ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-3
KREDIT TURLARI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Gulnoza Xolmurod qizi Egamnazarova TerDU “Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi
gulnoza@tersu.uz
Annotasiya. Ushbu maqolada kreditning rivojlanish tarixi,
nazariy asoslari, ilmiy asoslari keltirib o‘tilgan. Kreditning turlariga aniq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kreditning obektiga ko‘ra, to‘lash muddatiga ko‘ra, kredit to‘lash manbasiga ko‘ra, kredit to‘lash foiziga ko‘ra turlari keltirib o‘tilgan.
Аннотация: В данной статье затронута история развития кредита, его теоретические основы и научные основы. Дана конкретная и подробная информация о видах кредитов. В
зависимости от объекта кредита, по сроку платежа, по
источнику оплаты кредита, по проценту погашения кредита, указываются виды.
Kalit so‘zlar. Kredit,
bank krediti, xo‘jaliklararo kredit, tijorat krediti,
ipoteka krediti, iste’mol krediti, davlat krediti, veksel , konsignasiya,
ochiq schyot orqali, mavzumiy, chegirma berish.
O’zbekistonda mustaqillikka erishilganidan buyon
xususiy mulkchilikni har
tomonlama kengaytirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez moslashuvchan va kam xarajat talab qiladigan sektor hisoblanadi. Umuman, bugungi kunda bozor iqtisodiyotining muhim talabi – kam mehnat sarflagan holda, ko’proq va sifatli
mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to’la qondirish va shu asosida foyda olishdan iborat. Bunda ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuch xususiy tadbirkorlardir.
85