• Italiyalik me’mor Lorenso Gilberti (1378-1455).
  • Piero-Franchesko (1406-1492)
  • Italiyalik rassom, haykaltorosh Leon Batista Alberti (1404-1472)
  • Italiyalik mashhur rassom va ulug‘ olim Leonardo da Vinchining (1452-1519)
  • Evropada Uyg‘onish davrida geometriya fanlarining rivojlanishi




    Download 0,85 Mb.
    bet6/18
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #111372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan

    Evropada Uyg‘onish davrida geometriya fanlarining rivojlanishi.
    Evropada Uyg‘onish davrida (XIV-XVI) asrlarda injenerlik qurilish inshootlarining paydo bo‘lishi bilan qadimgi dunyo proeksion tasvirlash usullari kengayib bordi. Bu davrda arxitektor, haykaltorosh va rassomlar rassomchilik perspektivasini geometrik asoslash kerakligini angladilar. Perspektivaning geometrik nazariyasini yaratish XV asrning birinchi yarmida paydo bo‘ldi. SHu davrdagi rassom va haykaltoroshlarning mashhur asarlari kuzatish perspektivasini rivojlanishini yuqori darajasiga erishganini ko‘rsatdi.


    Italiyalik me’mor Lorenso Gilberti (1378-1455). Suratkashlik perspektivasini yasashda tasvirlash prinsiplarini ixtiro qildi. U Florensiyadagi soborlarning bronzadan yasalgan eshiklaridagi naqshlarni bajargan. Perspektiv tasvirlarni geometrik qoidalarni qo‘llab chizgan.


    Piero-Franchesko (1406-1492) hozirgi zamon chiziqli perspektivasining asoschisi deb yuritiladi. U o‘zining 1458 yilda yozilgan «Naqqoshlik perspektivasi haqida»gi asarida birinchi marta shaklning perspektiv tasvirlarini geometrik nuqtai nazardan asoslab, «Predmetni ko‘rish konusi bilan kartina tekisligining kesishuv natijasi» deb qaraydi. U tekis shishani kartina tekisligi deb oladi.


    Italiyalik rassom, haykaltorosh Leon Batista Alberti (1404-1472) perspektivani suratkashlikning matematik asosi deb qaraydi va perspektiv yasashlarga ba’zi bir nazariy asoslar keltiradi. Alberti o‘zining «Suratkashlik haqida», «Me’morlik haqida» asarlarida asliga qarab rasm solishga to‘r usuli yordamida perspektiva yasash kabi yangi usullarni keltiradi. SHu davrda asliga qarab rasm solishning ip yordamida, masshtab lineykasi, oyna va trubka yordamida chizish usullari ham mavjud edi.


    Italiyalik mashhur rassom va ulug‘ olim Leonardo da Vinchining (1452-1519) asarlarida perspektiv yasashlarni tasvirlashga doir birqancha misollar keltirilgan. U birinchi bo‘lib teng kesmalar kartina tekisligiga qisqarib tasvirlanishini aytgan. Leonardo da Vinchi silindrik svodlarda perspektiva yasashlarni bajardi va shu bilan birga panarama perspektivasiga asos soldi. U soyalarning bo‘linish qoidalarini ko‘rsatdi. Uning fikricha «Perspektiva suratkashlikning rulidir».



    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Evropada Uyg‘onish davrida geometriya fanlarining rivojlanishi

    Download 0,85 Mb.