|
Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish boʻyicha loyihani yaratish bosqichlari
|
bet | 15/48 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #230247 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)2. Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish boʻyicha loyihani yaratish bosqichlari.
Ilmiy va amaliy yoʻnalish sifatida biznes-jarayon reinjiniringi birinchi marta AQSHda paydo boʻldi va bir necha yil ichida informatikaning yetakchi va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda Oʻzbekiston bozoriga konsalting xizmatlari va reinjiniring vositalarini ilgari surish boshlandi. Reinjiniringni qoʻllash boʻyicha mahalliy amaliyot shuni koʻrsatdiki, bu usul, ayniqsa, jahon iqtisodiy islohoti Davlatimiz iqtisodiy tizimiga faol kiritilishi sharoitida zarurdir.
Birinchi marta “biznes jarayonlarini reinjiniring” atamasi (inglizcha Business Process Reengineering - BPR dan olingan) M. Hammer tomonidan kiritilgan boʻlib, u ushbu faoliyat turini “kompaniyalarning biznes jarayonlarini tubdan yaxshilashga erishish uchun ular faoliyatining asosiy joriy koʻrsatkichlari: narx, sifat, xizmatlar va rivojlanish suratlarini tubdan qayta loyihalash” deb ta’riflaydi.
Gʻarbiy dunyoda (va birinchi navbatda, AQShda) reinjiniring tobora ommalashib bormoqda. AQSH kompaniyalari 1994 yilda biznes jarayonlarini reinjiniring loyihalariga qariyb 37 milliard dollar sarflagan. Kelgusi bir necha yil ichida ushbu muammolarni hal qilish xarajatlari yiliga 19% darajasida oʻsishi kutilmoqda. Emst & Young kompaniyasi ma’lumotlariga koʻra Shimoliy Amerikadagi 100 ta eng yirik banklar 1999 yilda oʻz boʻlinmalarini qayta qurish uchun taxminan 3,9 milliard dollar sarflashgan. Soʻnggi bir yarim yil ichida AQSh hukumati 250 dan ortiq reinjiniring loyihalarini boshladi va bugungi kunda BPR ni qoʻllab-quvvatlash vositalari bozori 100 million dollardan oshadi va yiliga 60% ga oʻsib bormoqda.
Emst & Young tomonidan AQShning 80 ta yirik kompaniyalarining moliyaviy direktorlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, reinjiniringning asosiy motivatsiyasi xizmat koʻrsatish va mahsulot (xizmatlar) sifatini yaxshilash, shuningdek, xarajatlarni kamaytirish asosiy xususiyati sifatida belgilangan.
M. Hammer BPRni biznesdagi inqilob sifatida koʻradi, bu korxonalarni qurishning asosiy tamoyillaridan voz kechishni anglatadi va biznes dizaynini muhandislik faoliyatiga aylantiradi. Bunday inqilobning mumkinligi, birinchi navbatda, mutaxassislari biznes dizaynida etakchi rol oʻynay boshlagan axborot texnologiyalari sohasidagi soʻnggi yutuqlar bilan bogʻliq.
BPR bu ikki xil faoliyat sohasi - boshqaruv (menejment) va axborotlashtirish kesishmasida paydo boʻlgan tendentsiyadir. Shuning uchun reinjiniring ham menejerlar, ham axborot tizimlarini ishlab chiquvchilar uchun tushunarli boʻlgan muammoli maʻlumotlarni taqdim etish va qayta ishlashning yangi oʻziga xos vositalarini talab qiladi. Bunday vositalar axborot texnologiyalarining asosiy yutuqlarini birlashtirish va reinjiniringni qoʻllab-quvvatlash uchun tegishli vositalarni yaratishni talab qiladi.
BPR ning asosiy xususiyatlaridan biri reinjiniringning funktsiyalarga emas, balki jarayonlarga yoʻnaltirilganligidir. Bundan tashqari, jarayonlarga asoslangan boshqaruvning barcha tushunchalari ichida BPR eng samarali hisoblanadi, uning inqilobi axborot texnologiyalarining hozirgi holati bilan bogʻliq[1].
BPRning alohida holatlari yoki mustaqil tushunchalar sifatida koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan boshqa usullar mavjud (jadval - 1).
Jadval – 2.1
|
| |