|
Grafik ishlov berish dasturlarining turlari va xususiyatlari
|
bet | 3/27 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 496,18 Kb. | | #232171 |
Bog'liq Grafik ishlov berish dasturlarining turlari va xususiyatlari1Mavzuning maqsadi. Mavzuning maqsadi grafik ishlov berish dasturlarining turlari va xususiyatlarini chuqurroq o’rganish orqali foydalanuvchilarga bu dasturlardan samarali foydalanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni rivojlantirishdir. Bu, o’z navbatida, turli xil grafik dizayn loyihalarida, masalan, veb-dizaynda, bosma reklamada, mahsulot paketlarida va boshqa ko’plab sohalarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan mahorat va uslublarni o’zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu mavzu dizaynerlarga yangi texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni o’rganishda, shuningdek, o’z ishlarini yanada professional va ijodiy tarzda bajarishda ko’maklashadi.
I-bob. Grafik ishlov berish dasturlarining asosiy turlari 1.1 Rastrli grafik dasturlar
Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular: rastrli, fraktal va vektorli grafikadir.
Rastrli grafika. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel’ (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Ya’ni, aynan bitta tasvirning o’zi yuqori yoki past sifatli bo’lishi, o’lchov birligiga qarab nuqtalar ko’p yoki kam (odatda bir dyuymga nisbatan nuqtalar soni – dpi yoki piksellar soni – ppi bilan belgilanadi) bo’lishi mumkin.
Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir. Bunday rastrlar to’g’ri burchakli rastrlar deyiladi. Asosan shu turdagi rastrlar ko’p uchraydi. Shuningdek, boshqa geometrik shakllardagi rastrlar ham qo’llanilishi mumkin. − hamma geometrik shakllar bir xil bo’lishi kerak; − geometrik shakllar tekislik yuzasini ochiq joy qoldirmasdan va birbirini to’smasdan to’liq qoplashi lozim.
Rastrli tasvirlar har bir katagi ranglangan katakli qog’ozni eslatadi. Piksel (inglizcha pixel – picture element) – rastrli tavirlarning asosiy elementi hisoblanib, tasvir aynan shu elementlardan tashkil topadi. Rastrli grafikani tahrirlaganda biz piksellarni tahrirlaymiz, ya’ni ularning rangini o’zgartiramiz. Rastrli grafika asosan sifat sig’imi (razreshenie)ga bog’liq, chunki tasvirni ifodalovchi ma’lumot ma’lum bir o’lchamdagi to’rga bog’langan bo’ladi.
Rastrli tasvir tahrirlanganda uning sifati o’zgarishi (odatda pasayishi), ya’ni tasvirni o’zini mas, balki u joylashgan to’rning o’lchamlari o’zgartirilib tasvirning aniqlik, tiniqlik darajasi o’zgartiriladi va fayl egallagan hajmi kamaytiriladi. Rastrli grafikani tasvirning sifat sig’imiga nisbatan past bo’lgan qurilma (printer)da chop ettirish rasm sifatini pasaytishiga olib keladi. Demak rastrli grafikani chop etish qurilmasining sifat sig’imi tasvir sifat sig’imiga nisbatan yuqori bo’lishi tavsiya etiladi.Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va b. Afzalligi: - Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks ettirilishi mumkin. - Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining sifati chop etishda o’zgarmaydi.Kamchiliklari: - Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va h.) da ko’p joy egallaydi; - Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari – xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi; - Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli; - Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi. Qo’llanish sohasi: - Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda; - Foto tasvirlarni tahrirlash va restavratsiya qilishda; - Badiiy grafika va skaner bilan ishlashda.Rastrli grafik dasturlar raqamlashtirilgan tasvirlarni tahrirlash va yaratishga mo'ljallangan dasturlardir. Bu dasturlar pixellar asoslangan tasvirlarni tahrirlashga imkon beradi, ya'ni har bir tasvirda konkretdagi har bir nuqtaning rangini, shaklini va qatlamlarini o'zgartirish mumkin.Quyidagi raqamlashgan tasvirlarni tahrirlash va yaratish imkoniyatlarini ta'minlovchi rastrli grafik dasturlar to'plamiga misollar kiritilgan:
|
| |