|
Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
|
bet | 12/18 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #111372 |
Bog'liq Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borganAbu Nasr al-Farobiy (873-950)
Forobiy O‘rta Osiyolik buyuk qomuschi olim. Uning to‘liq ismi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy. U hozirgi Qozog‘istonning, Chimkent viloyatining Aris shahri yaqinida tug‘ilgan. U dastlabki ma’lumotni u o‘z ona yurtida, Toshkent (SHosh), Buxoro va Samarqand shaharlarida olgan. Keyinchalik o‘sha davrning ilmiy markazi bo‘lgan Bag‘dodga borgan. Bag‘dodda Forobiy ham boshqa olimlar singari, avval o‘rta asr fani va turli tillarni o‘rgangandan keyin mustaqil asarlar yoza boshlagan.
Farobiy o‘rta asr fanlarining turli sohalariga doyr 160 ga yaqin asar yozgan va tadqiqotlar olib borgan. Ulardan grafikaga bevosita aloqador bo‘lgan geometriya, stereometriya, astronomiya, optika, mexanika, arxitektura va boshqa sohalar bo‘yicha asarlari bor. Uning fikricha geometriya (ilm-al-Xandasa) hamma fanlar bilan uzviy bog‘liq. Bu fikrlar ayniqsa, grafikaga ham taaluqli. Uni bilimlarning nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar sohasiga va matematikaga qo‘shgan hissasi kattadir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifini beradi va ularning har birining tutgan o‘rni xaqida so‘z yuritdi. Forobiyning bu asarining birinchi bobi til haqida, asarining ikkinchi bobi mantiq, uchinchi bobi esa matematika haqida yozilgan. Forobiy matematikaga buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o‘rganuvchi fan deb ta’rif beradi va uni ettita qismga ajratadi.
Birinchi qismi-arifmetika - sonlar haqidagi fan, u nazariy va amaliy qismlardan iborat.
Ikkinchi qismi - geometriya mavjud narsalarning turli qismlari turli shaklda bo‘lganidan va ularni o‘lchashni o‘rganadigan fan deb qaraydi. «SHunday qilib, geometriya o‘lchovchi fan, biz u orqali o‘lchovni bilamiz, chiziqlar, sirtlar va hajmlarni o‘zaro taqqoslaymiz».
Uchinchi qismi — kuzatish haqidagi fan optika (perspektiva) — u ham geometriyaga tegishli, u figuralarning shakllari, ob’ektlar orasidagi masofalarni yorug‘lik va nurdan foydalanib o‘rganadi.
To‘rtinchi qismi — yulduzlar haqidagi fanga bag‘ishlangan.
Beshinchi qismi — musiqa ilmi. Musiqa ilmining matematikaga kiritilishining sababi Forobiy kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini o‘rganadi. «Musiqa hakida katta kitob» asarida kuylar garmoniyasining turli jadvallari va geometrik chizmalarini ham keltiradi. Bu asar faqat musiqa nazariyasidan iborat bo‘lmasdan unda SHarkda ma’lum bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, nay kabi musiqa asboblar va ularda kuy ijro etish qoidalari ham berilgan.
Forobiy bundan tashqari matematikaga doyr «Hajm va miqdor haqida so‘z», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqartma kitob», «Tatbiqlar kitobi» va «Geometrik figuralarning nozik sirlari va aqliy mohir usullari kitobi» asarlarini yozgan.
Farobiy arxitektura loyihasining asosini muhim geometrik yasash usullari tashkil etishini aniqlab, o‘zining «Ma’naviy mohir usullari va geometrik shakllarining tabiiy nozik sirlari» kitobini yozadi. Unda turli geometrik shakllar-doira, uchburchak, to‘rtburchak, kvadrat, kub, konus, silindr, prizma, sferalarni hamda parabola va boshqalarni yasash usullari ustida to‘xtaladi.
Forobiy «Tatbiqlar kitobi»da asosiy trigonometrik chiziqlar, ularni hosil qilish va shu chiziqlar bilan bog‘liq trigonometrik jadvallarni tuzish qoidalarini beradi. Farobiy moddiylikning xarakterli xususiyati va belgisi deb uchta o‘lchovni-bo‘yi, eni va chuqurligini hisoblaydi. Farobiyning o‘zi ham me’morchilikdan yaxshi xabordor bo‘lganligi sababli uning «Ilm-al-Xiyal» asari Amaliy san’atini shu jumladan, arxitekturaning ham o‘z ichiga oluvchi xuda keng ma’noga ega. SHunga ko‘ra al-Farobiy yozadiki: «Ko‘p sonli geometrik mohir usullar borki, ular orasida bino va inshootlarning loyihasini tuzish orqali qurilishga rahbarlik qilish san’ati yotadi». Farobiyning «Fazilatli madaniyat (shahar) ahli» nomli kitobida shaharning tarkib topishi haqida fikr yuritiladi.
Fozil shaharni sog‘lom tanga o‘xshatadi, insonlarni yashash uchun ideal sharoit yaratishini orzu etadi. Uning arxitektura haqidagi tadqiqot va fikrlari Sharq arxitekturasi shu jumladan, Markaziy Osiyo arxitekturasi tadqiqotida muxim rol o‘yinaydi.
Bundan tashqari, Forobiy Evklidning «Negizlar» kitobiga, Ptolemeyning «Almagest» asariga sharxlar yozgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi
|