• Motiv
  • Hamkorlik pedagogikasi
  • Kasbiy tayyorgarlik
  • Glossariy kadrlar tayyorlash Milliy dasturi




    Download 32.93 Kb.
    bet2/5
    Sana20.12.2022
    Hajmi32.93 Kb.
    #36121
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    92 Глоссарий
    Русскый язык, Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida b
    Interfaol mashg‘ulot – о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
    Yо‘l – (ruscha – priyom ) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
    Metod – grekcha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq usuli ma’nolarini bildiradi. Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yо‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli, kо‘rinishi.
    Motiv – odamni о‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi.
    Pedagogika – ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini о‘rganuvchi fan. u barkamol insonni voyaga yetkazish maqsadlariga xizmat qiladi.
    Perseptiv qobiliyat – о‘quvchining ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.
    О‘rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni kо‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish kо‘nikmalarini egallash.
    О‘rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish kо‘nikmalarining о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishini turli vosita va usullarni qо‘llab tushuntirish, kо‘rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni.
    Hamkorlik pedagogikasi – ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning о‘zaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yо‘naltirilgan tizim.
    Kasbiy – pedagogik muloqot – pedagog va ta’lim oluvchilarning о‘zaro zich ijtimoiy – psixologik aloqasi tizimi bо‘lib, uning mazmuni axborotlar ayriboshlash, tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish, kommunikativ vositalar yordamida о‘zaro munosabatlarini tashkil etish hisoblanadi.
    Kasbiy tayyorgarlik – bо‘lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi.
    Kasbiy bilimdonlik – pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bо‘lgan nazariy va amaliy tayyogarlik birligi.
    Bilim - bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlarning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. Chunki bu zaruriy bog‘liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqadi va insonning ixtiyoridan tashqari mavjud bо‘ladi. Uni о‘zgartirib bо‘lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali о‘tadi.

    Download 32.93 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 32.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glossariy kadrlar tayyorlash Milliy dasturi

    Download 32.93 Kb.