|
Grafika deganda nima tushuniladi? Grafika
|
bet | 2/22 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 94,32 Kb. | | #105586 |
Bog'liq 1 Grafik dizayn o vizual komunikatsiya2. Grafika deganda nima tushuniladi? Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. "G." termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. Oddiy grafika vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug`ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgaradigan tasvirlar yaratadi.
Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.Tasvirni qog`ozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko`p sohalarda qo`llaniladi. Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko`rinishga o`tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko`rinishda tasvirlanadi.
3. Kompyuter grafikasi qanday vazifalarni hal qiladi?
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin. Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.
4. Ranglar palitrasi, saxifalar xisoblagichi, hujjat oynasi, chop etish soxasi. Insturmentlar paneli insturmentlari
Obyektlar yaratilgandan so`ng, chegaralarga va ichki qismiga rang berish mumkin. Bu ishlarni Corel Draw oynasining o`ng qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalanish mumkin. obyektni belgilab kerakli rang ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borib chap tugma bir marta bossa, natijada obyektnigg ichki qismi kerakli rangni oladi, tashqi chegaraga rang berish uchun esa yuqoridagi ishlar bajariladi, faqatgina chap tugma o`rniga o`ng tugmani bosiladi
5. Kompyuter grafikasining turlarini bayon qilish?
Kopyuterlar grafikasi tashkl topishi 3 guruxga bo’linadi:
|
| |