|
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023Bog'liq 92-96GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
94
qaramaydi.
8
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan
yuqori ko‘rsatkichni ta’minlaydi. Lekin, psixologik nuqtayi- nazardan bunday uslubda
qator kamchiliklar kuzatiladi. Bunday uslub rahbar va xodim orasidagi kasbiy
malakalar farqi kattaligida, qattiq intizom va itoatgo‘ylik zarur bo‘lgan sharoitda
maqsadga muvofiq va o‘zini oqlashi mumkin (avariya holatlari, inqirozli, urush
sharoitlari va h.k.). Yangi xodimlar ishlaydigan jamoada bunday boshqaruv uslubi
moslashuv jarayoniga salbiy ta’sir etadi, yosh xodimda kasbiy malakalar sekin
shakllanadi.
Demokratik uslub, ba’zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi
ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari
xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga
olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham
xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi,
uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi.
9
Boshqaruv pog‘onalarida
qaror qabul qilish "pastdan tepaga" qarab boradi, ya’ni avval quyi bo‘g‘in
rahbarlaridan yig‘ilgan fikrlar asosida yuqori bo‘g‘inda qaror ishlab chiqiladi.
Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi
uchun ham imkoniyat yaratadi. Hamkorlik tamoyiliga asoslangan rahbar vazifani
bajarishning aniq ko‘rsatmasiga nisbatan umumiy yo‘nalishni belgilashni ma’qul
ko‘radi, hamda xodimning o‘zi ijro etish rejasini ishlab chiqishi uchun imkoniyat
yaratadi. Demoratik uslub eng samarali boshqaruv vositalaridan hisoblanib, uni
qo‘llashda to‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli oshadi, mehnat samaradorligi
ta’minlanadi, bajarilayotgan ishdan va jamoaga a’zolikdan qoniqish o‘sadi,
guruhning ahilligi oshib psixologik muhit ijobiylashadi. Bunday jamoada odatda
mavjud echimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarovchi, xatoliklarni aniqlovchi xodim va
bu xatoliklarni bartaraf etish yo‘llarini taklif etuvchi mutaxassis hamkorligi
mavjud.
8
Zayniddinov SH.N. ―Menejment‖. O‘quv qo‘llanma./ - Т.: Cho‘lpon, 2011. - 320 bet.
9
Narzulla Boymurodov.-“Rahbar psixologiyasi”.O‘quv qo‘llanma.-T.: Yangi asr avlodi, 2007.
|
| |