Shifrlash
dan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo‘lib, uni qayta
o‘zgartirish ba’zi shaxslar (
deshifrlash
kalitiga ega bo‘lmagan) uchun cheklangan
bo‘ladi.
Shifr
yoki
kriptotizim
ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi.
Haqiqiy shifrlanmagan ma’lumot
ochiq matn
deb atalib,
shifrlashning natijasi
shifrmatn
deb ataladi.
Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun
shifrmatn
ni
deshifrlash
zarur bo‘ladi.
Kalit
kriptotizimni
shifrlash
va
deshifrlash
uchun sozlashda foydalaniladi.
2.1.rasm Shifrlash sxemasi
Shifrlash
va
deshifrlash
masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum
bir alfavitda
tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi.
Alfavit
- axborotni ifodalash uchun foydalaniladigan
chekli sondagi belgilar
to‘plami.
Misollar sifatida:
• o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfaviti;
• o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;
• yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
• ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti;
• binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat bo‘lgan alfavit;
• sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat bo‘lgan alfavitlarni
keltirish mumkin.
Kodlash
– ma’lumotni osongina qaytarish uchun hammaga (hattoki
hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga
o‘zgartirishdir.
Kodlash
ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun amalga
oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalaniladi.
Masalan, ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64.
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni
shifrlash va kodlash
tushunchalarini bir xil deb tushuniladi.
–
Aslida esa ular ikki turlicha tushunchalardir
.
2.2.rasm. ASCII kodlash standarti