ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024




Download 395,71 Kb.
bet6/10
Sana15.05.2024
Hajmi395,71 Kb.
#234773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
85-94 Gulnoza Xolmurod qizi TSRU

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-3
olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi.
Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita daromad ko‘radilar.
Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu kabi manfaatlariga etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, kredit faoliyati ishlab chiqarishga investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotnimakrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi masalalarni hal etishda yordam beradi. SHunday qilib, kredit faoliyatini ikki sub’ekt - qarz oluvchi va qarz beruvchi (kreditor)larning bo‘lishini taqazo etadigan amaliyot deyish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar.
Ana shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ etishmovchiligidan qiynalayotgan hollarda kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kredit vositasida pullarni xo‘jalik aylanmasiga kiritish har qanday holatda mumkin. Naqd pulsiz o‘tkazmalar sharoitida Markaziy bank ham, tijorat banklari ham texnik jihatdan istalgan miqdordagi pulni muomalaga chiqarishi mumkin. Ammo tijorat banklarining naqd pulni muomalaga chiqarish imkoniyati cheklangan. CHunki muomaladagi naqd pul miqdori Markaziy bank balansining passividagi majburiyatlar summasidan oshmaydi va naqd pulni emissiya qilish vakolati faqat Markaziy bank zimmasidadir. Markaziy bank muomalaga chiqaradigan to‘lov vositalari uning balansini aktiv qismi doirasida amalga oshiriladi, tijorat banklarining imkoniyati esa, ularning likvidliligiga nisbatan belgilangan talablar bilan chegaralanadi. Pul mablag‘larini kredit sifatida berishda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, quyidagi shartlarga rioya qilinishi talab etiladi:

Download 395,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 395,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

Download 395,71 Kb.