Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi




Download 0,85 Mb.
bet15/18
Sana05.12.2023
Hajmi0,85 Mb.
#111372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Chizmachilik va chizma geometriya fanlaridan faoliyat olib borgan

Mirzo Ulug‘bek (1394—1449)
Temurning nabirasi buyuk o‘zbek olimi, astronom va matematigi, davlat arbobi Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay Markaziy Osiyo xalqlari ilm fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shdi. Uning otasi Shoxrux otasining davlati urnida ikkita mustaqil dav­lat tuzdi: biri-Xuroson (markazi Xirot)ni o‘zi boshqardi va ikkinchisi - Movarounnaxr (markazi Samarqand)ni Ulug‘bekka topshirdi.
Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug‘bek xarbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo‘lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko‘proq, qiziqtirar edi. U 1417y. Buxoroda, 1420y. Samarqandda, 1432-1433 y. G‘ijduvonda Madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Guri Amir» maqbarasi va «Shohi Zinda» ansambllari qurilishini nihoyasiga etkazdi. Tahminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o‘zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi uch qavatli bo‘lib, uning asosiy quroli- sekstantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug‘bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan, bobosi Temur bilan o‘zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar, ota­si-SHohruhning noyob kitoblarini sevishi va yig‘ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, Menelay-larning, shuningdek, o‘z vatandoshlari - Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Xujandiy, Beruniy, Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo‘lishi, o‘sha zamonda O‘rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa aniq fanlardan etuk asarlar mavjudligi sabab bo‘lgan. Bu shart-sharoitlarning hammasi Ulug‘bek ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ulug‘bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug‘bek Ziji»ning yoki «Ziji kuragoniy» asarining amaliy astronomiyaga taalluqli, osmon yoritqichlarining koordinatalarini aniq-lash, erdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniq­lash kabi masalalar bor.
Ulug‘bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda: birinchidan, o‘zi tuzgan jadvallar yordamida, ikkinchidan, bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va bu usullarga doyr misollar keltiradi.
Ulug‘bekning yulduzlar ro‘yxati 1018 yulduzdan iborat bo‘lib, ular yulduz turkumlari bo‘yicha joylashtirilgan. Ro‘yxatda har bir yulduzning turkumdagi raqamidan tashqari, uning yulduz turkumidagi o‘rnining qisqacha tavsifi, 1437 yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzun­ligi va kengligi berilgan.
Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug‘bekning ug‘li - Abdu-latif 1449 y. kuzida otasini Makkaga safari bahonasida Sa­marqand yaqinida qatl ettirdi. Ulugbek jasadi Samarkandda dafn etilgan.



Download 0,85 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Grafika tushunchasi keng ma’noli bo‘lib, unga muhandislik, gravyur, kompyuter, badiiy, miniatyura va boshqa turli fan sohalari grafikalari kiradi

Download 0,85 Mb.