|
Innovatsion faoliyat / Инновационный деятельность / Innovation activity
|
bet | 9/22 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 53,48 Kb. | | #262552 |
Bog'liq Qishloq xojaligida menejment fanidan GLOSSARIYInnovatsion faoliyat / Инновационный деятельность / Innovation activity - yangi yoki takomillashgan mahsulotni yaratishda tugallangan ilmiy tadqiqot natijalarini yoki boshqa ilmiy- texnik yutuqlarni qo'llash, faoliyat jarayonida texnologiyani izchil takomillashtirib borish va bu bilan bog'liq qo'shimcha ilmiy tadqiqo’llar va ishlanmalar.
Innovatsion infrastruktura / Инновационная инфраструктура / Innovation infrastructure - innovatsion faoliyatni bir me'yorda boshqarish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlashga faoliyati yo'naltirilgan tashkilot (muassasa)lar.
Innovatsion kontur / Инновационный контур / Innovation contur - milliy xo'jalikni jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuviga yordam beradigan yangi texnologiyalarni yaratish va o'zlashtirish. Bunday texnologiyalarga axborotlar, sog'liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish kabi sohalarga oid texnologiyalar misol bo'la oladi.
Innovatsion muhit / Инновационная среда / Innovation environment - innovatsiyani yaratish joriy etish va keng tarqalishini ta'minlovchi muhit, vaziyat.
Innovatsion salohiyat / Инновационный потенциал / Innovation potential - innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan moddiy, moliyaviy, intellektual, axborotlar, ilmiy texnik va boshqa resurslar yig'indisi.
Innovatsion xavf-xatar / Инновационная угроза / Innovation threat - qisqa muddatda (odatda bir oydan ko'p bo'lmagan) ko'proq foyda olish (sarf qilingan sarmoyaga nisbatan 100 foizdan kam bo'lmagan) maqsadida yangi texnologiyalarni o'zlashtirish va yangi mahsulotlarni yaratishga ixtiyoriy ravishda sarmoyalarni jalb qilish.
Innovatsiya / Инновация / Innovation - innovatsion loyihani yaratish bilan bog'liq xizmatlar va ishlar majmuasi bo'lib, o'z ichiga yangilikni yaratish, hayo’lga joriy etish va keng miqyosda tarqatilishi.
Insoniyat madaniyati / Культура человечества / Human culture - o’suvchan, o’zgaruvchan, chunki hozirgi avlod avvalni avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.
|
| |