ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 429,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana15.01.2024
Hajmi429,36 Kb.
#137829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
868-878

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 872 www.ares.uz 
havfsizligi to‗g ‗risidagi Qonunning qabul qilinishi buning yaqqol misolidir. 
Xususan, oziq-ovqat havfsizligi sifatining havfsizligi va uning ta‗minlanganlik 
darajasi, zaxiralarning mavjud bo‗lishi kabi omillar orqali umumiy oziq-ovqat 
barqarorligi ta‗minlanadi. Ya‗ni oziq-ovqatning inson salomatligiga bo‗lgan salbiy 
ta‗sirini tartibga solish borasidagi tadbirlar birinchi navbatdagi masala bo‗lsa, 
ikkinchidan, oziq-ovqat yuzasidan boshqa mamlakatlarga qaram bo‗lishning oldini 
olishdir. 
Geni modifikatsiyalangan organizm, (GMO) ya‘ni genetik tarkibini o‗zgartirish 
yo‗li bilan hosil qilingan yangi o‗simliklar yoki hayvon organizmlari, shuningdek 
ulardan iste‘mol uchun tayyorlangan mahsulotlaridir. Aniqroq aytganda, biror xil 
mahsulotga begona genning ko‗chirib o‗tkazilishi tufayli yangi xususiyatlarga ega 
organizmning kelib chiqishi GMO hisoblanadi. Geni modifikatsiyalangan 
organizmlar yaratish uchun avvalo biror xususiyatli (masalan, sovuq iqlim sharoitida 
yashovchi) o‗simlik yoki hayvon turining gen tarkibidan kerakli gen ajratib olinib, u 
boshqa bir organizm genomiga o‗rnatiladi. Natijada sovuq urmaydigan, shuningdek 
tashqi jihatdan ko‗rkam va ta‘mi o‗zgacha yani yashovchan o‗simlik navi yuzaga 
keladi. Mana shu usul bilan oddiy qulupnay gen tizimiga Arktika sharoitida 
yashovchi baliq genidan o`tkazilib, uning qahraton qishda hosil beradigan navi 
yaratilgan, Lekin baliq go‗shtiga nisbatan allergiyasi bor odam yuqoridagidek usulda 
yaratilgan mevadan yeganda allergik holat kuzatilishi mumkin. 1994 yil AQSH da 
Ilmiy tajriba sifatida chuqur suv tubida yashovchi kambala balig‘ining geni 
o‗tkazilgan yirik va rango-rang pomidorlar yetishtirildi. Bug‘doyning 
qurg‘oqchilikka chidamliligini ta‘minlash maqsadida chayon genidan foydalanildi. 
Tashqi salbiy ta‘sirotlarga chidamliligini oshirish uchun inson jigari geni gurunchga 
o‗tkazildi. Ayniqsa yaponiyalik genetiklar yaratgan yangi navli gurunchda o‗zgacha 
xususiyat mavjud. Uni iste‘mol qilingach, oshqozon osti bezida insulin ishlab 
chiqarish tezlanishi kuzatilgan. Shu jihatdan foydalanib, bu gurunch qandli diabetga 
chalingankar uchun foyda keltiradi. 
Hozirgi kunda Yer sharida 100 dan ortiq yo‗nalishli transgen o‗simliklar 
yetishtirilib, ulardan oziq-ovqatda ko‗p tarqalgan soya, makkajo‗xori, lavlagi va 
kartoshkadir. Bu borada soya yetishtirish ayniqsa keng yo‗lga qo‗yilgan. Soya oqsili 
sifatini oshirish maqsadida, unga Braziliya yong‘og‘i genlari kiritilgani tufayli ilgari 
bunday yong‘oqlarga allergiyasi bor kishilar geni o‗zgartirilgan soyani iste‘mol 
qilganlaridan so‗ng ularda allergik holatlar paydo bo‗la boshlagani olimlarni 
havotirga solib qo‗ydi. Qishloq xo‗jaligida yetishtirilayotgan GMO mahsulotlari 
o‗zining pestisidlarga birmuncha chidamliligi bilan alohida xususiyatga ega. Bunday 
mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko‗payishiga hissa qo‗shayotganlar ham ko‗p. 



Download 429,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 429,36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 429,36 Kb.
Pdf ko'rish