|
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023Bog'liq 92-96GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
95
Liberal uslubda jamoada demokratik tamoyillar hukm suradi, xodimga butkul
erkinlik beriladi, u o‘z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini
tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi.
10
Bunday uslub yuqori
ijodiy kuchga ega bo‘lgan va ishlab chiqarish jarayoni benuqson yo‘lga qo‘yilgan
jamoada qo‘llanishi mumkin. Ammo, bunday uslub noo‘rin qo‘llanilganda
guruhning har bir a’zosi tashabbuskor bo‘lishi bilan birga, ularni ma’lum maqsad
sari yo‘naltiruvchi kuch jamoada bo‘lmaydi, qabul qilingan qarorlar nazorati sust
bo‘lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin. Natijada xodimlar o‘z
mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi, ish samaradorligi past, jamoada hamkorlik
yo‘q, birbiri bilan kirishmaydigan guruhlarga bo‘linish ehtimoli ko‘payadi va
guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo yuzaga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari har bir rahbar faoliyatida u yoki
bu darajada namoyon bo‘ladi va ayrim rahbarda bu uslublarga xos belgilar aniq
ko‘rinsa, ikkinchisida sust ko‘zga tashlanadi. Ba’zi bir rahbar biron uslubga moyilligini
anglasa, ikkinchisi o‘z xulqida aniq bir uslub belgilarini ajrata olmaydi. Shunga
muvofiq ravishda psixologik tavsiyalarda rahbar shaxs sifatida uslubdan o‘zini ajrata
olishi va uslubdan foydalanishni ixtiyoriy darajaga olib kela olishi maslahat beriladi.
Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. Rahbar avtoritar
boshqaruv uslubini qo‘llar ekan, u tashkilotning rasmiy tizimini ta’minlashga asosiy
e’tiborini qaratadi. Bu uslubda ma’lumot faqat vertikal yo‘llar orqali keladi,
xodimning mas’uliyat chegarasi aniq bo‘lib, har qanday xato qattiq jazolanadi,
shaxsiy munosabatlar iloji boricha rasmiy tus oladi va hissiyotga o‘rin qolmaydi.
Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do‘stona munosabatlar rivojlanadi,
rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam nazarda
tutilib, muloqot yuritishga keng yo‘l ochib beriladi. Liberal boshqaruv uslubida esa
rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda
rasmiy, ma’muriy shakldan ko‘ra jamoaning norasmiy munosabatlari ustun qo‘yiladi.
Tashkilotda yangi kommunikatsiya tarmoqlari yaratilishiga keng yo‘l ochiladi va hatto
10
www.psyworld.ru/students
|
| |