|
Issn (E): 2992-9148 sjif 2024 =
|
bet | 4/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 395,71 Kb. | | #234773 |
Bog'liq 85-94 Gulnoza Xolmurod qizi TSRUIste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001- 2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda.
AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi.
Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.
Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud:
Veksel usuli
Ochiq schyot orqali
Chegirma berish.
Mavsumiy
Konsignasiya
Veksel bu qarz majburiyati bo’lib, qarz oluvchi o’z zimmasiga qarzni ko’rsatilgan so’mmada, ko’rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to’lash majburiyatini oladi.
88
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-3
Amaliyotda vekselni oddiy va o’tkazma turlari mavjud.
Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun unga to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
O’tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar so’mmasi uning topshirig’iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni ko’rsatuvchiga o’tkazilishi lozim va hokazo.
|
| |