|
muddatlilik; to‘lovlilik; qaytarishlik; ta’minlanganlik va maqsadlilik
|
bet | 7/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 395,71 Kb. | | #234773 |
Bog'liq 85-94 Gulnoza Xolmurod qizi TSRUmuddatlilik; to‘lovlilik; qaytarishlik; ta’minlanganlik va maqsadlilik. Tabiiyki, mazkur shartlarni to‘liq bajarilishi berilgan kredit bo‘yicha riskning oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kreditning maqsadliligi uning mijoz faoliyatining bankka ma’lum bo‘lgan va bank tomonidan ma’qullangan yo‘nalishga berilishini anglatadi.
90
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-3
Hozirgi kunda respublikamizda milliy valyuta kursining chet el valyutalariga nisbatan doimiy ravishda o‘sib borish tendensiyasini hamda baholarning muntazam o‘sishini inobatga olgan holda kredit uchun garov sifatida qabul qilingan mol-mulk bahosini har oy yoki har chorak yakuniga qayta baholashni yo‘lga qo‘yish zarurdir. D.Polfreman, F.Fordlar muallifligidagi “Основы банковского дела” kitobida mijozning kredit yig‘ma jildini o‘rganishga e’tiborni kuchaytirish kreditlash amaliyotini samarali tashkil etishning muhim omili sifatida qaralgan1 .
Hozirgi zamon jamiyatida banklar ko‘p sonli va xilma - xil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan muassasaga aylandi. Ular orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari, korxonalarga tegishli mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Biroq shunga qaramasdan kredit operatsiyalari tijorat banklari uchun birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiya sifatida saqlanib qolmoqda.
Qisqa muddatli kreditlash bu kreditlash ob’ektlari, kreditlash metodlari, ya’ni kreditlash tamoyillari bo‘yicha kredit berish va qaytarish usullariga asoslangan holda kreditning kapital aylanishida qatnashishi tushuniladi. Banklarning qisqa muddatli kreditlashini tashkil qilish turli mamlakatlarda davlatning me’yoriyxuquqiy hujjatlariga asoslanadi. Ya’ni, banklar uchun mijoz va bank talablarini, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, shuningdek, milliy tarixiy bank ishlarini hisobga olish zaruriyatini bildiradi. Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati va roliga nisbatan turli xil nazariy yondashuvlarga ega bo‘lsalar- da, ularning barchasi banklarni qisqa muddatli kreditlashni tashkil qilish asosini korxonaning to‘lov aylanmasi qonuniy ekanligi bilan bog‘lashadi[3]. Kapital aylanishining asosiy qonuniyati sifatida uning uzluksiz ta’minlanishi tushuniladi.
Jahon amaliyotida tarixan qisqa muddatli kreditlash tizimining evolyusiyasi bir martalik maqsadli kreditlarning umumiy to‘lov aylanmasini kreditlashga o‘tishga asoslangan. Kreditlarni berish va so‘ndirishning aniq usullari banklarning tashkiliy xususiyatlari va ularni korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari, qonunchilikme’yorlari ta’siri ostida shakllandi. Bu usullar G‘arb mamlakatlarining kreditlash tizimlarini bir-biridan farq qiluvchi qisqa muddatli kreditlash shakllarida o‘z aksini topdi. Masalan, AQSHda kredit liniyalari2, Germaniyada kontokorrent kreditlari3.
1 Mahmudov N.M., Avazov N.R. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish yo’llari. Ilmiy – ommabop risola. – T.: TDIU. “Iqtisodiyot” nashryoti, 2019. – 104 b.
2 Sultonov M.A. O’zbekistonda investitsiya fondlarini rivojlantirish istiqbollari. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan avtoreferat. Toshkent – 2019. – 56 b
3 Тимоти У.Кох. Управление банком. Пер. с англ. В 5-ти книгах, 6-ти частях. Уфа: Спектр. Часть 5
91
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
|
| |