Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya




Download 0,53 Mb.
bet20/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Ishlab chiqarish korxonasi resurslarini rejalashtirishning umumiy sxemasi
MRP II tizimlariga MRP (Material Requirements Planning – “material resurslaridagi ehtiyojlarni rejalashtirish”) va CRP (Capacity requirements planning – “ishlab chiqarish qudratida ehtiyojni rejalashtirish”) elementlari kiritildi.
MRP II kichik va oʻrta ishlab chiqarish korxonalari –“yagona buyutmaga moʻljallangan” ishlab chiqarish korxonasi, “ommaviy ” yoki “seriyali” ishlab chiqarishga moʻljallangan murakkab mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga moʻljallanadi.
Hozirga vaqtda MRP II standarti standartlashtirilgan ERP tizimlar yadrosini ishlab chiqish asosida tashkil qilingan.
ERP (Enterprise Resource Planning) tizim konsepsiyasi. Hududiy taqsimlangan tashkilotlardan uning qoʻllanilish zaruriyati.
ERP va korxona imkoniyatlarini boshqarish.
E nterprise Resource Planning System (ERP) — Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi —korxonaning ichki va tashqi resurslarini (etarli fizik aktivlar, moliyaviy, material-texnik va inson resurslari) boshqarish uchun integrallashgan tizim.
ERP tizimining maqsadi korxona ichidagi barcha xoʻjalik boʻlinmalar (biznes-funksiyalar) orasida axborot oqimiga ta’sir etish va boshqa korxonalarni qoʻllab-quvvatlash xisoblanadi. Qoidaga koʻra markazlashgan ma’lumotlar bazasida qurilgan ERP tizimi korxonaning standartlashtirilgan yagona axborot makonini shakllantiradi.
ERP tizimi asosida barcha korporativ biznes ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi va korxonaning istalgan zarur xodimlar sonining ularga mos ravishda berilgan xuquqlari bilan bir vaqtda murojatini ta’minlovchi ma’lumotlarning yagona omborini yaratish prinsipi yotadi.
ERP-tizimi quyidagi funksiyalar toʻplamini oʻz ichiga oladi:
- ishlab chiqariluvchi buyumlarning tarkibini xamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jarayonlar va material resurslarni aniqlovchi konstruktorlik va texnologik spesifikatsiyalarni olib borish;
- ishlab chiqarish va savdo rejalarini shakllantirish;
- maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun yetkazib berish muddati va xajmini, materiallar va extiyot qismlarga extiyojni rejalashtirish;
- zaxira va sotib olishni boshqarish: shartnomalarni yuritish, sotib olishni markazlashtirilgan amalga oshirish, sex va omborxona zaxiralarini optimallashtirish va qayd etishni ta’minlash;
- ishlab chiqarish quvvatini yiriklashtirilgan rejalashtirishdan, to aloxida stanoklar va uskunalarni ishlatilishigacha rejalashtirish;
- moliyaviy va boshqaruv qaydlari, moliyaviy rejani tuzish va uni bajarilishi nazoratini amalga oshirishni kiritgan xolda moliyani tezkor boshqarish;
- loyixalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan resurslar va bosqichlarni rejalashtirishni oʻz ichiga olgan xolda, boshqarish.

ERP tizimining xususiyatlari
ERP tizimining MRPII (manufacturing resource planning – ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish) tizimidan asosiy farqlari:
- ishlab chiqarish tiplarining, hamda tashkilotlar va korxonalar faoliyati turlarining koʻp sonliligi;
- faoliyatning turli yoʻnalishlari boʻyicha resurslarni rejalashtirish;
- korporativ strukturalar orqali guruxli avtonom ishlovchi korxonalarni boshqarish imkoniyati;
- boshqaruv va moliyaviy rejalashtirish quyi tizimlariga e’tiborning koʻproqligi;
- transnatsional korporatsiyalarni boshqaruv funksiyalarining mavjudligi;
- korxonaning axborotli infrastrukturasini yaratishga, egiluvchanlikka, ishonchliligiga, turli dasturiy platformalar bilan moslashishiga e’tiborning koʻproq qaratilganligi;
- korxonada qoʻllaniladigan ilovalar va boshqa tizimlar bilan integratsiyasi;
- dasturiy vositalari bilan integratsiyasi yoki tizimda mavjudligi;
- rivojlangan sozlash vositalari va apparat dasturiy vositalarini konfiguratsiyalashning mavjudligi.
ERP II tizimi – bu internet texnologiyalari taqdim etadigan axborot kanallari yordamida mijozlar va kontragentlar bilan korxonaning torroq oʻzaro ta’sir etish imkoniyatini beruvchi ERP tizimi metodologiyasi.
ERP tizimini tadbiq etish sabablari:
- Moliyaviy axborotni integratsiyalash
- Buyurtmalar xaqida axborotni integratsiyalash
- Ishlab chiqarish jarayonini standartlashtirish va tezlashtirish
- Omborxona zaxiralarini kamaytirish
- Personal boʻyicha axborotni standartlashtirish

ERP tizimlar
Qoidaga koʻra, ERP tizimlari modullilik prinsipi asosida quriladi va u yoki bu holatda ham kompaniya faoliyatining barcha kalit jarayonlarini qamrab oladi. ERP tizimlarda dasturiy vositalardan foydalanish ishlab chiqarishni rejalashtirish, buyutmalar oqimini modellashtirish va ularning korxona boʻlinmalari va xizmatlarida tadbiq etish imkoniyatlarini bohalash, sotuv bilan bogʻliqlikni olib borish imkonini beradi.
1990 – yilda ERP asosida axborot tiziming quyidagi formulasi taklif etilgan:
ERP=MRP II + FRP + DRP,
FRP – nafaqat material va ishchi markazlar vaqtini rejalashtiradi, balki moliyaviy resurslarni ham rejalashtiradi, DRB distributiv resurslarni boshqarish.
XX asr 90-yillarning oxirida “Korxonaning resurslarini rejalashtirish, iste’molchining talablarini sinxronlashtirish” (Customer Synchronized Resource Planning-CSRP) korxonaning mijozlar bilan oʻzaro ta'sirlarini qamrab oluvchi: buyurtmani-navbatini rasmiylashtirish, texnik vazifalar, mijozlarni qoʻllab quvvatlash, resurslarni hajmiga va mijozlar buyurtmalarini tarkibi qarab rejalashtirish metodologiyasi ishlab chiqildi. Agar MRP/MRP II/ERP standartlari yozuvlarni boshqarishga va quvvatlarga, rejalashtirish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan boʻlsa, CSRP standarti toʻla hayot sikliga mahsulotning siklini kiritilgan – buyurtmachining talablarini sotuvdan keyin kafolatlangan va xizmat koʻrsatishni inobatga olgan holda loyihalashtirish.
Bu KIS ning yangi turi ba’zi manbalarda ERP II – tizimlari deb nomlana boshlandi, kompaniyaning tashqi muhit bilan oʻzarota'sirlariga asoslanadi.
1. BRM tizimlar.
2. CRM (mijozlar bilan oʻzaro munosabatni boshqarish), SSM – kelib tushuvjchilar zanjirini boshqarish.
SFA (Sales Force Automation) sotuvlar tizimini avtomatlashtirish, qoʻngʻiroqlarni qabul qilish markazi, DT yordamida marketingni avtomatlashtirish.
3. ERP– paket. (Kompaniya resurslarini boshqarish).

Download 0,53 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishda raqamli transformasiya

Download 0,53 Mb.