|
Ma’lumotlar autentifikatsiyasi (аутентификация данных, data authentication) –
|
bet | 4/10 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 24,72 Kb. | | #101375 |
Bog'liq GlossaryMa’lumotlar autentifikatsiyasi (аутентификация данных, data authentication) – ma‘lumotlar butunligini tekshirish uchun foydalaniladigan jarayon. Masalan, olingan ma‘lumotlarning yuborilgan ma‘lumotlar bilan bir xilligini tekshirish; dasturning virusdan zararlanmaganligini tekshirish.
Ma’lumotlar banki (банк данных, databank) – 1. Ma‘lumotlar majmui. Bu ma‘lumotlar berilgan mavzuga tegishli bo‘lib foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta‘sir qila olishini ta‘minlaydigan tarzda tashkil qilingan. 2. Ma‘lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimi. Uning tarkibiga ma‘lumotlar bazasi yoki ularning majmui, ma‘lumotlar bazasi spravochnigi, MBBT, hamda so‘rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi.
Ma’lumotlar bazasi (База данных, Database) – elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan va aniq qoidalar asosida tashkil qilingan ma‘lumotlar to‘plami.
Markaziy protsessor (Центральный процессор, Central Processor) –
Kompyuterning asosiy uzeli bo‘lib, mantiqiy-arifmetik va boshqaruvchi bloklardan iborat. Markaziy protsessorning bir turi sifatida mikroprotsessorni olish mumkin.
Marker (Маркер, Marker) – tarmoqlarda tartiblangan ma‘lumotlarning unikalь obyekti yoki xabarni ifoda etadi. Bu obyekt yoki xabar doimiy ravishda uzellar o‘rtasida aylanib, tarmoq holatini tavsiflab turadi; biror ma‘lumotdagi qisqartirib yozish mumkin bo‘lmagan ixtiyoriy matn, masalan, dasturlar tillarida o‘zgaruvchilarning nomi, buyruqlar va komandalar; foydalanuvchining interfeysi uchun xos bo‘lgan grafik obyektning ma‘lum qismi bo‘lib, uning o‘lchami, shakli kabi parametrlarini o‘zgartirish imkoniyati beradi.
Masofadan o’qitish (Дистанционное обучение, Distance learning) – o‘quv jarayoni zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarlar yordamida tashkil etilib, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi masofa va munosabat e‘tiborga olinmaydigan o‘qitish.
|
| |