• Tayanch iboralar
  • BOSHQARUV JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH BOʻYICHA LOYIHALARNI YARATISH VA BOSHQARISH




    Download 0,53 Mb.
    bet14/48
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #230247
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)

    BOSHQARUV JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH BOʻYICHA LOYIHALARNI YARATISH VA BOSHQARISH
    Reja:
    1. Oliy ta’lim boshqaruvida davlat xizmatlarini koʻrsatishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish. Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga oʻtkazish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilish.
    2. Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish boʻyicha loyihani yaratish bosqichlari. Biznesni jarayonlarini qayta qurish (BPR).
    3. Oliy ta’lim boshqaruvining rivojlantirishda BPRning oʻrni. Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari faoliyati samaradorligi va ma’muriy jarayonlar murakkabligini baholash mexanizmi.
    4. Boshqaruv samaradoligini oshirish uchun xizmat qiluvchi zamonaviy dasturiy vositalar (CRM) va (MRP) bilan tanishish va foydalanish.
    Tayanch iboralar:ERP, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarish, CRM-tizimi, strategik CRM, operatsion CRM, analitik CRM, aralash (qoʻshma) CRM, Business Performance Management (BPM).
    1. Oliy ta’lim boshqaruvida davlat xizmatlarini koʻrsatishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish. Davlat xizmatlarini interaktiv shaklga oʻtkazish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilish.
    Axborot tizimi tushunchasi bu inson faoliyatining ma'lum bir sohasida axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish xamda undan foydalanish imkonini berishni tashkillashtirishni oʻz ichiga oladi.
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu axborotni toʻplash, kiritish, qayta ishlash, saqlash va axborotni foydalanuvchiga etkazib berish bosqichida kompyuter bazasini qoʻllovchi axborot tizmidir. 
    Axborot tizimlarini (AT) qurish prinsiplari va arxitekturasi nisbatan doimiy hisoblanadi, ammo faoliyat turliligi, zamonaviy axborot texnologiyalarining qoʻllanilish shakllari, axborot texnologiyalarining sinflanishining usullari koʻp turliligini tugʻdiradi.
    Axborot tizimlari masshtabi boʻyicha yagona, guruxli, korporativ va global axborot tizimlariga boʻlinadi.
    Yagona axborot tizimlari avtonom kompyuterda tashkil etiladi (tarmoqdan foydalanilmaydi). Bunday tizimlar umumiy axborot fondi bilan bogʻlangan bir qancha sodda dasturlardan iborat boʻlib, bir vaqtning oʻzida faqat bitta foydalanuvchi foydalanishiga moʻljallangan. Bunday tizimlar lokal ma'lumotlarni boshqarish tizimlari yordamida yaratiladi. Shunday ma'lumotlar bazalariga misollar: Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, dBase i Microsoft Access.
    Guruhli axborot tizimlari axborotdan ishchi guruh a’zolari tomonidan jamoa boʻlib foydalanishga asoslangan boʻlib lokal hisoblash tarmoqlari bazasida quriladi. Bunday tizimlarni yaratishda ishchi guruhlar uchun moʻljallangan ma'lumotlar bazalari serverlaridan foydalaniladi (SQL-serverlar). SQL-serverlarning etarlicha turlari mavjud: tijorat va erkin. Bulardan eng taniqlilari Oracle, DB2, Microsoft SQL Server, InterBase, Sybase, Informix.
    Ma’lumotlar bazasi serveri – kompyuter tarmoq tugunidagi maxsus dasturiy ta'minotdir (dastur). U korporativ tarmoqdagi soʻrovlarni qabul qilish va qayta ishlashga moʻljallangan. Aniq resursni boshqaruvchi kompyuter shu resursningt serveri deb ataladi. Ushbu kompyuterdan foydalanuvchi - mijozdir.
    Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun moʻljallangan axborot tizimlarining rivojlangan koʻrinishi boʻlib, yirik kompaniyalarning foydalanishiga yoʻnaltirilgan va maydon jihatidan katta tarmoqni tashkil etishi mumkin. Ular asosan bir nechta sathlardan iborat ierarxik strukturaga ega boʻlishadi. Bunday tizimlar maxsus serverli mijoz-server yoki koʻp sathli arxitekturali tizimlar toifasiga kiradi. Bunday tizimlarni qurishda ma'lumotlar bazalari serverlaridan foydalaniladi. Odatda yirik axborot tizimlarida ushbu serverlar koʻp tarqalgan: Oracle, DB2 i Microsoft SQL Server.
    Global AT davlat yoki qit’a maydonini qamrab oladi. Ushbu ATga Internet global tarmogʻi misol boʻladi. 
    Darajasi yoki faoliyat doirasiga koʻra – davlatlar, maydonlar (mintaqaviy), sohalar, birlashmalar, korxonalar yoki uyushmalar, texnologik jarayonlarga boʻlinadi.
    Davlat axborot tizimlari davlat menedjerlari tomonidan mamlakatning iqtisodiy muammolarini echishda qaror qabul qilishga moʻljallangan. Ular kompyuter majmualari, kompyuter axborot tizimlari va iqtisodiy-matematik usullarini modellashtirishni qoʻllash asosida yaratiladi.
    Korxonani boshqarish axborot tizimlari (korporativ) - korxonaning ishlab chiqarish xoʻjalik faoliyatini boshqarishda qarorlarni qoʻllash uchun qoʻllaniladi. 
    Milliy axborot tizimini shakllantirishda axborot tizimlari majmuasini yaratish va integrasiyalash usullari. Milliy axborot tizimi (MAT)- Davlat organlari axborot tizimlari, hududiy axborot tizimlari xamda yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlari oʻz ichiga olgan tizimdir (№ 560-II 11 dekabr 2003 yildagi Oʻzbekiston respublikasi Qonuniga tayanib)
    Davlat idoralari taqdim etayotgan axborotga fuqarolarni masofaviy foydalanishga imkoniyat yaratish. Axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlarining fuqarolarga masofadan turib ma'lumotlarga murojat etish rivojlanmoqda.
    Zamonaviy AKT asosida davlat organlari ma'lumotlariga masofadan murojat qilishning asosiy maqsadi quyidagilarni ta'minlaydi:
    - idora va mahkamalarning internet tarmogʻidagi saytlari, toʻliq va oʻz vaqtida tegishli boʻlgan yangiliklarni chop etish, foydalanishda qulaylik, shu bilan birga ularning tarkibidagi ma'lumotlarga ruxsatni;
    - davlat hokimiyati organlari faoliyati haqidagi xabarlarga jamoat huquqlarini formallashgan infrastrukturasi, Fuqaro va tashkilotlarga qaratilgan davlat xizmatlarini;
    - markaziy idoralarga fuqarolar tomonidan telefon orqali murojaatlarini amalda tadbiq etishni;
    - fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari va fuqarolar bilan birgalikda ishlovchi davlat organlari uchun fuqarolarni qoʻllab-quvvatlovchi yagona yordamchi-ma'lumot tizimni yaratishni;
    - Oʻzbekiston Respublikasi davlat hukumati organlarining Web saytlari uchun internet tarmogʻida server texnologiya hududlarini yaratish.
    Zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda davlat organlari xizmatlarini taqdim etish:
    - koʻp funksiyali markazga asoslangan holda davlat xizmatlarini taqdim etish;
    - internet tarmogʻidan foydalangan holda davlat xizmatlarini taqdim etish;
    - yuridik ahamiyatga ega boʻlgan yagona infrastrukturani yaratish;
    - alohida davlat organlari oʻrtasida ma'lumotlarni almashish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida, shu bilan birga davlat organlarining Yagona Oynaga murojatini formatlashtirish, qaysiki hududiy joylashgan axborot tizimini taqdim etuvchi, davlat hokimiyatlari oʻrtasida oʻzaro axborot tizimida ma'lumotlarni taminlash, hududiy oʻzini boshqaruvchi organlar axborot tizimi va elektron holatdagi davlat organlari xizmatlari axborot tizimi qiziqishlari;
    - davlat organlarining oʻzaro orasidagi, fuqarolar bilan birgalikda va organlar bilan birgalikdagi zamonaviy identifikasiya usullaridan va raqamli imzolardan foydalangan holda axborot tizimlarini tashkil etish;
    - idoralararo himoyalangan hujjatlar almashinuvini rivojlantirish;
    - davlat organlari rejalari va monitoringini joriy etish;
    - elektron hukumat asosida normativ huquqiy bazasini yaratish.
    Milliy axborot tizimi (MAT). MAT uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari bilan xalqaro axborot tizimlarining mosligini inobatga olgan holda yaratiladi.
    Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish MMA ni yuritishda harajatlarni qisqartirishga olib keladi. Ma'lumotnomalarni dolzarblashtirish va markaziy qoʻllab quvvatlash korxona uchun bir necha oʻzaro bogʻliq boʻlmagan axborot tizimlarida yanada iqtisodiy usul hisoblanadi. Kelgusida bu ham samara beradi, yangi tadbiq etilgan axborot tizimlarini vositalari iqtisodida ifodalanadi. Mavjud adekvat MMA bazalari va zarur ma'lumotnomalarni dastlabki tayyorlash korxonadagi boshqa AT-loyihalarni tadbiq etish bilan bogʻliq moliyaviy yuklamalarni kamayishiga olib keladi.
    MAT yagona tizimidan foydalanish soʻrovnoma xizmati sifatining yaxshilanishiga olib keladi, ma'lumotlar butun, faol va ziddiyatlarsiz boʻladi. Natijada eski va yaxlit boʻlmagan axborotdan foydalanish natijasida boʻladigan extimoliy moliyaviy yoʻqotishlar hajmi kamayadi.
    Nihoyat, MAT yagona tizimidan foydalanish tashkilotga yagona axborot muhitini yaratish imkonini beradi. Turli avtomatlashtirilgan tizimlar oʻrtasida tezkor ma’lumot almashish imkoniyati paydo boʻladi, tashkilot barcha tuzilmasining kelishilgan ish sharoiti yaxshilanadi.

    Download 0,53 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOSHQARUV JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH BOʻYICHA LOYIHALARNI YARATISH VA BOSHQARISH

    Download 0,53 Mb.