|
Grafik dizayn tushunchasi va grafik dizayn yo'nalishlari. 1 Grafik dizayn o vizual komunikatsiya
|
bet | 8/22 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 94,32 Kb. | | #105586 |
Bog'liq 1 Grafik dizayn o vizual komunikatsiyaInterlinyaj tushunchasi.
Interlinyaj tushunchasi. Matndagi qatorlar orasidagi masofa har bir blok yoki abzats uchun beriladi va u «po umolchaniyu» holatida aniqlangan. Alohida interlinyaj uchun matnni formatlash oynasidagi abzats parametrlaridan foydalanamiz. Simvollar orasidagi masofa – interval deb yuritiladi va blokdagi matnning barcha simvollari orasidagi masofani tenglashtirish, ba’zi hollarda o’zgartirish muhim hisoblanadi. Bu hol matnni formatlash bandining «abzats» bo’limi orqali, ya’ni foydalanuvchining bo’shliq belgisini uzunligini oshirish (simvollar va so’zlar orasida) orqali bajariladi.
27 RGB rang modelining asosiy afzalliklari va kamchiliklari qanday?
27.RGB modeli.
RGB modeli kompyuter dizayni uchun asosiy modellardan biri hisoblanadi. Uning asosiy ranglari:
Red – qizil Green – yashil Blue – zangori
Izoh: R+G+B=RGB; RGB modelida qolgan ranglar bu uch ranglarning proportsiyasi sifatida tanlanadi. Ikki rangni qo’shilishi tiniqroq rang hosil qiladi va bu ranglar additiv ranglar deb yuritiladi. Qizil va yashil ranglar qo’shilishib sariq va shu kabi boshqa ranglar hosil qilinadi. Dasturda har bir rang uchun foizlar yoki 256 gacha bo’lgan sonlar orqali additivlik koeffitsientini berish mumkin.
1. Rangning RGB modeli. Bu model nurlanish printsipi asosidagi kurilmalar yordamida olinadigan ranglarni ifodalash uchun foydalaniladi. Asosiy ranglar sifatida kizil (Red), yashil (Green) va kuk (Blue) tanlab olingan. Boshka rang va uning nozik turlar yukorida aytilgan asosiy ranglarning ma`lum mikdorini kushish bilan olinadi. RGB tizimi uchun yana bir muxim parametr - uch tashkil etuvchi kiymatining bir xil mikdorda aralashuvidan xosil buladigan rangdir. Bu ok rangdir.
28 Additiv va subtaktiv ranglar tizimi tushunchasi?
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo`shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo`shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo`shilib, xona ulardan ko`ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko`k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo`shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo`shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan: Qo`shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog`ozni bir necha rangdagi bo`yoqlar bilan bo`yasak, bu ranglar qo`shilib, to`qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog`ozni bo`yasak, qog`oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.[16] Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog`ozga surtilganda qog`oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo`yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo`yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko`p bo`lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo`yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo`lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko`rsatiladi. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo`lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo`llaniladi. CMYK rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo`lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
— havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko`k;
— to`q qizil {magenta) = oq — yashil = qizil+ko`k;
— sariq (yellow) = oq — ko`k = qizil+yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to`q qizil va sariq ranglar qo`shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to`ldiradi. Amalda qo`shimcha ranglarni bir-biriga qo`shgan bilan qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan. Natijada rangli modul abbreviaturasida to`rtinchi harf paydo bo`ldi: CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original to`rtta tasviri hosil qilinadi.
|
| |