GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
92
BOSHQARUV USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI.
Po‘latov Otabek Oybekovich
O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
Pulatovotabek38@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshqaruv uslublari va ularning xususiyatlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada boshqaruv uslublariga xos bo‘lgan
psixologik jihatlar ham yoritib o‘tilgan. Avtoritar, demokratik va liberal boshqaruv
uslublarining yutuq va kamchiliklari haqida kerakli xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Rahbar, xodim, boshqaruv, jamoa, ananaviy boshqaruv, avtoritar,
liberal, demokratik uslublar, qattiq nazorat, jazolash, erkinlik, tenglik, rasmiy
norasmiy liderlik,
MANAGEMENT METHODS AND THEIR CHARACTERISTICS
Pulatov Otabek Oybek-ugli
Pulatovotabek38@gmail.com
International Islamic academy of Uzbekistan
ABSTRACT
In this article a brief overview on management techniques and their features are
given. The psychological aspects of management style are also discussed in the article.
Necessary conclusions are drawn about the advantages and disadvantages of
authoritarian, democratic and liberal methods of governance.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal January, 2023
93
Key words: Leader, employee, management, collective, traditional management,
authoritarian, liberal, democratic methods, strict control, punishing, freedom,
equality, formal and informal leadership.
Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, mehnat jamoasi
faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar qo‘llaydigan boshqaruv uslubiga
bog‘liq. Boshqaruv uslubi –rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni
tashkil etish bo‘yicha qo‘llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir. Hozirga
kelib boshqaruv fanida boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud
bo‘lib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslubni
tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatta bironta cheklanishga ega. Quyida rahbarlik
uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha izoh berib o‘tamiz va bu matndan rahbar
o‘z faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi
usullar majmuasidan birontasini qo‘llash haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli
yondoshuv tamoyiliga asoslanish boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha to‘la
tahlil berishi mumkin. Bunga binoan, qo‘llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot
hayoti, uning oldiga qo‘ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan
vazifalariga mos kelishi kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o‘zi
boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini to‘g‘ri baholashi, kelajakdagi
qiyofasini tasavvur eta olishi hamda o‘zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok
etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim.
Zamonaviy boshqaruvga oid fanlarda rahbarlik uslubini turli nuqtayi-
nazarlarda turib yoritiladi.Quyida ularning qisqacha izohini berib o‘tamiz. An’anaviy
yondoshuv. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an’anaviy yondoshuvlardan biri Kurt
Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda rahbarlikning avtoritar,
demokratik va liberal uslublari farqlanadi.
Avtoritar uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o‘z qo‘liga oladi,
qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan
beshafqat jazolash shahdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan
|