori mahsulotlarning “an'anaviy” ishlab chiqarilish tarzidan bosqichma-bosqich raqamlashgan, ya'ni qoʻshimcha dasturiy ta'minotlar bilan boyitilgan, inson-mashina muloqoti oʻrnatilgan, masofaviy boshqarish imkoniyatlari mavjud boʻlgan, oʻz-oʻzini belgilangan koʻrsatkichlar doirasida nazoratini amalga oshiradigan va boshqa raqamli xizmatlar taklif etuvchi majmuaviy echimlar bilan oʻrin almashinuvini talab etib bormoqda. Bu talablar oʻz navbatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalangan holda raqamli mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash zaruratini tugʻdiradi.
    Raqamli mahsulotlar ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash bir qator amaliy choralarni amalga oshirishni talab etadi. Jumladan:
    1. tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida raqamlashtirish va SI texnologiyalarini qoʻllashdan oladigan manfaatlari, iqtisodiy samaradorlikka erishishlari va ijobiy natijalar haqida seminarlar va oʻquv dasturlarini tashkil etish;
    2. davlat buyurtmalari asosida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishda davlat xususiy sheriklikni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;
    3. mamlakatda robototexnika sohasini tubdan rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
    4. ishlab chiqarish va xizmatlar sohalarida hodimlarning axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
    5. “Nazariyotchi – amaliyotchi – dasturchi” platformasini yaratish.
     

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -2022 yillarda sun’iy intellektni rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari

    Download 0,53 Mb.