GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 33 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary
Scientific Journal December, 2023
40
MA’LUMOTLAR BAZASI BOSHQARISH TIZIMLARI
Axmedova Zulxumor Ikromovna
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Umumtexnik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
axmedovazulxumor85@gmail.com
KIRISH
Mamlakatimiz Oliy ta’lim tizimining kredit-modul tizimiga o‘ta boshlashi
natijasida bu tizimda juda katta o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni
takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil
2-martdagi PF-5953-son farmonida “2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga
o‘tkazish tartibi joriy etilsin” deyilgan. Bu tizimda talabalarning mustaqil ishlashiga
ajratilgan soatlar ulushi oshirilgan.
Yurtimizda amalga oshirilgan
islohotlar tufayli barcha, jumladan,
ijtimoiy -
iqtisodiy sohalarda,
shuningdek, ta’lim tizimida ham keskin o‘zgarishlar yuz
bermoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot-kommunikatsion
va zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etishga bag‘ishlangan Qaror, farmon
va nutqlaridan kelib chiqib: bugungi kunda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, elektron
ta’lim resurslari hamda dasturiy vositalarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi uni ishlab
chiqarish va ta’limda qo‘llash masalasi dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimlari
Hozirgi vaqtda turli korxonalarning faoliyatini axborot tizimisiz faoliyat
ko‘rsatilmaydi, bu esa ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni avtomatlashtirishga
imkon beradi. Kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni saqlash va
kirish