Mustaqil ish
Kriptografiyaning_asosiy_tushunchalari_va_tarixi_Reja'>Mavzu:
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi
Reja:
1.
Kriptografiyaning tarixi
2.
Kriptografiyaning rivojlanishi
3.
Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari
4.
Klassik shifrlar
5.
Bir martalik bloknot
6.
Steganografiya tushunchasi
7.
Simmetrik va assimmetrik kriptografiya
8.
Shifrlarga xujumlarning turkumlanishi
Tayanch iboralar:
Kriptografiya, shifr, matn, kalit,
maxfiy axborot,
buzg‘unchi, simmetrik va assimetrik tizim, steganografiya
Kriptografiya
ning tarixi
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini
uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan.
Kriptografiya
tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh.
Hatto dastlabki xat
yozish ham o‘z-o‘zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda
faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar.
Qadimgi Yegipet va Qadimgi
Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi.
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya
alohida fan sifatida
vujudda
keldi.
Dastlabki
kriptotizimlardan
eramizning
boshlaridayoq
foydalanilgan.
Sezar
o‘z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi.
Urush yillaridan so‘ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi
kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar –
klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan
keyingi davr esa zamonaviy
shifrlar davri deb yuritiladi
Kriptografiya
nima?
Kriptografiya (
yunoncha
κρυπτός (kryptós) - "mahfiy," γράφω (gráfo) -
"yozish"
so‘zlaridan tashkil topgan) ochiq ma’lumotlarni
shifrlashni,
mahfiylashtirish usullarini o‘rganadi.
Maxfiy
matnni begona, bexabar kishilar
tushunmasligi uchun yozuvni
o‘zgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan —
belgilardan
foydalaniladi.
Kriptografiya
diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy
va boshqa matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi.