|
Rossiyada «Chizma geometriya» fanining o‘qitilishi va rivojlanishi
|
bet | 9/18 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #111372 |
Bog'liq Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borganRossiyada «Chizma geometriya» fanining o‘qitilishi va rivojlanishi.
Chizma geometriya fani oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi va uni taraqqiyoti Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlaridan birinchi bo‘lib Rossiyada amalga oshirilgan.
Rossiyada chizma geometriyani o‘qitish 1810 yildan boshlangan. Bu fan birinchi marta Peterburg yo‘l-injenerlari korpusi institutida (hozirgi Peterburg temir yo‘llar trasporti instituti) fransuz tilida o‘qitilgan. Fanni o‘qitish uchun Fransiyadan mutaxasislar taklif qilingan. Bulardan birinchi bo‘lib K.Pote kelgan. U Mezer injenerlik maktabining o‘quvchisi G.Monjning shogirdlaridan biri bo‘lgan. Pote 1816 yilda Rossiyada birinchi bo‘lib, chizma geometriyadan fransuz tilida darslik chop ettirdi va u shu fandan Rossiyada birinchi professorlik unvonini olgan olim hisoblanadi. Uning bu darsligi shu yilning o‘zida Potening shogirdi Ya.A.Sevostyanov rus tilida tarjima qildi va uni «Yo‘l injenerlari korpusi instituti talabalari uchun chizma geometriya asoslari» deb nomladi. Darslik Rossiyada birinchi rus tilidagi kitob hisoblanadi. Bu darslikda birinchi marta chizma geometriyada ishlatiladigan barcha lug‘at va atamalar rus tilida o‘z o‘rnini topdi.
1814 yil Ya.A.Sevostyanov (1796-1849) institutni bitirib, shu institutda chizma geometriya fanidan shogirdlikka qoldiriladi. Uni 1818 yilda institut o‘qituvchiligiga qabul qilinadi va chizma geometriyadan dars bera boshlaydi. 1821 yilda Ya.A.Sevostyanov «Chizma geometriya asoslari» darsligini chop etildi. Bu kitob rus tilidagi birinchi original darslik hisoblanadi. Uning boblari va paragriflarini muallif o‘zining ilmiy izlanishlari bilan boyitadi. Shuning uchun bu kitob bir necha marta qayta nashr qilingan va har bir nashrida lug‘at va atamalarida tuzatishlar kiritilgan. Bu kitob o‘z davrida evropadagi barcha «Chizma geometriya» kitoblaridan o‘zining ancha ustunligi bilan farq qilgan. Ya.A.Sevostyanov chizma geometriyadan ilmiy tadqiqot ishlarini ham rivojlantirib, rassomchilikda, chiziqli va fazoviy perspektiva yasashda, soyalar yasashda, kartalar chizishdagi kabi masalalarni echishda geometrik usullar tadbiqlarini amalga oshirgan. Unga 1824 yilda rus olimlaridan birinchi professorlik ilmiy unvoni beriladi. Ya.A.Sevostyanov o‘z kitobida G.Monjning g‘oyalarni rivojlantirib, «qo‘shimcha proeksiyalash» usulini tavsiya etgan. Keyinchalik bu g‘oyani professor S.M.Kolotov har tomonlama rivojlantirib, «yordamchi proeksiyalash» usuli deb nomlab o‘zining 1933 yilda chop etilgan «Chizma geometriya» darsligida pazitsion va metrik masalalarni echishga batafsil qo‘llagan. Chizma geometriyani Rossiyada yanada rivojlantirishda mamlakatda texnika va inshootlar qurilishlarini rivojlanishi hamda san’at va rassomchilikning taraqqiyoti bilan olib borilgan.
1841 yilda F.A.Galaktionovning «Chizma geometriya» kitobi chop etildi. Bu kitob o‘sha davrning barcha harbiy-texnika o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan. Ya.A.Sevostyanovning shogirdi professor A.X.Reder (1809-1872) chizma geometriyadan bir necha ilmiy ishlar yaratdi. Bulardan «Aksonometrik proeksiyalar haqida» kitobi rus tilida birinchi marta nashr qilingan. Rederning 1858 yilda chop etilgan «Rasm chizishda chizma geometriyani qo‘llash», «To‘g‘ri burchakli izometrik proeksiya» va «Son belgili proeksiyalar» kabi izlanishlar bilan chizma geometriyani amaliyotda qo‘llanishini ko‘satilgan.
|
| |