|
Glossariy (Mavzu: Qishloq xo’jaligida menejment fanidan terminlar izohli lug’ati) Adolatlilik nazariyasi / Теория справедливости / Theory of justice
|
bet | 19/22 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 53,48 Kb. | | #262552 |
Bog'liq Qishloq xojaligida menejment fanidan GLOSSARIYStress / Стресс / Stress – inglizcha (stress) so’zdan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik.
Sug’urta / Строхование / Insurance — bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqyealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta badallari (sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalashini ta’minlashga doir munosabatlar, demakdir.
Suv islohoti / Водная реформа / Water reforms - suvdan foydalanish, suvni to‘g‘ri taqsimlash va bu boradagi munosabatlar majmuidir.
Suv iste’molchilari / Водопользователи / Water users – fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo‘lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali uyushma hududida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o‘zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.
Suv iste’molchilari uyushmasi / Объединение водопользователей / Water users association - muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oishruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasi(uyushmasi)dir.
Suvdan foydalanish koyeffisiyenti / Коэффициент использование водных ресурсов / Coefficient of using Water resources - haqiqatda sug’orilgan maydonni shu suv bilan sug’orilishi mumkin bo’lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi.
Suvdan foydalanish samaradorligi / Эффективность водопользование / Water usage efficiency - Bu ko’rsatkich yordamida har bir metr kub suv yevaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymat, daromad va sof foyda summasi
Taktik qarorlar / Тактические решение / Tactic decisions - maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Glossariy (Mavzu: Qishloq xo’jaligida menejment fanidan terminlar izohli lug’ati) Adolatlilik nazariyasi / Теория справедливости / Theory of justice
|